Xordalilar tipi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi



Download 21,75 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi21,75 Kb.
#277637
  1   2
Bog'liq
Xordalilar tipi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi


Xordalilar tipi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi

Reja 1.Xordalilar tipining umumiy tavsifi. 2.Xordalilar tuzilishidagi spetsifik belgilar va ularning biologik ahamiyati

3Xordalilar tipining sistematikasi

Tipning tavsifi

Xordalilar tipining mavjudligini mashhur rus zoologi A.O.Kovalevskiy asoslab bergan. Xordalilar tipi degan nomi 1878 yilda Bell tomonidan taklif etilgan.

Xordalilar tipiga tashqi ko‘rinishi, yashash sharoiti va hayoti har xil bo‘lgan hayvonlar kiradi. Xordalilarning hamma hayot muhitlarida: suvda, er ustida, er tagida, daraxtlarda va havoda uchratish mumkin. Geografik tomondan bular er sharining deyarli hamma qismiga tarqalgan. Xordalilar hozirgi zamonda er yuzida yashashgan turlarini umumiy soni 43 ming atrofida.

Xordalilar tipiga dengizlarda o‘troq holda yoki erkin suzib yuruvchi lichinka xordalilar, har xil lansetniklarni o‘z ichiga olgan boshskeletsizlar, hozirgi zamon vakillari minogalar va miksinalarni umumlashtirgan to‘garakog‘izlilar hamda umurtqali hayvonlarni olti sinfi, ya’ni tog‘ayli va suyakli baliqlar, suvda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Bularning o‘lchamlari ham xilma xil bo‘lib 0.5-3 mm dan uzunligi 30 m, massasi 150 t gacha boradi.

Xordalilar nihoyatda xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan quyidagi belgilari bilan boshqa hayvonlardan keskin farq qiladi:

1. O‘q skeleti umrbod yoki taraqqiyotning ilk davrida mavjud bo‘lgan xorda yoki orqa tori (chorda dorsalis) bajaradi. Xorda elastik egiluvchan o‘zaklardan hamda vakuola xujayralaridan tashkil topgan. Xorda ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma hisobidan taraqqiy etadi. Tuban hayvonlarda xorda umrbod saqlanadi, yuksak xordalilarda embrional organ holida bo‘ladi va keyinchalik xorda tog‘ay yoki suyak umurtqalar bilan almashinadi.

2. Markaziy nerv sistemasi (bosh miya va orqa miya) orqa tomonda, ya’ni xordaning o‘stida joylashgan bo‘lib shaklan nayga o‘xshaydi, uning ichki bo‘shlig‘i nevrotsel (peygosoev) deb ataladi. Deyarli barcha xordalilarda nerv nayining oldingi qismi kengayib, bosh miyani keyingi qismi esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil bo‘ladi, demak ektodermadan yuzaga keladi.

3. Ovqat hazm qilish nayining oldingi (halqum) bo‘limi devorining ikki tomoniga qator o‘rnashgan va halqum bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo‘ladi. Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umr saqlanadi. Quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarda jabra yoriqlari faqat embrion davrida hosil bo‘lib, tezda bitib ketadi. Halqumning keyingi qorin qismidan juft bo‘rtma-atmosfera havosi bilan nafas oluvchi organ – o‘pka rivojlanadi. Ovqat hazm qilish yo‘li xordaning ostida joylashadi.

4. Qon aylanish tizimini boshqarib turuvchi organ – yurak gavdaning qorin tomonida, xorda va ovqat hazm qilish nayining ostida joylashadi.

YUqorida aytilgan belgilar bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba’zi umurtqasiz hayvonlarning tiplarida ham uchraydi.

Xordalilar, nina terililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag‘li chuvalchanglar, ikkichlamchi og‘izlilarga – Deuterostomia kiritiladi va birlamchi og‘izlilar – Protostomia guruhiga qarshi qo‘yiladi. Ikkilamchi og‘iz gastrulaning gastropor degan teshigiga qarama-qarshi tomoni devorining yorilishidan hosil bo‘ladi. Bitayotgan gastropar o‘rnida esa anal teshigi hosil bo‘ladi. Birlamchi og‘izlilarda esa gastropor o‘rnida og‘iz teshigi hosil bo‘ladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula devorining o‘pirilishi natijasida hosil bo‘ladi.

Embrional taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i – selom hosil bo‘ladi bu belgi xordalilar nina terililar, qil jag‘lilar, elka oyoqlilar, bug‘im oyoqlilar, chuvalchanglar uchun xosdir.

3. YUksak xordalilarning embrionlarida va tuban xordalilarda, bug‘im oyoqlilarda, ko‘pchilik chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv tizimi, muskullar, skelet, ayirish tizimining metamer (segmentli) ravishda joylashuvi xarakterlidir. YUksak xordalilarda metameriya deyarli bilinmaydi.

4. Xordalilar va ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlarning (bulutlar va kovak ichaklilardan tashqari) gavdasi ikki tomonlama – bilateral simmetriyali bo‘lib tuzilganligi hisoblanadi, ya’ni gavdasini chap va o‘ng bo‘laklarga ajratadigan faqat bitta yuza o‘tkazish mumkinligidir.
Sistematikasi

Hozirgi vaqtda xordalilar tipining sistematikasi quyidagicha qabul qilingan (qirilib ketgan guruhlari + bilan belgilangan).

Xordalilar tipi – Chordata

1 Kenja tip. Lichinka xordalilar – Urochordata yoki Pardalilar – Tunicata.

1 – sinfi Assidiyalar – Ascidiae

2 – sinfi Salplar – Salpae

3 – sinfi Arpendikulyariyalar – Appendiculariue

II Kenja tip – Bosh skeletsizlar – Acrania

Xordaboshlilar sinfi – Cephalochordata

III Umurtqalilar kenja tipi – Vertebrata yoki bosh skeletlilar – Craniota

Jag‘sizlar bo‘limi – Agnatha

+ 1 Pteraspidomorflar– sinfi – Pteraspidomorphi

+ 2 Sefalaspiomorflar– sinfi – Cephalaspidomorphi

3 To‘garak og‘izlilar – sinfi – Cyclostomata

Jag‘og‘izlilar bo‘limi – Gnathostomata

Birlamchi suv hayvonlari – Anamnia

Baliqlar katta sinfi – Pisces

+ 1 – Qalqondor baliqlar sinfi – Placodermi

+ 2 – Jag‘ jabralilar sinfi – Aphetohyoidi (Acanthodii)

3 – Tog‘ayli baliqlar sinfi – Chondrichtyes

4. Suyakli baliqlar sinfi - Osteichtyes

To‘rt oyoqlilar katta sinfi – Tetrapoda

Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi – Amphibia

Birlamchi quruqlikda yashovchilar – Amniota

1 – Cudralib yuruvchilar sinfi – Reptilia

2 – Qushlar sinfi - Aves

3 – Sut emizuvchilar sinfi – Mammalia
Pardalilar va bosh skeletsizlar kenja tiplari odatda tuban xordalilar, umurtqalilar kenja tipi esa yuksak xordalilar deb yuritiladi. Hayoti suv bilan bog‘liq bo‘lgan umurtqalilarni (to‘garak og‘izlilar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar) tuban umurtqalilar, quruqlikda yashovchi umurtqalilarni esa yuksak umurtqalilar deyiladi


Download 21,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish