Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi


-rasm. Lantsetnikning halqum sohasining ko’ndalang kesimi



Download 9,55 Mb.
bet7/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

7-rasm. Lantsetnikning halqum sohasining ko’ndalang kesimi:
1-epidermis; 2-elka suzgich qanoti; 3-metaplevral burmalar; 4-gavda muskullari; 5-qorin muskullari; 6-xorda; 7-nerv nayi; 8-nevrotsel; 9-nerv nayining yorig’i; 10-biriktiruvchi to’qimali qobiq; 11-mioseptlar; 12-jabralar orasidagi to’siq; 13-endostil; 14-jabra usti egatchasi; 15-tselom kanalchalari; 16-atrial bo’shliq; 17-jigar o’simtasi; 18-jinsiy bezlar; 19-aorta ildizi.

Teri qoplag’ichi bir qavatli epidermis va yupqa kutis qavatdan iborat. Tananing orqa qismi kesigida orqa suzgichi yaxshi ko’rinadi. Tananing yonbosh qismida, halqum ostida metaplevral burmalar joylashgan.


Preparatning asosiy yuqori qismi tana muskullaridan iborat bo’lib, kesimi bir qancha miomerlardan iborat.
Bu esa har bir miomerning yuqori va pastki yarmidan qiya bo’lib joylashishni ta’minlaydi. Tananing qorin qismida juft qorin muskuli ko’rinadi, bu muskul lantsetnikning nafas olishida atrial bo’shliqni kengayib-torayishini ta’minlaydi.
Tahminan preparatning markazida ko’ndalang kesigi ovol shaklidagi xorda joylashgan. Xordaning ostida nevrotseli yaxshi seziladigan nerv nayi ko’rinadi. Tananing oldingi qismidan keyingi qismiga qarab embrion nayining qoldig’i (rudiment) bo’lgan yoriq cho’zilib ketgan. Xorda va nerv nayi biriktiruvchi to’qimali parda bilan o’ralgan bo’ladi.
Preparat ko’ndalang kesigining pastki qismida ya’ni hazm nayining halqum (jabra) qismi va uni o’rab turuvchi atrial bo’shliq joylashgan. Halqumning ko’ndalang kesigida ko’p sondagi qiya o’rnashgan jabra yoriqlari bor. Ko’ndalang kesikning halqum atrofida endostili joylashgan bo’lib, tuzilishi va funktsiyasi haqida yuqorida aytib o’tilgan. Halqumning yelka qismida jabra usti egatchasi joylashgan. Jabra usti egatchasining ikki tomonidan, ikkita qon tomir-aorta ildizining kesigi yaxshi ko’rinadi.
Selom bo’shliq preparatda ikkita kanal shaklida bo’lib, xorda va endostilning ostki tomonida joylashgan. Jigar o’simtasi ko’ndalang kesikda halqumning orqa uchiga yaqin joylashganga o’xshab ko’rinadi. Jinsiy voyaga yetgan individlarida metaplevral burmalarning ichki devorida, hamda selom qoldig’ida jinsiy bezlar joylashgan.
Lantsetnikning ichak atrofi ko’ndalang kesimi preparatida xordaning tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlar, nerv nayi, biriktiruvchi to’qimali qobiq, ichaklar, selom kabi organlarning joylashishi o’rganiladi(8-rasm).


Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish