Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet51/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Pat qoplami
Qushlarning tumshug’i va oyoqlarining pastki qismlaridan tashqari tananing barcha qismlari yengil, issiqlikni yomon o’tkazuvchi shoxsimon qoplam ya’ni patlar bilan qoplangan. Tumshug’i shoxsimon qoplam, tovoni va barmoqlari esa shoxsimon qalqonchalar bilan qoplangan bo’lib, buday tuzilish sudralib yuruvchilarning tangachalariga o’xshash.
Qushlarda pat qoplami muhim va xilma-xil funktsiyalarni bajaradi: haroratni boshqarish, terini zararlanishdan, harakat apparati (rul va qoquv patlari), fazoda tana yuzasini oshiradi va ma’lum suyri shakl beradi, uchish vaqtida havoda ishqalanishni kamaytiradi.
Tuzilish harakteriga ko’ra patlar bir xil emas. Ular orasida quyidagilarni farqlash mumkin: kontur patlar, parli patlar, ipsimon patlar, qalqonchalar. Kontur patlar eng yirik patlar hisoblanadi. Bu patlar tanani qoplab turadi va qushlarning gavdasiga ma’lum shakl beradi. Tanadagi boshqa patlar kontur patlar ostida joylashgan.

71-rasm. Pat turlari:
1-kontur pat; 2-parli pat; 3-haqiqiy pat; 4-ipsimon pat; 5-qalqoncha; 6-ikkinchi darajali parli pat.
Kontur patlarning tuzilishni ko’rish uchun, eng yaxshisi yirik dum patlaridan foydalanish mumkin.
Patning pastki, teriga kirib turgan qismiga qalam uchi deyiladi, u ko’ndalang kesimida aylana shaklida bo’lib, ichi bo’sh bo’ladi. Patning ustki qismi egiluvchan pat-tanasi deb ataladi. Pat tanasidan bir muncha yumshoq va elastik plastinka-tashqi hamda ichki yelpig’ichlar chiqadi. Yelpig’ichlar bevosita pat tanasidan chiqqan birinchi tartibli tolalardan va ulardan chiqqan ikkinchi tartibli tolalardan tashkil topgan.

72-rasm. Patning tuzilishi:
1-elpig’ich; 2-qalam uchi; 3-pat o’qi; 4-pastki teshik; 5-yuqorigi teshik; 6-elpig’ichning parli qismi.
Ikkinchi tartibli tolalar uchida ilmoqchalar bo’ladi. Bularning hammasi yelpig’ich hosil qiladi.Tashqi yelpig’ich kambar va ichki yelpig’ich biroz serbar bo’ladi. Patning bunday tuzilishi uning yengilligini va mustahkamligini ta’minlaydi. Elastik tolalar urilganda egiladi, ilmoqchalari ochilib ketadi va yelpig’ichda yoriq hosil bo’ladi. Qush bunday hollarda tumshug’i bilan patni to’g’rilab qo’yadi, keyin ilmoqchalar yana ulanadi va yelpig’ichning yaxlit yuzasi tiklanadi. Pat tanasining pastki qismidagi tolalarning ilmoqchalari bo’lmaydi va yelpig’ichning bu qismini patli qismi deb ataladi.

73-rasm. Pat yelpig’ichinnig tuzilishi:

1-qalam uchi; 2-elpig’ich; 3-pat o’qi (tanasi); 4-birinchi tartibdagi tolachalar; 5-ikkinchi tartibdagi tolachalar; 6-ilmoqchalar.


Kontur patlar qushning uchishini ta’minlaydi, suv o’tkazmaslik va issiqlikni saqlash vazifalarini bajaradi. Parsimon patlar kontur patlarni ostida joylashib, issiqlikni saqlash, ipsimon patlar esa tuyg’u vazifalarini bajaradi.
Qanot yuzasini qoquv patlari hosil qiladi. Qoquv patlari odatdagi kontur patlardan kattaligi, mustahkamligi bilan farq qiladi. Qoquv patlari uch guruhga bo’linadi: panja suyaklariga birikkan birinchi patlar va bilak suyagiga birikkan ikkinchi patlari hamda yelka suyagiga birikadigan uchinchi tartibli qoquv patlari murtak holida bo’lib, birinchi barmoqda to’p-to’p bo’lib joylashgan patlarga qanotcha deyiladi.

74-rasm. Qanotdagi pat guruhlari:
1-katta qoquv patlari; 2-ikkinchi darajali patlar; 3-uchinchi darajali patlar; 4-qanotcha.

Dum yirik rul patlaridan tashkil topgan bo’lib, bularni yo’naltiruvchi patlar ham deb ataladi. Qushlar tanasida pteriliy (patli joylar) va apteriy (patsiz joylar) joylashgan.


Nisbatan kichik va yumaloq boshing oldingi uchidagi tumshuq asosan suyakdan tashkil topgan, uning ustidan shox moddali qin qoplab turadi.

75-rasm. Kaptar terisida pteriliy va apteriy:
qorin (A) va yelka (B) tomonlarida. Pteriliylar nuqtalar bilan ko’rsatilgan.
Shoxsimon tumshuq; tovon va barmoqdagi shoxsimon qalqonchalar; har-xil tipdagi patlar: kontur, parli patlar, patlar, qilchalar; kontur patlarning mikroskopik tuzilishi, kontur patlar guruhlari (qoquv, ro’l va boshqa).

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish