Muskulaturasi. Teri ostida joylashgan muskul qatlami muskulaturasining asosiy massasini tashkil qilib, tana muskulaturasi yoki s o m a t i k m u s k u l l a r deb ataladi. Tuban umurtqalilarda, xuddi bosh suyaksizlardagi kabi, muskulatura segmentlashgan bo‘ladi. Yuqori umurtqalilarda esa tana harakatining umumiy murakkablashuvi, harakat organlarining paydo bo‘lishi bilan segmentatsiya buziladi. Umurtqalilarda somatik muskulaturadan tashqari, jag‘ apparati, ichak va boshqa ichki organlar muskulaturasini ham qayd qilish lozim. Bu muskulatura segmentlashmagan bo‘lib, v i s s e r a l m u s k u l a t u r a deb ataladi.
Ichki skeleti. Umurtqalilarning skeleti topografik nuqtai nazardan, o‘q skelet, visseral skelet va nihoyat, harakat organlari va ularning kamarlari skeletiga bo‘linishi kerak.
O‘q skelet dastavval biriktiruvchi tuqima bilan o‘ralgan xorda shaklida bo‘ladi. Biriktiruvchi to‘qima faqat xordani emas, balki uning ustida joylashgan nerv nayini ham o‘rab turadi. YUqorida aytilganidek, xorda birlamchi ichakning orqa qismi o‘simtasidan hosil bo‘ladi, ya’ni u entodermadan kelib chiqqan. Xorda hech qachon segmentlashgan bo‘lmaydi. Tog‘ay va suyak skelet (mezodermadan kelib chiqqan) biriktiruvchi to‘qi- mali qobiq tufayli rivojlanadi. SHunday qilib, bu qobiq skeletogen, ya’ni skelet hosil qiluvchi hisoblanadi.
O‘q skeletda u m u r t q a p o g‘ o n a s i va m i ya q u t i s i n i ko‘rish mumkin. Umurtqalar rivojlanishida avval xorda ustida metamer joylashgan bir juft tog‘ay hosil bo‘ladi. Bular umurtqaning bo‘lajak ustki va ostki yoylaridir. Ustki yoylarning o‘sishi va uchlarining o‘zaro tutashishi natijasida o r q a m i ya k a n a l i hosil bo‘ladi. Bu kanalda nerv nayi joylashgan. Ostki yoylarning uchlari faqat dum qismida o‘zaro tutashadi (baliqlarda). G e m a l k a n a l ana shunday hosil bo‘ladi. Bu kanal orqali orqa aorta va dum venasi o‘tadi. Ostki va ustki yoylarning ichki uchlari tutashishi natijasida umurtqaning tanasi hosil bo‘lib, uning ichida ma’lum darajada xorda saqlanishi mumkin.
M i ya q u t i s i bosh miya boshlang‘ichi ostida ikki juft tog‘ay shaklida hosil buladi. Ularning orqa jufti — p a r a x o r d a l i l a r xordaning oldingi qismi yon tomonida, oldingi jufti — t r a b e k u l a l a r ulardan oldinda joylashgan. Paraxordalilar va trabekulalar o‘sishi va o‘zaro qo‘shilishi natijasida bosh miyani ostidan qoplovchi asosiy plastinka hosil bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda hosil bo‘layotgan sezgi (hidlash, eshitish) organlari atrofida tog‘ay kapsula hosil bo‘ladi. Ular miya qutisining asosiy plastinkasidan balandroq joylashib, bosh miyani yon tomonidan berkitadi. Keyin sezish kapsulalari rivoljlanib, o‘zaro birlashadi (to‘garak og‘izlilarda) yoki miyaning asosiy plastinkasi bilan qo‘shilib o‘sadi. Miya qutisining qopqog‘i orasidagi teshiklar — fontanelalar biriktiruvchi to‘qimadan iborat parda bilan qoplanadi. Miya qutisining to‘liq qopqog‘i skeletiing suyakka aylanishi, qoplag‘ich (teri), suyak (peshana, tepa) hosil bo‘lishi hisobiga hosil bo‘ladi.
SHunday qilib, miya qutisi bosh miya va sezgi organlarining paydo bo‘lishi bilan ularni himoya qiluvchi organ sifatida vujudga kelgan.
V i s s e r a l s k e l e t miya qutisiga bog‘liq bo‘lmagan holda filogenetik rivojlangan. Dastlab visseral skelet nafas olish apparatini saqlab turish vazifasini bajaruvchi jabra yoriqlari orasida joylashgan bir xil shakldagi juda kup yoylar sifatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik yoylarning soni kamayadi. Tog‘ayli baliqlarda oldingi bir juftining rudimenti lab tog‘aylari sifatida saqlanib qolgan. Uchinchi yoy j a g‘ a p p a r a t i g a, to‘rtinchi yoy t i l o s t i a p p a r a t i g a aylangan. Baliqlarda keyingi (4—7) yoylar j a b r a a p p a r a t i skeletiga aylangan. Erda yashovchi umurtqalilarda boshqacha o‘zgargan.
Birinchi (umumiy hisobda uchinchi) visseral yoy har tomondan
bir juft tog‘aydan tashkil topgan. Tog‘ayli baliqlarda ustki tog‘ay yuqorigi jag‘ vazifasini bajaradi. Bu t a n g l a y kvadrat tog‘ayi. Jag‘ yoyining ostki yarmi pastki jag‘ ham juft M e k k e l t o g‘ a y i d a n iborat. Suyak skeletli hayvonlarda birlamchi jag‘ning ustki yarmi yoki tanglay-kvadrat suyagi vazifasini o‘tovchi suyaklar funksiyasini yuqota- di va miya qutisi asosi tarkibiga kiradi.
Ikkinchi (umumiy hisobda to‘rtinchi) visseral yoy — gioid yoy tuban umurtqalilarda til osti, aniqrog‘i, jag‘ osti apparati skeleti hisoblanadi. Ko‘pchilik baliqlarda bu yoy jag‘ni miya qutisiga biriktirib turuvchi osma vazifasini bajaradi. U ikkita juft va bitta toq tog‘aydan (suyakdan) iborat. Ustki juft tog‘ay g i o m a n d i b u l ya r t o g‘ a y deb ataladi va xuddi ana shu tog‘ay osma vazifasini bajaradi. CHap va ung gioid- larni uzaro bprlashtiruvchi ostki juft togay — gioid va toq tog‘ay — ko p u l a til osti skeleti vazifasini bajaradi. Erda yashovchi umurtqalilarda gioid yoy yuqorida aytilgan vazifasini yuqotib, o‘rta quloq apparati va tomoq hosil bo‘lishida ishtirok etadi (bu haqda «Suvda ham quruqlikda yashovchilar» bo‘limida batafsil bayon etiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |