Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet50/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Umurtqa pog’onasi
Umurtqa pog’onasi yoki o’q skelet bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlariga ajratiladi.
Bo’yin bo’limi o’ta harakatchan bo’ladi va kaptarlarda ularning soni 14 ga teng. Atlas halqa shakliga ega. Uning oldingi yuzasining pastki qismida qo’shilish chuqurchasi bo’lib, bu chuqurchaga bosh skeletining yagona ensa burtmasi kirib turadi. Atlasning o’rtasida yupqa pay ko’ndalang joylashib, ustki va pastki teshikka ajratib turadi. Ustki teshikdan orqa miya o’tsa, pastki teshikka epistrofeyning tishsimon o’simtasi kirib turadi.

86-rasm. Qushlarnig skelet tuzilishi:
1-to’sh suyagi; 2-ko’krak toji (kil); qovurg’aning ilmoqsimon o’simtalari; 4-kurak; 5-karakoid; 6-umrov; 7-elka suyagi; 8-tirsak suyagi; 9-bilak suyagi; 10-kaft suyagi; 11-yonbosh suyagi; 12-qov suyagi; 13-quymich suyagi; 14-son suyagi; 15-katta boldir suyagi; 16-kichik boldir suyagi; 17-ilik (tsevka).
Ikkinchi bo’yin umurtqasining tanasi va tishsimon o’simtasi aniq ko’rinib turadi. Atlantning yon tomonlarida ko’ndalang o’simtalar, ustki tomonida ustki yoy va uning ostist o’simtasi bor. Keyingi bo’yin umurtqalari geterotsel tipga kiritiladi, ya’ni umurtqalarning oldidan va orqa tomonidan qo’shilish yuzalari egarga o’xshaydi. Umurtqalarning bunday tuzilishi bo’yin umurtqalarining bir-biriga nisbatan ham vertikal, ham gorizontal yo’nalishda harakat qilishini ta’minlaydi, lekin umurtqalar o’qi bo’ylab aylana yo’nalishda harakat qila olmaydi. Ustki yoylarning oldingi va keyingi yuzalaridan juft qo’shilish o’simtalari chiqib, qo’shni umurtqalarning shu singari o’simtalari bilan qo’shiladi. Umurtqa tanasining yon yuzalaridan kalta ko’ndalang o’simtalar chiqadi. Qushlarda sudralib yuruvchilar singari bo’yin qovurg’alari bo’ladi, bular rudiment holda bo’lib, faqat oxirgi 1-2 ta bo’yin umurtqalarining qovurg’alari uzun bo’ladi.
Ko’krak umurtqalari kaptarda beshta bo’lib, bir-biriga harakatsiz qo’shilib ketadi. Ularning har-biridan bir juftdan qovurg’alar chiqadi va bu qovurg’alar to’shga harakatchan birikadi. Har qaysi qovurg’a orqa va qorin bo’limidan iborat. Qovurg’alarning orqa bo’limida bittadan ilmoqsimon o’simta bo’lib, ular keyingi qovurg’aning ustiga tegib turadi. To’sh suyagi ancha katta bo’lib, serbar plastinkaga o’xshaydi. Uchuvchi qushlarning tush suyagini oldingi yuzasida baland ko’krak toj suyagi bor.
To’sh yuzasining keskin kattaligi va tosh suyagini hosil bo’lishi qushlarning uchishi bilan bog’liq, chunki bu suyaklarga qanotni harakatga keltiruvchi kuchli ko’krak muskullari birikadi.
O’q skeletining ko’krak bo’limidan keyin qushlarga xos bo’lgan, barcha bel, dumg’aza va oldingi dum umurtqalarini qo’shishidan hosil bo’lgan murakkab dumg’aza joylashadi.
Murakkab dumg’aza oxirgi ko’krak umurtqasi bilan ham harakatsiz qo’shiladi. Bundan tashqari chanoq suyaklari ham harakatsiz qo’shilib ketadi. Kaptarning dum umurtqalari yettita bo’lib o’zaro harakatchan birikkan. Oxirgi (4-8) dum umurtqalari vertikal plastinka shaklida bo’lib, bularni dum suyagi-pigostil deb ataladi. Bu suyakning yon yuzalariga rul patlari yelpig’ichdek bo’lib joylashadi.


Oyoqlar va kamar skeleti.
Qushlarning yelka kamari juft karakoid, kurak va o’mrov suyaklaridan hosil bo’lgan.
Baquvvat va uzun (karakoid) ko’krak tirgak suyagi o’zining serbar pastki uchi bilan to’sh suyagiga mahkam birikadi. Karakoid suyaklarining oldingi uchlari orasida ayri suyagi bor, bu ikkala o’mrov suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzun va ingichka kurak suyaklari qilich shaklida bo’lib, qovurg’alar ustida joylashadi. Kurak suyaklarining oldingi uchi karakoid suyaklariga mahkam birikadi.

87-rasm. Qushlarning kamar skeleti:
A-chaykaning yelka kamari va to’shi; -o’rdakning chanoq kamari; 1-umrov; 2-karakoid; 3-kurak; 4-to’sh toji; 5-qovurg’alar; 6-yonbosh suyagi; 7-quymich suyagi; 8-qov suyagi; 9-chanoq kosasi.

Kurak va karakoid suyaklarining qo’shilgan joyidagi bo’g’im chuqurchasiga yelka suyagining boshchasi kirib turadi.
Qanotga aylangan oldingi oyoq skeleti ancha o’zgargan. Yelka bo’limi juda katta va baquvvat yelka suyagidan, bilak bo’limi esa, bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan. Bilak suyagi to’g’ri va ingichka bo’lsa, tirsak suyagi biroz egilgan va kuchli bo’ladi. Tirsak suyagining tashqi yuzasiga kichik qoquv patlarining qalam uchi birikib turadi.
Qushlarning uchishiga moslashishi munosabati bilan kaftning tuzilishida kuchli o’zgarishlar yuz bergan. Bilaguzukning ustki bo’limida faqat ikkita mustaqil suyakchalar saqlanadi. Harakatchan bo’g’im shu suyakchalarning va bilaguzukning qolgan suyaklari orasida joylashgan. Shu sababli buni interkarpal bo’g’im deyiladi. Bilaguzukning qolgan suyaklari va hamma kaft suyaklari qo’shilib, yagona hosila to’g’a suyagini hosil qiladi. Barmoqlarning skeleti kuchli reduktsiyalanadi: II-barmoqning ikkita falangasi saqlangan, I-barmoqdan bitta falanga saqlanadi, bunga qanotcha deb ataladigan pat bog’lami birikadi. III-barmoqdan ham bitta falanga qolgan.
Kaft suyaklarining bunday tuzilishi katta qoquv patlariga tayanch bo’lib xizmat qiladi.
Chanoq kamarining tuzilish xususiyatlari orqa oyoqlarga mustahkam tayanch bo’lish, hamda tuxum qo’yish uchun moslashgan. Chanoq kamari uch juft suyaklarning-keng va uzun yonbosh suyagi, murakkab dumg’azaga qo’shilgan; yonbosh suyagining tashqi tomoniga qo’shilib ketgan qo’ymich suyagi va tashqaridan orqa tomonga qaratilgan qilichsimon qov suyaklarni qo’shilishidan hosil bo’lgan. Bu uchala suyaklar har tomondan qo’ymich kosasini hosil qiladi. Ikkala tomondagi qo’ymich va qov suyaklari qorin tomonida bir-biri bilan qo’shilmaydi. Shu sababli qushlarning chanog’i ochiq bo’ladi. Bu ularni katta tuxum qo’yish bilan bog’liq.
Keyingi oyoq skeleti baquvvat, naysimon suyaklardan iborat. Son suyagining ustki (proksimal) uchida qo’ymich kosasiga birikadigan dumaloq boshchasi bor, pastki uchida esa boldir suyaklariga birikish uchun bo’g’im yuzasi bo’ladi. Tizza bo’g’imida dumaloq suyakcha tizza kosasasi joylashgan. Boldir bo’limining asosiy elementi bo’lib, baquvvat boldir suyagi hisoblanadi va u o’ziniig pastki (distal) qismi bilan tovon oldi bo’lagining ikkita suyagiga qo’shilib ketadi, natijada boldir-tovon oldi suyak kompleksi hosil bo’ladi. Kichik boldir suyagi kuchli reduktsiyalanadi va yupqa suyakcha ko’rinishida katta boldir suyagining ustki qismi tashqi yuzasiga qo’shilib ketadi. Tovon oldi bo’limining pastki elementlari va tovon bo’limining barcha elementlari qushlarda birga qo’shilib yagona suyak-tsevkani ya’ni ilikni hosil qiladi. Harakatchan qo’shilish bo’g’imi tovon oldi suyaklarining ikkala oralig’ida joylashadi, shuning uchun ham bu bo’g’im intertarzal deb ataladi.
Sevkaning pastki qismida yaxshi bilinib turadigan bo’g’im yuzalari bo’lib, bularga barmoq falangalari birikib turadi. Ko’pchilik qushlarning to’rtta barmog’i bor. Bulardan I-orqaga, II, III va IV barmoqlari oldinga qaragan bo’ladi.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish