Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet14/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Tashqi tuzilishi.
Tana shakli; toq-suzgichlari-elka, dum; yalang’och shilimshiqsimon teri; og’iz oldi voronkasi; og’iz teshigi; tishlari; toq hidlash kapsulasi, murtak holatdagi ko’zlar; jabra xaltasining tashqi teshigi; anal va siydik-tanosil teshigi.
Ichki tuzilishi.

Ovqat hazm qilish sistemasi: til, halqum, spiral klapanli ichak; jigar.


Nafas olish organi: jabra xaltasi; nafas olish nayi; jabra xaltasining ichki teshigi.
Qon aylanish sistemasi: ikki bo’lmali yurak (bitta yurak oldi va bitta yurak qorinchasi), yurak oldi kapsulasi; venoz sinus. Preparat va rasmdan qon aylanish sxemasini kuzatish.
Ayiruv organlari: buyraklar, siydik-tanosil sinus va so’rg’ichlar.
Ko’payish organlari: urug’don, tuxumdon.
Markaziy nerv sistemasi: bosh miya (oldingi, oraliq, o’rta miya, miyacha, uzunchoq miya); orqa miya.
Skeleti:
biriktiruvchi to’qima pardasi bilan o’ralgan xorda; umurtqalar murtagi (ustki yoylar); bosh skeleti tog’ayi; sezgi organlari kapsulasi; og’iz oldi voronkasi tog’ayi; yurak oldi xaltasining tog’ayi; toq suzgich yoylari.
Chizish:
1) ichki organlarining umumiy joylashishi; 2) jabra apparati atrofi ko’ndalang kesimi; 3) qon aylanish sistemasining sxemasi (uyga topshiriq).
Tashqi tuzilishi
Minoganing cho’zinchoq gavdasi bosh, tana va dumga bo’linadi (10-rasm).


10-rasm. Minoganing tashqi tuzilishi:


1-so’ruvchi varonka; 2-ko’z; 3-burun teshigi; 4-bosh suyagining tepasi; 5-yon chiziq; 6-tashqi jabra teshigi; 7-elka suzgichi; 8-dum suzgichi; 9-anal teshigi; 10-siydik-tanosil so’rg’ichi.
Bu bo’limlar aniq chegarasiz bir-biriga qo’shilib ketgan. Juft suzgichi yo’q. Tananing yelka qismida ikkita terisimon toq suzgichlar mavjud bo’lib, keyingisi to’g’ridan-to’g’ri dum suzgichiga tutashgan. Minogada dum suzgichining yelka va qorin tomoni xordaga nisbatan mutanosib bo’lib, xorda ularning o’rtasidan o’tgan. Mana shunday dastlabki simmetriyali yoki prototserkal dum suzgich formasi minogalar uchun harakterli. Terisimon toq suzgichlari nozik tog’ayli yoylar yordamida tutib turiladi.
Uncha katta bo’lmagan boshning oldingi tomonida so’ruvchi og’iz voronkasining katta teshigi bor, bu teshik atrofi teri yaproqchalar bilan o’ralgan. Bu teshik ochiq turganda yumaloq shaklda, yopilganda uzunasiga ketgan yoriq shaklida bo’ladi. Og’iz oldi varonkasining yon va ustki devorlarida o’ziga xos shox tishlar, uning ichkarisida esa har qaysi uchida bittadan tishi bo’ladigan ustki shox plastinka va bir qancha mayda tishchalari bor pastki shox plastinka joylashgan, tilning uchida joylashgan til plastinkasida ham mayda tishchalar bo’ladi (11-rasm).


11-rasm. Minoganing og’iz oldi so’ruvchi voronkasi va jabra apparati:


1-teri yaproqchalari; 2-og’iz teshigi; 3-tili; 4-ichki labdagi tishlar; 5-shoxsimon plastinkalar tishchalari bilan; 6-tildagi tishlar; 7-nafas nayi; 8-tashqi jabra teshigi; 9-jabra xaltachalari; 10-jabralararo to’siqlar; 11-ichki jabra teshiklari.

To’garak og’izlilar yarim va to’liq parazitlikka o’tganligi tufayli, so’ruvchi voronkasi yordamida baliqlar terisiga yopishib, tishlari yordamida uning terisini teshib, teri to’qimalari va shiralar bilan oziqlanadi.


Boshning ikki yonida to’liq takomillashgan ko’zlari bo’ladi, lekin bu ko’z yarim tiniq parda bilan qoplangan, miksinalar to’liq parazitlikka o’tganligi tufayli ko’zlari to’liq rivojlanmagan. Boshning ustida, ikki ko’zning orasida bitta (toq) burun teshigi joylashgan, uning orqa qismida teri tagida miya burtmasi-epifiz ko’rinadi, u to’garak og’izlilarda yorug’likni sezish funktsiyasini bajaradi, ayniqsa bu organ minogada och tusli dog’ ko’rinishida yaxshi seziladi.
Boshda, ko’zning atrofida va yuqori qismida mayda seziladigan teshikli organ yon chiziqlar joylashgan, u suvda yashovchi umurtqalilar uchun xos bo’lib, teri sezuv organi hisoblanadi.
Minogada boshning yon tomonida, ko’zning orqa qismida yettitadan yumaloq jabra teshiklari mavjud, bu teshiklarning oxirgisi bosh bilan tanani ajratuvchi chegara hisoblanadi. Gavdaning ostida tana bilan dum qo’shilgan yerda orqa chiqaruv teshigi va siydik-tanosil teshigi ketma-ket joylashgan, shu bilan birga siydik-tanosil teshigi orqa chiqaruv teshigining orqasida turadi.
Minoganing terisi yalong’och bo’lib terining epidermis qismida bir hujayrali bezlar bo’lib shuning uchun terisi shilimshiq bilan qoplangan Agarda tirik minogani fiksatsiya qilinsa eritmada shilimshiq qoldiq hosil bo’ladi. Teriining epidermis qismidan preparat tayyorlansa bunda nozik biriktiruvchi to’qimali qavatni ko’rish mumkin. Gavda muskulaturasi sigmentlarga bo’lingan bo’lib hattoki teri orqali ham ko’rinadi.
Minoganing ko’ndalang kesimida qorin va yurak oldi bo’shlig’ida organlarning joylashishini kuzatish.
Yorish:
Yorish quyidagi tartibda olib boriladi. Bunda minogani maxsus vannaga preporaval ignalar yordamida qorin qismini pastga qilib joylashtiriladi.
O’tkir ustara yordamida minoga tanasini teng ikki bo’lakka ajratiladi bunda burun teshigidan to’g’ri chiziq orqali anal teshigigacha kesiladi to’lig’icha tanasi o’ng va chap qismiga ajralgandan keyin minoganing ikkita ko’ndalang kesigi hosil bo’ladi (11-rasm).

12-rasm. Urg’ochi daryo minogasining ko’ndalang kesimi.


1-shoxsimon tishlari; 2-og’iz teshigi; 3-halqa tog’ay; 4-og’iz bo’shlig’i; 5-burun teshigi; 6-hidlov kapsulasi; 7-bosh miyasi; 8-xorda; 9-qizilo’ngach; 10-nafas nayi; 11-qorin aortasi; 12-til muskuli; 13-elkan; 14-pastki bo’yinturuq vena; 15-yurak qorinchasi; 16-yurak bo’lmachasi; 17-jigar venasi; 18-keyingi kardinal vena; 19-oldingi kardinal vena; 20-ichak; 21-tuxumdon.
Kesish sifati preporator mahorati va e’tiboriga bog’liq.
Minoga tanasini o’rganishda tana qismlari va jabra apparati atrofidan qo’shimcha ko’ndalang kesik tayyorlanadi. Bu preporat tanani bo’laklarga bo’lish orqali tez bajariladi.
Minoga tanasining bosh qismidagi ko’ndalang kesimida so’ruvchi og’iz oldi varonkasi tuzilishi yaxshi ko’rinadi. Voronka chekkalari teri yaproqlari bilan o’ralgan bo’lib, uning asosida og’iz teshigi joylashgan. Voronkaning ichki devori shoxsimon «tishchalar» bilan qurollangan. Og’iz teshigi atrofidagi tishchalar shoxsimon plastinkada joylashgan.
Yorilgan tana bo’shlig’ining oldingi qismida yurak joylashgan bo’lib, keyingi tomoni xaltasimon yurak oldi tog’ay bilan tutashgan. Yurak ko’ndalang kesimi keyingi tomonida konussimon sariq qo’ng’ir jigar ko’rinadi. Haqiqiy og’iz teshigi voronka asosida joylashib halqumga ochiladi. Me’dasi rivojlanmagan va qizilungachi bevosita ichakka qo’shiladi. Ichakning oldingi qismidan hosil bo’lgan jigari bor. Ichak borib anal teshigi bilan tutashadi. Nafas olish organi-jabra xaltachalaridan iborat bo’lib, ular o’ziga xos bo’lgan ichki nafas yo’llari bilan tutashgan nafas olish nayining ikki yonida joylashgan.
Jabra xaltachalari muskulli to’siq orqali bir-biri bilan chegaralangan bo’lib, yonida skelet to’siqlarni hosil qiluvchi tog’aysimon yoylarni hosil qiladi. Jabra skeletining oldida kuchli rivojlangan muskulli tili mavjud.
Minoga tanasining yelka tomonida xordaning ustki qismidan orqa miya kanali o’tadi, unda orqa miya joylashgan. Bosh miya kichkina, miya qutisi bo’shlig’ini to’ldirib orqa miya bilan tutashib ketadi.



Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish