Xordalilar tipi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi


Lichinka xordalilar (Urochordata) kenja tipi yoki



Download 21,75 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi21,75 Kb.
#277637
1   2
Bog'liq
Xordalilar tipi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi

1 Lichinka xordalilar (Urochordata) kenja tipi yoki

pardalilar (Tunicata) kenja tipi.
Umumiy tavsifi

Lichinka xordalilar juda sodda tuzilgan va har xil tarzda hayot kechiradigan dengiz hayvonlaridir. Voyaga etganlarining juda ko‘pchiligida nerv nayi va xordasini bo‘lmasligi bilan boshqa xordalilardan farq qildai. Lichinkalik davrida ularda aniq ko‘rinib turadi. Gavdasi tashqaridan maxsus parda – tunika bilan qoplangan. Tunika himoya ahamiyatiga ega bo‘lib, o‘troq yoki yarim o‘troq hayotga ko‘chish natijasida hosil bo‘lgan. Tunika kelib chiqishi jihatidan, teri epiteliysi va ular orasidagi mezenximatoz xujayralar ajratgan mahsulotdir. U o‘zining ximiyaviy tarkibiga ko‘ra o‘simlik sellyulozasiga yaqin turadi va shu moddaning hayvonot olamida ham borligini ko‘rsatadigan yagona misol hisoblanadi.

Pardalilarning hammasi germofraditdir. Bular jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payadi. YAkka – yakka yoki koloniya bo‘lib o‘troq hayot kechiradi; ba’zilari erkin suzib yashaydi. Ovqatlanishi o‘ta passiv, ya’ni suvni filtratsiya qilib oziqlanadi. Qon aylanish tizimi tutash emas.

Bu kenja tip uchta sinfga: assidiyalar (Ascidiae), salplar (Salpae), appendikulyariyalar (Appencliculariae)ga bo‘linadi.

Assidiyalar sinfi – Ascidiae.

Bu sinfga yakka-yakka va koloniya bo‘lib o‘troq holda hayot kechiruvchi pardalilar kiradi.

Tashqi ko‘rinishi. Voyaga etgan assidiya tashqi ko‘rinishidan qo‘sh og‘iz shisha bankaga o‘xshagan bo‘lib, ostki tomoni bilan suv tagidagi bironta narsaga yopishib oladi va qo‘zg‘almasdan hayot kechiradi. Uning ustki tomonidagi teshikka og‘iz sifoni, yon tomonidagi teshikka kloaka sifoni deyiladi (1-rasm). Gavdasi tashqi tomondan parda tunika bilan qoplangan. Tunika murakkab tuzilgan bo‘lib u yupqa va qattiq kutikula bilan qoplangan, kutikulaning tagida kletchatkasimon modda tunitsindan tashkil topgan,. ipsimon to‘r joylashadi. Tunikani epiteliy xujayralari ajratadi va odatda anorganik tuzlar bilan shimilgan bo‘lib, tarang va zich himoya qiluvchi qobiqqa aylanadi. Bu qobiqqa ayrim xujayralar va hatto qon tomirlari kirib turadi. Ba’zi bir assidiyalarning tunikasi yupqa, silliq yarimtiniq, bezsimon bo‘lsa, boshqa birlari – qalin va bo‘rtmali bo‘ladi. Ayrim turlarida tunika ektodermaga mahkam yopishib tursa, boshqalarida tunika faqat og‘iz va kloaka sifonlari atroflarida qo‘shiladi.

Tunikaning ostida teri epiteliysidan tuzilgan teri-muskul xaltasi yoki mantiya joylashadi. Sifonlar atrofida bu teshiklarni ochib yopuvchi maxsus halqasimon muskul bog‘lamlari joylashadi. Mantiy qavatining muskulaturasini qisqarishi va bo‘shashi natijasida og‘iz sifonining ichki devoridagi kiprikchalar tebranadi va buning oqibatida halqumga suv yutiladi.

Nerv tizimi. Voyaga etgan Assidiyaning markaziy nerv tizimi, og‘iz sifoni bilan kloaka sifoni o‘rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Bu tugunchaning ichki bo‘shlig‘i, ya’ni nevrotseli bo‘lmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Voyaga etgan assidiyada, qamrag‘ichlarda boshqa sezuv organlari yo‘q.

Ovqat hazm qilish va nafas olish organlari. Og‘iz sifonining teshigi og‘izga ochiladi. Og‘izni bir necha qamrag‘ichlar o‘rab turadi. Og‘iz serbar xaltasimon halqumga ochiladi. Halqumning devorida bir qancha mayda-mayda jabra teshiklari – stigmalar joylashadi (1 – rasm). Stigmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga ochilmasdan, atrial (jabra oldi) bo‘shliqqa ochiladi. Halqumning pastki tomonidan kalta qizilo‘ngach boshlanib, u kengaygan oshqozonga o‘tadi. Oshqozondan keyin ichak boshlanadi va ichak anal teshigi orqali atrial bo‘shliqqa ochiladi. Bu o‘z navbatida kloaka sifoniga ochiladi. Halqumning ichki tomonida, uning orqa tomoni bo‘ylab tornov (ariqcha) bor, bu novning ikki cheti yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lib, ichi tebranuvchi kiprikchalar bilan qoplangan. SHu nov endostil deb ataladi. Endostil og‘iz teshigiga etmasdan turib halqum yon egatchasiga hamda halqumning elka tomonidan o‘tuvchi elka plastinkalariga bo‘linadi. Endostilga cho‘kkan ovqat luqmalari endostilning kiprikli hujayralari yordamida yuqoriga halqum yon egatchasiga haydaladi. U erdan elka plastinka orqali qizio‘ngachga ochiladi. Halqum nafas olish organi ham bo‘lib xizmat qiladi.

Qon aylanish tizimi. .Pardalilarning qon aylanish tizimi tutash emas. YUragi oshqozon oldiga o‘rnashgan. U muskulli xaltachadan iborat. YUrakning qarama-qarshi tomonlaridan ikkita qon tomiri chiqadi. Bulardan oldingisi jabra qon tomiri deb ataladi va stigmalarga mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingisi ichak qon tomiri deb ataladi va ichki organlarga boradi. Assidiya yuragining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u qonni dam u tomonga, dam bu tomonga qarab haydaydi. SHunday qilib, assidiyaning har qaysi qon tomiri dam arteriya vazifasini va dam vena vazifasini bajaradi.

Urchish organlari. Assidiyaning ikkita jinsiy bezi – erkaklik va urg‘ochilik bezlari oshqozonning ustiga joylashgan va bir-biriga taqalib turadi, pardalilarning hammasi germofroditdir. Jinsiy bezlari baravar etilmaganligi natijasida bitta assidiyaning o‘zi ham erkaklik, ham urg‘ochilik funksiyasini bajaradi. Jinsiy bezlarda pishib etishgan jinsiy xujayralar maxsus tuxum yo‘li yoki urug‘ yo‘li orqali atrial bo‘shliqqa ochiladi. Undan kloaka sifoni orqali tashqariga – suvga chiqariladi va suvda urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum - zigotaning rivojlanishi natijasida lichinka etishib chiqadi. Lichinka voyaga etgan assidiyadan o‘zining tuzilishi bilan keskin farq qiladi. Lichinkaning keyingi qismida uzun dumi bo‘ladi. Dumi bo‘ylab xorda joylashadi. Xordaning oldingi usti tomonida nevrotseli bo‘lgan nerv nayi joylashadi. Lichinkaning halqumida ko‘p sonli jabra teshiklari joylashadi. Lichinka suvda erkin suzib yuradi va bo‘yi 0.5 mm cha keladi (2 – rasm). Lichinka tezda suv osti jismlariga yopishib olib, regressiv metamorfoz davrini o‘z boshidan kechiradi. Dumi, unda joylashgan xordasi, nerv nayi yo‘qolib ketadi. Nerv nayining oldingi qismi nerv tugunchasiga aylanadi. Teri qoplag‘ichlari burmasidan atriopor hosil bo‘ladi. SHunday qilib, xordalilarga xos belgilarga ega bo‘lgan harakatchan lichinka asta-sekin o‘troq holda yashovchi, voyaga etgan assidiyaga aylanadi.

Jinssiz urchish vaqtida urg‘ochi assidiyaning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi kolbasimon bo‘rtma - stolonlar hosil bo‘ladi. SHu bo‘rtmalarda kurtaklar paydo bo‘ladi, barcha organlar shu kurtaklardan yuzaga keladi.

Assidiyalarda ajratish organi rivojlanmagan.

Assidiyalar sinfi uz ichiga 1000 ga yaqin turni oladi va uchta turkumga bo‘linadi: yakka assidiyalar, murakkab assidiyalar va olov tanlilar.

YAkka assidiyalar turkumi Monascidiae ning vakillari 2-3 mm dan 40-50 sm gacha balandlikda bo‘ladi. Bularni ichida harakatchan turlari ham uchraydi. Masalan, sharsimon assidiya – Waster ascidia suv tagi bo‘ylab harakat qiladi.

Kolonial assidiyalar – Synascidia ning kurtaklaridan rivojlangan assidiyalar ona assidiyalar bilan tutashgan bo‘ladi. Bu aloqalar turlicha bo‘ladi. Masalan, bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o‘rab olinadi va ularda bitta umumiy kloaka sifoni bo‘ladi. Urug‘lanish koloniyalar o‘rtasida sodir bo‘ladi. CHunki ona koloniya bilan qiz koloniya o‘rtasida urug‘lanish bo‘lmaydi.

Olov tanlilar turkumi – Pyrosomata ning vakillarida zigotadan assidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. Kurtaklanish yo‘li bilan undan to‘rtta olov tanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo‘ladi va bu umumiy tunika bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu hayvonlarning koloniyadagi har-bir a’zolarining halqumini oldingi qismida yorituvchi xujayralar guruhi bo‘ladi. Bu hujayralarda yorug‘lik yaratuvchi simbiotik bakteriyalar yashaydi. Koloniyaning uzunligi odatda 20-40 sm bo‘lib, undagi har-bir olovtanning o‘lchami 3-5 mm ni tashkil qiladi. Ba’zi turlarining koloniyasini uzunligi 3-4 m ga etadi.

Assidiyalar barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Odatda ular 50 m chuqurlikda, ba’zilari 2000-7000 m chuqurlikda ham tarqalgan. Ba’zi joylarda 1 m 2 joyda 8-10 ming donagacha yashaydi. 1 gektar joydan assidiyalardan 300 kg gacha kletchatka olish mumkin.

2 – Salplar sinfi – Salpae

Salplar erkin suzib yurib, pelagik hayot kechiruvchi dengiz hayvonlaridir. Ular gavdasining shakli bodringa yoki bochkaga o‘xshaydi (3 – rasm). Gavdasining oldingi uchiga og‘iz, orqa uchiga esa kloaka sifonlari o‘rnashgan. Butun gavdasi yupqa, tiniq parda bilan o‘ralgan, hayvonni halqa singari o‘rab olgan muskul lentalari shu tunikadan ko‘rinib turadi. Salplarning halqumi va jabra oldi bo‘shlig‘i gavdasini deyarlik to‘ldirib turadi. Bu bo‘shliqlarning o‘rtasida orqa o‘simta degan parda ajratib turadi. Bu pardada jabra teshiklari – stigmalar joylashadi. Hayvon ko‘rinib turgan muskul lentalarini oldindan orqaga qarab qisqartiradi va suvni kloaka sifonidan kuch bilan otib chiqaradi. O‘zi oldingi tomonga qarab harakat qiladi.

Salplarning yakka holda va koloniya bo‘lib hayot kechiradigan turlari mavjud. Bularda ko‘payish navbatlashib turadi. Jinsiz ko‘payishda yakka salp gavdasining orqa uchida maxsus o‘simta – stolon hosil bo‘ladi, bu stolondan jinsli qiz individlar ketma-ket kurtaklanib chiqib, zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Ular o‘z gavdasining tuzilishi jihatidan ona individga o‘xshaydi, lekin undan maydaligi bilan farq qiladi. Ularning har birida ham tuxumdon, ham urug‘don bor. Lekin tuxum va urug‘ hujayralari bir vaqtda pishib etilmaydi. Ona individdagi urug‘langan tuxumdan yosh individ paydo bo‘ladi, u o‘sib, stolon hosil qiladi va bu sikl yana takrorlanadi.

Salplar sinfi 25 turni o‘z ichiga olib, ikkita turkumga bo‘linadi. Haqiqiy salplar turkumi – Desmomyaries ning ba’zi turlarining bo‘yi 5-15 sm gacha etadi.

Bochkalilar (bochenochnik) turkumi - Cyclomyaries uchun polimorf koloniya hosil qilish juda xarakterli bo‘lib, koloniyasining uzunligi 30-40 sm gacha etadi.

Salplar issiq dengiz suvlarida pelagik hayot kechiradi va 200-300 m chuqurlikda yashaydi.
3. Appendikulyariyalar sinfi - Appendiculariae

Bu sinf o‘z ichiga 60 ga yaqin hayvon turlarini oladi. Appendikulyariyalar suvda erkin suzib yuruvchi mayda hayvonlar bo‘lib, gavdasining uzunligi 0.5-3 mm, ba’zi turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra appendikulyariyalar assidiyalarning lichinkasiga o‘xshab ketadi (4-rasm). Ularning xordasi umrbod saqlanib qoladi va atrial bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Halqumining ustida ipsimon nerv tortmasi bor. Nerv tortmasidan dumining oxirigacha boradigan nerv tolasi chiqadi. Butun dumi bo‘ylab naysimon xorda joylashadi. Appendikulyariyalarning haqiqiy pardasi bo‘lmaydi. Mantiyaning ektodermal hujayralari ayirgan moddadan maxsus «uycha» hosil bo‘ladi. Bu boshqa pardalilarning tunikasiga mos keladi. Appendikulyariya «uycha»ning ichida dumini tebratib, suvni «uycha»ning oldingi teshigiga qarab haydaydi, suv appendikulyariyaning orqa teshigidan chiqib ketar ekan hayvonni oldinga qarab itaradi. 4-20 soat ichida «uycha» ifloslanadi. Bunda hayvon dumi bilan urib, «uycha» devorini teshadi va «uycha»dan chiqadi. Mantiyaning ektodermal hujayralari yana shilimshiq parda ishlab chiqa boshlaydi. Natijada 1-1.5 soat ichida hayvon yangi «uycha» yasaydi.


Appendikulyariyalar neotenik guruh hayvonlar bo‘lib, lichinkalik davrida ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lib, evolyusiya jarayonida etuklik davrini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

Appendikulyariyalar deyarli hamma dengiz va okeanlarda tarqalgan.


Savollar.

    1. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi fani nimani o‘rgatadi?

    2. Umurtqali hayvonlar fanining vazifasi nima?

    3. Umurtqali hayvonlarni Ovrupada, Rossiyada, Urta Osiyoda va O‘zbekistonda urganilish tarixi qanday?

Download 21,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish