Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet49/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Ishning mazmuni.


Skelet tuzilishi
Qushlarning skeletida uchishga moslashish bilan bog’liq bo’lgan barcha belgilar aniq namoyon bo’ladi. Yassi suyaklar odatda yupqa, bulutsimon tuzilishga ega. Katta naysimon suyaklarning ichi bo’sh bo’lib, havo yoki ilik bilan to’lgan. Bularning hammasi qush skeletini o’ta mustahkamligi va yengilligini ta’minlaydi. Qush skeletining massasi umumiy gavda massasining 8-18% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich sut emizuvchilarda 6-14% tashkil etadi. Lekin bularning naysimon suyaklarini ichi bo’sh bo’lmaydi va suyaklari yo’g’on bo’ladi. Qushlarning oyoq skeleti elementlari boshqa ko’pchilik hayvonlarning oyoq skeletlaridan uzun bo’ladi.
Qushlarda oldingi oyoqlari qanotga aylanish munosabati bilan kaft suyaklari katta qoquv patlariga tayanch beradi. Qushlar ikki oyoqlab yurishga o’tish munosabati bilan evolyutsiya jarayonida orqa oyoqlarga mustahkamlik beruvchi murakkab dumg’aza yuzaga kelgan.
Qushlar skeleti tuzilishiga qarab; umurtqa pog’onasi skeleti; bosh skeleti; oyoqlar va ularning kamar skeletlariga bo’lib o’rganiladi.
Umurtqa pog’onasi beshta bo’limga; bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlariga bo’linadi. Umurtqaning bo’yin bo’limi harakatchan, qolgan bo’limlari esa mustahkam birikkan bo’lib, tana uchun tayanch vazifasini o’taydi. Qushlarda ko’krak skeleti ya’ni toj suyagi yaxshi rivojlangan bo’lib, unga qanotlarni harakatga keltiruvchi ko’krak muskullari joylashgan. Ucha olmaydigan qushlarda ko’krak toj suyagi rivojlanmagan, masalan tuyaqushlarda, pingvinlarda esa qanotlari sho’ng’ishda ishtirok etadi.
Qushlarda umurtqa pog’onasining kam harakatchanligi, ko’krak qafasining yirikligi, qovurg’alarda ko’krak qafasiga mustahkamlik beruvchi ilmoqsimon o’simtalarni bo’lishi uchish vaqtida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Bosh skeleti. Miya qutisi.
Ensa bo’limi: asosiy, yon va yuqorigi ensa suyagi, ensa teshigi, ensa burtmasi.
Yon bo’limi: yosh suyagi, hidlov suyagi, ko’z ponasimon suyak, qanotsimon suyak, yonoq suyagi, kvadrat yonoq suyagi, kvadrat suyagi, tangachasimon suyak, quloq suyagi.
Miya qopqog’i: burun suyagi, peshona suyagi, tepa suyagi.
Miyaning tub qismi: asosiy ponasimon, oldingi ponasimon, tang’lay va qanotsimon suyak.
Vistseral skelet
Yuqori jag’: jag’aro va yuqori jag’ suyagi.
Pastki jag’: tish suyagi, qushuv suyagi, burchak suyagi, burchak usti suyagi.
Til osti apparati: til osti plastinkasi va uning juft shoxchalari.
Umurtqa pog’onasi
Umurtqa bo’limlari: bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum; murakkab dumg’aza.
Ko’krakning geterotsel umurtqalari va uning tuzilishi.
Ko’krak qafasi.
Ko’krak qovurg’alari (bo’limlari va ilmoqsimon o’simtalari, ko’krak toji).
Kamarlar skeleti
Yelka kamari: kurak, umrov, karakoid.
Chanoq kamari: yonbosh suyagi, qo’ymich suyagi, qov suyagi, ochiq tipdagi chanoq.
Juft harakat organlari.
Qanot: bilak, bilakoldi (bilak va tirsak). kaft (barmoq falangalari).
Oyoqlar: son, boldir (katta va kichik boldir suyagi). Ilik (tovon va tovon oldi suyaklari), barmoq falangalari.
Chizish:

  1. bosh skeleti (yon tomondan ko’rinishi); 2. kamarlar skeleti.

Bosh skeleti
Qushlarning bosh skeleti sudralib yuruvchilarning bosh skeletidan miya qutisi hajmini va ko’z kosasining o’ta kattaligi, tumshuqning yuzaga kelishi, tishlarning butunlay yo’qolib ketishi, ensa teshigini ancha pastga tushish bilan farq qiladi. Bosh skeletining suyaklari shunchalik yupqaki suyaklarning qo’shilish chegaralari (choklari) bilinmaydi. Bu chok faqat jo’jalarning bosh skeletida yaxshi ko’rinadi. Suyaklarning yupqaligi va tishning bo’lmasligi bosh skeletini kuchli yengillashtiradi, bu uchishda katta ahamiyatga ega.
Qushlarning bosh skeleti ham boshqa umurtqali hayvonlardagi kabi miya qutisi skeletiga va vistseral skeletga bo’linadi.
Miya qutisi va vistseral skelet.
Miya qutisining keyingi tomonida katta ensa teshigining atrofida o’zaro qo’shilib ketgan ensa suyaklari o’rab turadi. Bularga ensa teshigining ostida toq asosiy ensa suyagi, yon tomonlardagi juft yon ensa suyaklari va toq ustki ensa suyagi kiradi. Ensa teshigining ostidagi toq ensa bo’rtmasi yon va asosiy ensa suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Miya qutisi qopqog’ining tarkibiga juft tepa, peshona, burun suyaklari va tangacha suyaklari kiradi. Ko’z kosasining oldingi qismini ko’z yosh suyagi tashkil qiladi. Ustki tumshuqning asosiy qismini jag’aro suyaklar tashkil qiladi, bular tumshuq uchida uchta o’simta qo’rinishida qo’shilib ketadi.
Tumshuqning ustki qirrasini hosil qiladigan ustki o’simta burun suyaklariga, tumshuqning ichki chetini hosil qiluvchi yon o’simtalar esa ustki jag’ suyaklariga qo’shiladi. Ustki jag’ suyaklari orqa tomonidan burun suyagi o’simtalariga va yupqa yonoq suyaklariga birikadi. Bular kvadrat suyakka birikadigan tayoqchasimon kvadrat-yonoq suyagi bilan birga qushlar uchun harakterli bo’lgan pastki chakka yoyini hosil qiladi. Og’iz bo’shlig’ining qopqog’i toq dimog’ suyagi va keng tanglay suyagidan tashkil topgan. Tanglay va kvadrat suyaklari orasida qanotsimon suyak bor.
Asosiy ensa suyagining old tomonida joylashgan asosiy ponasimon suyak miya qutisining asosini tashkil qiladi. Uning old tomoniga oldingi ponasimon suyak birikadi. Kichkinagina juft qanot-ponasimon va ko’z-ponasimon suyaklari ko’z kosasi orqa qismining tarkibiga kiradi. Ko’zlararo to’siqning oldingi tomoni toq oraliq hidlov suyagidan tashkil topgan.

85-rasm. Qushlarnnig bosh skeleti, yon tomonidan (A), yuqoridan ko’rinishi (B) va pastki jag’ suyagi:
1-yon ensa suyagi; 2-ensa bo’rtmasi; 3-yuqorigi ensa suyagi; 4-tepa suyagi; 5-tepaaro suyak; 6-peshona suyak; 7-burun suyagi; 8-tangacha suyak; 9-ko’z yoshi suyagi; 10-qanot-ponasion suyak; 11-ko’z – ponasimon suyak; 12-asosiy ponasimon suyak; 13-oldingi ponasimon suyak; 14-rostrum; 15-dimog’; 16-kvadrat suyagi; 17-tang’lay suyagi; 18-qanotsimon suyak; 19-jag’aro suyak; 20-yuqorigi jag’ suyagi; 21-yonoq suyagi; 22-kvadrat-yonoq suyagi; 23-hidlov suyagi; 24-tish suyagi; 25-qo’shiluv suyagi; 26-burchak suyagi; 27-burchak usti suyagi.
Pastki jag’ Mikkel tog’ayiga gomolog bo’lgan orqa tomonidagi qo’shilish suyagi va oldingi tomonidagi iyak suyagidan iborat. Bu suyaklar qisman bir-biriga choksiz birikkan. Qoplag’ich suyaklar-tish suyagi, plastinka suyak, burchak suyagi, burchak osti suyagi va toj suyaklari bilan qoplangan.
Til osti apparati faqat suyakdan tuzilgan bo’lib, uzunchoq tana bilan jabra yoylariga gomolog bo’lgan uzun juft shoxchalardan iborat.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish