Reja: Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi. Lichinka xordalilarning sistematikasi. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar



Download 404,48 Kb.
bet1/3
Sana11.06.2022
Hajmi404,48 Kb.
#654231
  1   2   3
Bog'liq
4-Ma'ruza matni


Ma’ruza-4 Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipining asosiy belgilari.Assidiyalar sinfi.
Reja:
1.Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi.
2 .Lichinka xordalilarning sistematikasi.
3. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar.
4. Sistematik holati va kelib chiqishi.


Mavzuga oid tayanch so’zlar va iboralar:
endoderma, mezoderma, tuban xordalilar, gastrula, gastropor, belateral, nevrotsel. tunika, sifon, stigma, endostil, germofradit, gangliy, nevrotsel, mantiya, stolon, xorda zooidlar, metagenez, gastrozooidlar, forozooidlar.


Lichinka xordalilarning kelib chiqishi
Kelib chiqishi to’liq yoritib berilmagan. Xordalilarga xos belgilari mavjud, lichinka xordalilar rivojlanishi va filogeniyasi rus olimlari A.O. Kovalevskiy va A.N.Severtsovlar o’rganishgan. Ularning rivojlanishi xuddi lantsetnikka o’xshash taraqqiy etishi aniqlangan. Erkin suzub yuruvchi lichinka xordalilarga xos belgilar ya’ni nerv sistemasining joylashgan bo’lishi, xorda va sigmentlarga bo’lingan muskullarning borligi aniq ko’rinib turadi. O’troq hayotga o’tishi munosabati bilan gavda soddalashgan ya’ni nerv sistemasi, sezgi organlari, xordasi va muskullari yo’qolib regressiyaga uchragan
Progress: qobig’i qalinlashgan jabra apparati yaxshi rivojlangan, ko’payishi nafaqat jinsiy kurtaklanib ko’payishga o’tgan.


Assidiyalar sistematikasi

Sinfga 1000 dan ortiq tur,100 ga yaqin urug’ va 3 turkum:


1) Yakka astsidiyalar
2) Murakkab astsidiyalar
3) Olovli astsidiyalar kiradi.
Yakka assidiyalar turkumi: 2-3 mm dan 40-50 sm gacha uzunlikda bo’ladi. Masalan : xarakatchan astsidiyalar (sharsimon) ular suv tubi bo’ylab xarakatlanadi.
Murakkab assidiyalar turumi: kolonialsh kurtakdan rivojlangan assidiyalar ona assidiyalar bilan tutushgan bo’ladi.
Bunday assidiyalar bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o’ralib, umumiy bitti kloaka bo’ladi.
Murakkab assidiyalarda urug’lanish kalonialar orasida sodir bo’ladi. Chunki ona koloniya bilan qiz koloniya orasida bo’ladi.
Olov tanli assidiyalar: zigota assidiyasimon koloniya asoschisi hisoblanadi. Undan kurtaklanish yo’li bilan 4 ta olov tanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo’ladi va ular tunika bilan o’ralgan bo’ladi. Ularning har bir a’zosi halqum oldingi qismida yorituvchi hujayralar bo’ladi. Bu hujayralarda yorug’lik chiqaruvchi simbiotik bakterialar yashaydi. Koloniya uzunligi 20-40 sm bo’lib undagi xar bir olov tanlining uzunligi 3-5 mm tashkil qiladi. Ayrim koloniya uzunligi 3-4 m va hatto 30 metrgacha boradi.
Salplar sinfi
Salplar erkin suzib yuruvchi yakka va kaloniya holda. hayot kechiruvchi qobiqlilardan iborat. Voyaga yetgan vaqtda dumi va xordasi bo’lmaydi. Gavdasi bodringa o’xshaydi, cho’ziq yoki bonkasimon gavdasining oldingi uchida kengaygan og’iz teshigi o’rnashgan yakka yashaydigan turlrining uzunligi 5-15 sm , koloniya bo’lib yashaydigan turlari 30-40 sm bo’ladi gavdasi tiniq qobiq tunika bilan qoplangan. Muskullari yordanida suvni kanoska teshigi orqali tashqariga haydaydi.
Saplar sinfiga 25 tur kiradi. 2 turkum
1) Haqiqiy salplar
2) Bochkalilarga bo’linadi.
Bochkalilar turkumi polimorf koloniya hosil qilib, koloniya uzunligi 30-40 sm gacha bo’ladi.
Uzunligi 0.5-3 mm dan, ayrim turlari t1-2 sm ga boradi. Ular yakka holda dengizda erkin suzib yuruvchi primitiv qobiqlilardan iborat.
Xordasi hayoti davomida saqlanadi. Ularning tuzulishi astsidiya lichinkasiga o’xshaydi, asosan ulardan nerv tortmasi va dumi borligi bilan farq qiladi. Dumi astsidiya lichinkasi singari saqlangan bo’lsa ham, gorizontal tekislik bo’ylab joylashgan. Ularda haqiqiy qobiq bo’lmaydi, qobiq dildiroq moddadan iborat. Bu modda tanasini o’rab turuvchi uyachani hosil qiladi. Uyachasini tashlab chiqib ketadi.1-1.5 soatdan so’ng yangi uyachani hosil qiladi. Hamda devorida endostil bo’ladi, mayda jonivorlarni filtrlab o’tkazib beradi. Nerv nayi ustida yorug’lik sezuvchi ko’zchasi va muvozanat saqlovchi organi bo’ladi. Appendikulyariyalar germofradit hayvon bo’lib, faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Lichinkasida nerv nayi va xordasi bo’ladi. Sinfga 60-100 tur kiradi. Lichinkalik davrida ko’payish xususiyatiga ega, evolyutsiya davrida yetuklik davrini yo’qotgan xayvonlar hisoblanadi.
Qobiqlilar o’zining tuzilishi jihatidan tipik xordalilardan bir oz farq qiladi va passiv hayot tarziga ega. Lekin lichinkalik davrida xordali hayvonlarga xos belgilar bo’ladi. Ularning hozirgi vaqtda 1500 yaqin turi fanga ma’lum. Voyaga yetgan individlarida nerv naychasi va xorda bo’lmasligi bilan boshqa xordalilardan farq qiladi, bundan faqat appendikulyarlar istisno.
Assidiyalar (Ascidiae), salplar (Salpae) va appendikulyarlar (Appenduculariae) tipik dengiz hayvonlari bo’lib, xilma-xil tuzilish shakli (bochka yoki xalta) va hayot tarziga ega. Avvalo eng harakterli xususiyati tanasi ustki tomonidan tog’ay moddadan iborat qobiq bilan ya’ni tunika bilan qoplangan. Qobiq o’zining kelib chiqishiga ko’ra qisman teri epiteliyasidan, qisman xujayra mezinxemadan hosil bo’ladi. Qobiq o’zining kimyoviy tarkibiga ko’ra o’simlik kletchatkasiga yaqin bo’lib, bu xususiyat hayvonot olami terisida uchraydigan yagona xolatdir. Lichinka xordalilarning o’troq holda yashashi jinsiy, jinssiz ya’ni kurtaklanish yo’li bilan ko’payish imkoniyatini yaratgan.



Olovtanlilar (Pyrosomidae) sinfiga bitta Olovtanlilar (Pyrosomata) turkumi kiradi. Olovtanlilar turkumi vakillarida zigotadan assidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. Undan kurtaklanish yo’li bilan to'rtta olovtanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo'ladi va ular umumiy qobiq-tunika bilan o'ralgan. Olovtanlilar koloniyasidagi har bir a’zosi halqumining oldingi qismida yorituvchi hujayralar guruhi bor. Bu hujayralarda yorug'lik chiqaruvchi simbiotik bakteriyalar yashaydí. Yetuk olovtanli koloniyaning uzunligi. odatda 20-40 sm dan 3-4 metr va hatto 30 metrgacha boradi. Undagi har bir olovtanlining o'lchami 3-5 mm ni tashkil qiladi. 10 dan ortiq turlari bor.
Aristotel qobiqlilarni o’rganib, ularni “Thetya” deb nomlagan. Biroq bu hayvonlarni chuqurroq o’rganish XVII asrdan boshlangan, lekin hayvonot dunyosida ularning sistematik holati uzoq vaqt noma’lum bo’lib kelgan. K. Linney yakka astsidiyalarni mollyuskalarga va koloniya holda yashaydiganlarni esa alohida “Zoophyta” guruhiga kiritgan. U qobiqlilarni “Acephala” (boshsizlar) deb atagan va ularni qaysi hayvonlarga kiritishni bilmagan. 1816 yilda J.K. de Savin va J.B. Lamark bu hayvonlarning anatomik tuzilishini o’rganib, ularni tashqi tomondan o’rab turgan qobig’i – tunikasi borligiga qarab “Tunicata” sinfiga kiritadi.1
Kenja tipning tipik harakterli vakili yakka holda yashovchi assidiyadir. Assidiya (Ascidia mentula) tashqi tuzilishi. Voyaga yetgan assidiya ko’rinishidan ikki og’izli bankaga o’xshash bo’lib o’troq hayot tarziga ega bo’lib, u suvdagi
har-xil substratlarga yopishib hayot kechiradi. Uni yashash joyidan olib akvariumga joylashtirilsa xaltasi bo’yalmagan suvda yaxshi ko’rinadi. Suv va ovqat moddalari yonbosh teshigidan kirib, yuqori teshigidan chiqib ketadi. Yuqorgi teshigi og’iz teshigi (sifon), yonboshdagisi kloaka teshigi (sifon) deyiladi. Assidiyaning rivojlanish tarixi shuni ko’rsatadiki, kloaka teshigi hayvonning yelka qismiga xalaqit qiladi, shuning uchun ham qarama-qarshi tomoni qorin qismi deb ataladi. Agarda astsidiyaga biror ta’sir (mexanik, ximiyaviy) ko’rsatilsa tanasi bujmayadi, ikkala sifoni orqali suvni kuch bilan otadi. Ta’sir o’tib ketsa tanasi kengayib sifonlari ochiladi va hayvonning butun harakati to’xtaydi.
Ovqat hazm qilishi va nafas olishi: Og’iz teshigi og’izga olib boradi, uning atrofi o’simtalar bilan qoplangan bo’lib og’iz teshigi xalqumga va keng xalqumga ochiladi, xalqum devorida juda ko’plab jabra o’simtalari-stigmalar joylashgan, ular to’g’ri tashqi muhitga ochilmasdan, balki jabra oldi bo’shligiga ochiladi. Xalqumdan qisqa qizilo’ngach va kengaygan oshqozondan iborat bo’lib ichakka ochiladi. Anal teshigi ham jabra oldi bo’shligiga ochiladi. Assidiyaning xalqumida juda ko’plab bezli nov joylashgan bo’lib, u endostil deb ataladi. Endostil xalqum asosidan boshlanib uning qorin tomonidan o’tib og’iz teshigiga ko’tariladi. Oziq zarrachalari endostilning kiprikli xujayralari yordamida yuqoriga ya’ni xalqum osti xalqasiga u yerdan qizilo’ngach teshigiga o’tadi. Yonbosh pastinkaning vazifasi tebranib suv oqimini jabra bo’shligiga haydaydi.


Download 404,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish