Reja: Chala xordalilarning haqiqiy xordali hayvon



Download 282,81 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi282,81 Kb.
#653249
Bog'liq
3-Ma'ruza matni


Ma’ruza-3 Chala xordalilar tipi.

Reja:
1.Chala xordalilarning haqiqiy xordali hayvon


ekanligining isbotlovchi dalillar.
2.Chala xordalilar tipiga umumiy tavsifi.
3. Balanaglossning tashqi tuzilishi.
4.Balanoglossning ichki tuzilishi.


Tayanch iboralar: simmetrik, balanagloos, xartumcha, yoqacha.
Balanoglossning tashqi ko’rinishi va hayot kechirishi. Balanoglossning gavdasi ikki yoqlama simmetrik va chuvalchangsimon bo’lib, uch bo’limga: xartumcha, yoqa va tanaga bo’linad
Ba’zi turlarining bo’yi atiga bir nesa santimetr bo’lsa, boshqalariniki bir metr, hatto 2,5 m ga yetadi. Balanogloss dengizning sayoz yerlarida qumga ko’milib olib yashaydi. Bu yerda u o’zi kovlagan yo’llarda (kam) harakat qilib hayot kechiradi. Bu yo’llar devori salga uvulanib ketadigan naychalar shaklida bo’ladi, chunki qum donalari hayvonning teri bezlaridan chiqadigan yopishqoq modda bilan bir-biriga yopishib turadi. Balanogloss og’ziga suv bilan birgalikda kirgan mayda organizmlar bilan ovqatlanadi.
Ichki tuzilishi. Balanoglossning og’iz teshigi yoqasining qorin tomoniga, xartumchaning ostiga o’rnashgan. Og’iz teshigi bir talay jabra yoriqlari bo’lgan halqum bilan tutashadi. Jabra yoriqlari gavdaning orqa tomonidan to’g’ridan-to’g’ri tashqariga ochiladi. Halqum shaklan to’g’ri naychaga o’xshagan asl ichak bilan qo’shiladi. Ichakning orqa tomonidan jigar o’simtalari deb ataladigan bir talay ko’r o’simtalar chiqadi. Gavdaning eng oxirida anal teshigi bor. Gavda bo’shlig’i xartumcha, yoqa va tana bo’shliqlariga bo’linadi. Xartumcha bo’shliq’ida maxsus bir tuzilma bo’rtib chiqib turadi. Bu tuzilma ichakning og’iz oldi o’simtasidan iborat bo’lib, u boshlang’ich (murtak) holdagi xordadir, chunki uning tuzilishi xordaga o’xshayda va xorda kabi endodermadan chiqib kelgan.
Xartumcha bo’shlig’i kichik teshikcha orqali tashqaridan kirgan dengiz suvi bilan to’lishi mumkin, shunda u tarang bo’lib qoladi. Balanoglossning qon aylanish sistemasi tutash bo’lmay, asosan, orqa va qorin qorin tomirlaridan iborat. Nerv sistemasi orqa qorin nerv iplaridan tuzilgan, ular halqum oldi nerv halqasiga qo’shilgan bo’ladi. Yoqa joylashgan yerdan o’tgan nerv iplarining ichida tor bo’shliq bor, bu bo’shliq, odatda, nevrotsel gomologi deb hisoblanadi. Balanoglossda hech qanday sezuv organi topilmagan, undan yaxlit subepitelial nerv chigallarini hosil qiladigan ayrim sezuvchi hujayralargina topilgan, xolos. Ichak jabralilar lichinkasida, deyarli barcha ninaterililardagiga o’xshash bosh tepa plastinkasi bor. bu plastinka metamorfoz davrida tamomila yo’qolib ketadi. Murtak holidagi xorda atrofiga o’rnashgan burmali maxsus tuzilma ayirish organi vazifasini bajarsa kerak, shunga ko’ra, parchalanish mahsulotlari (siydik) xartumdagi kichkina teshikdan tashqariga chiqariladi.
Balanogloss ayrim jinsli hayvon bo’lsa-da, tanasining oldingi qismiga o’rnashgan erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari sirtdan bir-biriga o’xshaydi. Jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. 30 juftdan ortiqroq jinsiy bezlari ichagining ikki yonida. tanasining o'rtasida joylashgan. Jinsiy mahsulotlari maxsus teshikchalardan suvga chiqariladi, tuxum hujayrasi ham suvda urug’lanadi.
Ko’pchilik ichak hilan nafas oluvchilaming tuxumidan erkin suzib yuradigan tomariya lichinkasi chiqadi. Uchinkaning tanasi uzun kipriklar chambari bilan o'ralgan. Ulardan biri og'iz oldida. ikkinchisi anal teshigi oldida joylashgan. Kipriklarning joylashish xususiyati bilan tomariya lichinkasi ignaterililar lichinkasiga birniuncha o'xshaydi.Keyinroq lichinkasining uchta bo'g'imi cho‘zilib, uchta tana bo‘ limini hosil qiladi. Ichak devorida jabra yoriqlari paydo bo'ladi. Lichinka suv tubiga cho‘kib, loyga ko'milib oladi


Boshqa chala xordalilar


Chala xordalilar orasida balanoglossga o’xshash yakka va erkin yashaydigan formalardan tashqari, koloniya bo’lib, bir joyda o’troq hayot kechiradigan turlar ham bor. bu hvyvonlar ham jinsiy yo’l bilan, ham kurtaklanish yo’li bilan urchiydi. Chala xordalilarga kiradigan barcha hayvonlar dengizning sayoz joylarida, suv o’tlari yoki suv ostidagi toshlar orasida, yo bo’lmasa xuddi balanoglossdek, qum yoki balchiqda yashaydi. Chala hordalilar yer yuzidagi barcha dengizlarda tarqalgan hamma joyda ham birmuncha kam uchraydi.
SSSR dengizlarida – Sovet Ittifoqi Yevropa qismining shimolidagi dengizlar bilan Sovet Uzoq Sharqidagi dengizlarda juda kam uchraydigan turlari bor. Ulardan bittasi Balonoglossus urug’iga, boshqa ikkitasi esa unga yaqin urug’larga kiradi.
Balanogloss kabi boshqa ichak bilan nafas oluvchilarda hech qanday metameriya belgisi bo’lmasa ham, ularni tipik xordali hayvonlarga o’xshatadigan bir qancha muhim belgilari (boshlang’ich (murtak) hamda xorda va nevrotsel, jabra yoriqlari, selom ikkilamchi og’iz) bor. Ikkinchi tomondan nerv sistemasining tuzilishiga hamda gavda bo’shlig’ining atrofini o’rab turgan teri-muskul xaltasiningn borligiga qaraganda ichak bilan nafas oluvchilar halqali chuvalchanglarga o’xshab ketadi. Nihoyat, ichak bilan nafas oluvchilarning tornariya deb ataladigan lichinkasi nina terililar lichinkasiga, xususan goloturiya juda ham o’xshaydi. Jumladan ninaterililarning lichinkasiga o’xshash, tornariya gavdasida ham maxsus kiprik torlari, tepa nerv tugunchasi va ikkita ko’zcha bor
Shunday qilib, ichak bilan nafas oluvchilar umumiy evolyutsiya nuqtai-nazaridan diqqatga sazovordir, chunki bu hayvonlar xordalilar tipini boshqa tiplari bilan, jumladan, nina terililar bilan bog’laydi. Qanotjabralilar (Pterobranchia) sinfiga 2 ta oila 3 ta avlod va 22 ta tur kiradi. Ular o’troq holda yashaydi. Ko’pchiligi kologiya bo’lib, ko’p marta tarmoqlanadigan naysimon ip ichida hayot kechiradi. Ini bo’tachaga o’xshash bo’ladi. Faqat ayrim turlari yakka holda in qurmasdan yashaydi. Qanotjabralilar ayrim individlarining tuzilishi ichak bilan nafas oluvchilarni eslatadi. Gavdasi 3 ta bo’lim: boshqalqon, yoqacha va tanaga bo’linadi.1





Nazorat savollari:
1. Chala xordalilar tipiga umumiy tavsifi haqida ma’lumot bering.
2. Balanaglossning tashqi tuzilishi haqida ma’lumot bering.
3. Balanoglossning ichki tuzilishi haqida ma’lumot bering.







1 Hickman C.P., Roberts L.S., Keen S.L., Larson A., Ianson H., Eisenhour D.J., Zoology, 14 edition, 2008. USA. p. 21

Download 282,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish