2-mavzu. Chala xordalilar tipi



Download 15,18 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi15,18 Kb.
#762730
Bog'liq
2-mavzu. Chala xordalilar tipi


2-MAVZU. CHALA XORDALILAR TIPI (2 soat)

Reja:
1. Chala xordalilar tipining umumiy ta’rifi va tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari


2. Chala xordalilarning boshqa tiplarga o’xshashligi


Tayanch so’zlar: xartumcha, yoqa, ichak bilan nafas oluvchilar, jabra, tsefalodisk, rabdoplevra, tornariya, goloturiya.
1. Chala xordalilar tipining umumiy ta’rifi va tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari. Chala xordalilar (Hemichorda) tipiga gavdasi uch qismga (xartumcha, yoqa va tanaga) bo’lingan va chuvalchangga birmuncha o’xshab ketadigan hamda yerni kavlab yoki bir joyda hayot kechiradigan juda g’alati dengiz hayvonlari kiradi. Ular o’zining bor tuzilishi bilan tipik xordalilardan katta farq qiladi, lekin ularning uncha taraqqiy etmagan xordasi, endigina paydo bo’lib kelayotgan nevrotseli bor, bitta gruppasida esa xordalilar uchun xarakterli bo’lgan va xalqumni teshib o’tadigan jabra yoriqlari bo’ladi.
Turlari kam bo’lgan bu tipning tipik vakili – balanogloss (Balanoglossus) dir. Balanogloss bir nechta o’ziga yaqin avlodlar bilan birgalikda ichak bilan nafas oluvchilar (Enteropneusta) sinfini tashkil etadi. Jabra yoriqlari yo’qolib, katta-katta patsimon jabralari bo’lgan tsefalodisk (Cephalodiscus) bilan rabdoplevra (Rhabdopleura) urug’lari esa graptolitsimonlar (Graptolithoidea) degan boshqa sinfni tashkil etadi, bu sinfning bunday atalishiga sabab shuki, hozir qazilma graptolitlar ham shu sinfga kiritiladi.
Chala xordalilar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari. Balanogloss (Balanoglossus) chala xordalilar tipining tipik vakili hisoblanadi.
Balanoglossning tashqi ko’rinishi va hayot kechirishi. Balanoglossning gavdasi ikki yoqlama simmetrik va chuvalchangsimon bo’lib, uch bo’limga: xartumcha, yoqa va tanaga bo’linadi. Ba’zi turlarining bo’yi atigi bir necha santimetr bo’lsa, boshqalarining bo’yi bir metrga boradi, hatto 2,5 m ga yetadigan turlari ham bor. Balanogloss dengizning sayoz yerlarida qumga ko’milib olib yashaydi. Bu yerda u o’zi kavlagan yo’llarda kam harakat qilib hayot kechiradi. Bu yo’llar devori salga uvalanib ketadigan naychalar shaklida bo’ladi, chunki qum donalari hayvonning teri bezlaridan chiqadigan yopishqoq modda bilan bir-biriga yopishib turadi. Balanogloss og’ziga suv bilan birga kiradigan mayda-mayda ovqat bo’laklarini yeydi.
Ichki tuzilishi. Balanogloss yoqasining qorin tomoniga, xartumchaning ostiga og’iz teshigi o’rnashgan. Og’iz teshigi bir talay jabra yoriqlari bo’lgan xalqum bilan tutashadi, jabra yoriqlari gavdaning orqa tomonidan to’g’ridan-to’g’ri tashqariga ochiladi. Xalqum shaklan to’g’ri naychaga o’xshagan asl ichak bilan qo’shiladi. Ichakning orqa tomonidan jigar o’simtalari deb ataladigan bir talay ko’r o’simtalar chiqadi. Gavdaning eng oxirida anal teshigi bor. Gavda bo’shlig’i xartumcha, yoqa va tana bo’shliqlariga bo’linadi. Xartumcha bo’shlig’ida maxsus bir tuzilma turtib chiqib turadi, bu tuzilma xordaga o’xshagan va ichakning og’iz oldi o’simtasidan iborat bo’lib, entodermadan kelib chiqqanligi uchun, odatda, boshlang’ich xorda deb hisoblanadi.
Xartumcha bo’shlig’i kichik teshikcha orqali tashqaridan kirgan dengiz suvi bilan to’lishi mumkin, shunda u tarang bo’lib qoladi. Balanoglossning qon aylanish sistemasi tutash bo’lmay, asosan, orqa va qorin tomirlaridan iborat. Nerv sistemasi orqa va qorin nerv iplaridan tuzilgan, ular xalqum oldi nerv xalqasiga qo’shilgan bo’ladi. Nerv iplarining ichida, yoqa joylashgan yerda tor bo’shliq bor, bu bo’shliq, odatda, nevrotsel gomologi deb hisoblanadi. Balanoglossda hech qanday sezuv organi topilmagan, undan yaxlit subepitelial nerv chigallarini hosil qiladigan ayrim sezuvchi hujayralargina topilgan.
Ichak jabralilar lichinkasida, deyarli barcha nina terililardagiga o’xshash, tepa plastinkasi bor, bu plastinka metamorfoz davrida tamomila yo’qolib ketadi. Murtak xolidagi xorda atrofiga o’rnashgan burmali maxsus tuzilma ayirish organi vazifasini bajarsa kerak, shunga ko’ra, parchalanish mahsulotlari xartumchadagi kichkina teshikdan tashqariga chiqariladi.
Balanogloss ayrim jinsli hayvon bo’lsa-da tanasining oldingi qismiga o’rnashgan erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari sirtdan bir-biriga o’xshaydi. Jinsiy mahsulotlari maxsus teshikchalardan suvga chiqariladi, tuxum hujayrasi ham suvda urug’lanadi.
Boshqa chala xordalilar. Chala xordalilar orasida balanoglossga o’xshash yakka va erkin yashaydigan formalardan tashqari, koloniya bo’lib, bir joyda hayot kechiradigan turlar ham bor, bu hayvonlar ham jinsiy yo’l bilan, ham kurtaklanish yo’li bilan urchiydi. Chala xordalilarga kiradigan barcha hayvonlar dengizning sayoz joylarida, suv o’tlari yoki suv ostidagi toshlar orasida, yo bo’lmasa, xuddi balanoglossdek, qum yoki balchiqda yashaydi. Chala xordalilar yer yuzidagi barcha dengizlarga tarqalgan, lekin hamma joyda ham birmuncha kam uchraydi.
2. Chala xordalilarning boshqa tiplarga o’xshashligi. Balanogloss misolida ko’rganimizdek, ichak bilan nafas oluvchilarda hech qanday metameriya belgisi bo’lmasa ham, ularni tipik xordali hayvonlarga o’xshatadigam bir qancha muhim belgilar (xorda va nevrotsel boshlang’ichi, jabra yoriqlari, tselom, ikkilamchi og’iz) bor.
Ikkinchi tomondan, nerv sistemasining tuzilishiga hamda gavda bo’shlig’ining atrofini o’rab turgan teri-muskul xaltasining borligiga qaraganda ichak bilan nafas oluvchilar xalqali chuvalchanglarga o’xshab ketadi. Nihoyat, ichak bilan nafas oluvchilarning tornariya deb ataladigan lichinkasi nina terililar lichinkasiga, xususan goloturiya lichinkasiga, juda ham o’xshaydi. Jumladan, nina terililarning lichinkasidagiga o’xshash, tornariya gavdasida ham maxsus kiprik iplari, tepa nerv tugunchasi va ikkita ko’zcha bor.
Shunday qilib, ichak bilan nafas oluvchilar umumiy evolyutsiya nuktai nazaridan diqqatga sazovordir, chunki bu hayvonlar xordalilar tipini boshqa tiplar bilan, jumladan, nina terililar bilan bog’laydi.
Download 15,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish