Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Sut emizuvchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasiga sabab bo’lgan omillarni o’rganish.
Qirilib ketgan turlari va ularning qadimgi reptiliyalar bilan aloqadorligini o’rganish.
3. Hozirgi zamon sut emizuvchilarining sistematikasini o’rganish.
4. Sut emizuvchilarning skelet mulyajini tayyorlashni o’rganish.
23- Mashg’ulot: Sut emizuvchilar terisining tuzilishi. Laboratoriyada kalamushni yorib, ichki tuzilishini o’rganish.
Turning sistematik holati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar-Vertebrata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Sut emizuvchilar- Mammalia
Turkum. Kemiruvchilar-Rodentia
Tur. Kalamushlar – Rattuc
Jihozlar
1. Har xil ekologik guruhlarga kiruvchi sut emizuvchilarning tulumi.
2. Sut emizuvchilarning teri namunalari.
3. Har xil shoxlar.
4. Sut emizuvchilarning tashqi va ichki tuzilishi (mulyaji). Yangi o’ldirilgan kalamush yoki quyon.
5. Tablitsalar; sut emizuvchilarning umumiy ko’rinishi, hazm qilish sistemasi, nafas olish organlari, qon aylanish sistemasi,ayiruv organlari, ko’payish organlari,bosh miyasi.
6. Preporoval jihozlar(skalpel,qaychi,pintset,tug’nag’ich).
7.Vannochkalar.
Ishning mazmuni:
Sut emizuvchilarning tanasi bosh, bo’yin, gavda, dum va ikki juft oyoqlardan iborat. Bosh qismida dastlab sut emizuvchilarda paydo bo’lgan tashqi quloq joylashgan. Tashqi quloq suprasi tovushni to’plab, tashqi eshituv yo’liga o’tkazib beradi.
Ko’zlari yaxshi rivojlangan. Yuqorigi va pastki qovoqlari kipriklar bilan qoplagan. Uchinchi qovoq rudiment holda. Burni yalang’och, shilliq, harakatchan bo’lib, juft burun teshiklari mavjud.
Og’iz teshigi yumshoq va harakatchan lablar bilan o’ralgan, ovqatni olish va ushlash vazifasini bajaradi. Lablar va tishlar orasida og’iz oldi bo’shlig’i mavjud bo’lib, og’izning yon tomonida kattalashib lunj xaltasini hosil qilgan. Bu xalta ba’zi kemiruvchilarda yaxshi rivojlangan (olaxurjunlarda, yumronqoziqlarda). Sut emizuvchilarning og’iz bo’shlig’ida harakatchan tili bo’lib, ovqatni ushlash, chaynash vaqtida aralashtirish vazifasini bajaradi. Deyarli barcha sut emizuvchilarda (ba’zi chekinishlarni hisobga olmaganda) tishlar mavjud, ular ovqatni ushlash va chaynash uchun xizmat qiladi.
Sut emizuvchilarda bo’yin uncha katta bo’lmasa ham yaxshi sezilib turadi. Oyoqlari besh barmoqli, ba’zi vakillarida ko’proq (krotlarda) yoki kamroq (otlarda) bo’ladi.
Sut emizuvchilarning tanasi jun bilan qoplangan. Boshida, og’iz va ko’z atrofida uzun o’simtalari, tuyg’u organi bo’lib, ular vibrissalar deb ataladi.
Ko’pchilik turlarida tashqi tomondan qaraganda hayvonning jinsini aniqlash mumkin. Erkak sut emizuvchilarning ko’pchiligida urug’doni tana bo’shlig’idan tashqarida dum asosida yorg’oqda joylashadi. Erkaklarida siydik-tanosil teshigi, anal teshigidan ajralgan. Urg’ochilarida barcha uchta teshiklar (ayiruv jinsiy va anal) bir-biriga yaqin holda alohida tashqariga ochilgan bo’ladi. Bundan tashqari urg’ochilarida so’rg’ichlari ham mavjud bo’ladi (homiladorlik davrida va bolalaganda) va yaxshi seziladi.
Hazm qilish sistemasi; og’iz bo’shlig’i; til; tishlar; halqum; qizilo’ngach; oshqozon; o’n ikki barmoqli ichak; ingichka ichak; ko’r ichak; yo’g’on ichak; to’g’ri ichak; jigar; o’t pufagi; oshqozon osti bezi.
Nafas olish organlari: nafas teshigi; hiqildoq yorig’i; traxeya; bronxlar; o’pka.
Qon aylanish sistemasi: to’rt kamerali yurak (ikkita qorincha va ikkita bo’lmacha); chap aorta yoyi. Preparatdan va rasmdan qon aylanish sxemasini o’rganish.
Ayiruv organlari: chanoq buyragi; siydik yo’li; siydik pufagi.
Ko’payish organlari: urug’don, urug’don ortig’i; urug’ yo’li; urug’ pufagi; prostata bezi; erkaklik jinsiy a’zosi; bachadon; qin.
Markaziy nerv sistemasi: Bosh miya (katta yarim sharlari va uning hidlov bo’lagi, oraliq miya va gipofiz, epifiz, o’rta miya, miyacha, uzunchoq miya); orqa miya.
Do'stlaringiz bilan baham: |