Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Xordalilarning kelib chiqishi o’rganish.
2. Chala xordalilar tipi vakillarini Balanogloss misolida o’rganish.
3. Balanoglossning tuzilishi asosiy belgilarini o’rganish.
4. Balanoglossning tarqalishi, turlar soni, biologiyasini
o’rganish.
2- Mashg’ulot: Xordalilar tipi – Chordata. Xordalilarning umumiy tuzilishi.
Jihozlar
Eritmada fiksatsiyalangan Umurtqali hayvonlar ho’l preparati.
Tablitsalar: Umurtqali hayvonlar tashqi ko’rinishi; ichki organlarining umumiy joylashishi,qon aylanish sistemasi.
Mikroskoplar.
Lupalar.
Ishning mazmuni:
Xordalilar (Chordata) tipiga umumiy harakteristika. Xordalilar tipiga shakli va yashash sharoiti xilma-xil bo’lgan hayvonlar kiradi. Ular barcha yashash muhitlarida, suvda, yer yuzasida, tuproq qatlamida va havoda uchraydi. Geografik jihatdan ular yer yuzida keng tarqalgan.
Xordalilar tipiga: Chala xordalilar, lichinka xordalilar, bosh suyaksizlar (lantsetniklar), to’garak og’izlilar (Minoga va miksinalar), baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi.
Xordalilar dengizda ma’lum darajada o’troq hayot kechiruvchi qobiqlilar ham kirishini A. O. Kovalevskiy o’z tekshirishlarida aniqlagan. Ayrim belgilari bilan xordalilarga o’xshash bo’lgan ichak bilan nafas oluvchilar (Enteriopneutsa) ham ba’zan xordalilar tipiga kiritiladi.
Xordalilar nihoyatda xilma-xil bo’lishiga qaramay, qator o’xshash belgilarga ega. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Hamma xordalilarda dastlab yelka tori, ya’ni xorda sifatida paydo bo’lgan o’q skeleti bor. Xorda embrional rivojlanish davrida boshlang’ich ichak sistemasining yuqori tamonidan ajralib chiquvchi tor sifatida paydo bo’ladi. Shunday qilib xorda entodermadan hosil bo’lgan.
Xordaning keyingi taqdiri har xil. U faqat tuban xordalilarda (astsidiyalar va salplardan tashqari) bir umr saqlanadi. Lekin shunda ham umurtqa pog’onasining rivojlanshi tufayli aksariyat hayvonlarda xorda bir muncha reduktsiyalashadi. Yuksak darajada rivojlangan umurtqalilarda xorda embironal organ hisoblanadi va voyaga yetgan hayvonlarda uni umurtqa pog’onasi siqib chiqaradi, natijada bo’g’inlarga bo’linmagan yaxlit o’q skeleti sigmentli bo’lib qoladi. Boshqa skelet hosilalari singari (xordadan tashqari) umurtqa pog’onasi ham mezodermadan hosil bo’lgan.
2. O’q skeleti ustida ichi kovak nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashgan. Nerv nayining ichi (bo’shligi) nevrotsel deb ataladi. Markaziy nerv sistemasining naysimon tuzilishi (qobiqlilardan tashqari) barcha xordalilar uchun xosdir. Deyarli barcha xordalilarda nerv nayining oldingi qismi kengayib, bosh miyani hosil qiladi. Bu xolatda ichki bo’shliq bosh miya qorinchalari shaklida saqlanadi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi murtakning orqa qismidan hosil bo’lib, ektodermal kelib chiqqan.
3. Ovqat hazm qilish nayining oldingi (tomoq) qismi jabra yoriqlari deb ataluvchi teshiklar yordamida tashqi muxit bilan bog’lanadi. Suvda yashaydigan tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umr saqlanadi. Boshqalarida ular embrional rivojlanishining ayrim davrlarida ma’lum funktsiyani bajaradigan yoki bajarmaydigan shaklda paydo bo’ladi. Xordalilarning yuqorida aytilgan uchta harakterli belgilaridan tashqari ayrim holatda boshqa guruh vakillarida ham uchraydigan quyidagi belgilarni ko’rsatish zarur.
1. Xordalilar ham, ninatanlilar singari, ikkilamchi og’izga ega. U gastrulaning gastroporga qarama qarshi bo’lan tomoni devorning yorilishidan hosil bo’ladi. Bitayotgan gastropor o’rniga esa anal teshigi hosil bo’ladi.
2. Xordalilarda tana bo’shlig’i ikklamchi tipda (selom). Bu belgisida ko’ra, xordalilar ninatanlilar bilan halqali chuvalchanglarga yaqin turadi.
3. Embirionda va tuban xordalilarda organlarining metamer joylashishi ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Yuksak darajada rivojlangan vakillarning tuzilishi umumiy murakkablishishi tufayli ularda metameriya yaxshi ko’rinmaydi.
4. Xordalilar tanasining ikki tomonlama (belateral) simmetriyasi bilan harakterlanadi. Ma’lumki, bunday belgi ayrim umurqasiz hayvonlarda ham bor.
Xordalilar tipi 4 ta kenja tipga bo’linadi.
Chala xordalilar (Nemichorda) bu kenja tipga xordalilarga xos belgilari uncha bilinmaydigan, juda g’alati tarzda tuzilgan dengizda yashovchi sodda hayvonlar kiradi. Umuman bu gruppa shu qadar o’ziga xoski. Uni ko’pincha nina terililar, qil jag’lilar va xordalilar o’rtasida oraliq o’rinda turadigan mustaqil tip deb ham hisoblaydilar.
Lichinka xordalilar yoki pardalilar (Urochorda yoki Tunicata ) kenja tipi. Tuzilishi jihatidan tipik hordalilardan uzoqlashgan o’ziga hos dengiz hayvonlari bo’lib, bu guruhga yakka va kaloniya bo’lib yashovchi hayvonlar kiradi. Bu hayvonlar orasida bir joyda hayot kechiradigan astsidiyalar yoki ikkalamchi tartibda erkin suzib yuradigan formalari (salplar, appendikulyariyalar) va ular lichinkalik davridagina xordalilarni harakterli tuzilishini sarflaydi.
Bosh skeletsizlar (Acrania) kenja tipi. Bu kenja tipga hozir yashab turgan eng sodda tipik hordalilar kiradi, ular umurtqalilar bilan bir bo’lgan ajdodining tuzilishidagi belgilarni birmuncha kam o’zgargan holda saqlab kelayotir.
Bosh skeletlilar yoki umurtqalilar ( Craniota yoki Vertebrata) kenja tipi bular xordalilarning aktiv ravishda ovqatlanishga o’tgan hamda yuqori darajada differentsiallashgan yurak, bosh miya, sezuv organlari va miya qutisiga ega bo’lgan eng proggessiv shohchasidir. Umurtqalilar – to’garak og’izlilar, baliqlar suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar qushlar hamda sut emizuvchilar – harakatchan bo’lganligi hamda sut emizuvchilar yuqori darajada tuzilganligidan butun yer shariga, undagi okean, dengizlarga, ko’l va daryolarga, barcha quruqliklarga tarqalgan va qisman havo bo’shlig’ini ham egallab olgan.
Xordalilar tipi tubandagi kenja tip va sinflarga bo’linadi.
Xorlalilar tipi (Chordata)
1-kenja tip. Chala xordalilar (Nemichorda).
I.sinf. Graptolitsimonlar (Cgaptolitholdea) yoki pterobranxiyalar (Pterobranchia) .
II sinf. Ichak bilan nafas oluvchilar (Enteropneusta).
2-kenja tip. Lichinka xordalilar yoki pardalilar (Urochorda yoki Tunicata).
I sinf. Appendikulyariyalar (Appendiculariae).
II sinf. Astsidiyalar (Ascidie).
III sinf. Salplar (Salpae).
3-kenja tip. Bosh skeletsizlar (Acrania).
Xorda boshlilar sinfi (Cephalochorda).
4-kenja tip.
I sinf. To’garak og’izlilar (Vertebrata yoki Craniota).
II sinf.Baliqlar (Pisces).
III sinf. Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar (Amphibla).
IV sinf. Sudralib yuruvchilar yoki reptiliyalar (Reptilla).
V sinf. Qushlar yoki parrandalar (Aves).
VI sinf. Sut emizuvchilar yoki darrandalar (Mammalia).
Do'stlaringiz bilan baham: |