Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet9/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

7 - Mashg‘ulot.Umurtqalilar kenja tipi - Vertebrata. Sistematik guruhlari, skeleti tuzilishi,qon aylanish ovqat hazm qilish tizimlari
Jihozlar
1. Har xil ekologik guruhlarga kiruvchi umurtqali hayvonlarning tulumi.
2. Sut emizuvchilarning tashqi va ichki tuzilishi (mulyaji).Har xil shoxlar.
3. Tablitsalar; Umurtqalilarning umumiy ko‘rinishi,a’zolarining solishtirma anatomiyasi; skeleti tuzilishi, qon aylanishi, ovqat hazm qilish tizimlari.

Ishning mazmuni:

Umurtqalilar xordalilarning yuqori kenja tipidir. Bosh suyaksizlar va qobiqlilarga nisbatan ular rivojlanishning yuqori bosqichida turadi. Bu ularning tuzilishida ham, fiziologik yunalishida ham yaqqol ko‘rinadi. Tuban xordalilar o‘troq (yopishib) yoki kam harakat (passiv) hayot kechirsa-da, umurtqalilar hayoti ancha murakkabdir. Umurtqalilar orasida o‘troq yashovchi hayvonlar yo‘q. Ular oziq qidirib va tutib, dushmandan qochib, urchish davrida boshqa jins individni axtarib aktiv harakat qiladi.


Umurtqalilarning aktiv harakati yaqqol ifodalangan moslanish xarakteriga ega. Bu holat ularga tashqi muhitning uzgarishiga qarab, hayot siklining turli bosqichlarida (masalan) rivojlanishida, voyaga etish, urchish, qishlash davrida yashash joyini tanlash imkonini beradi. Umurtqalilarning yuqorida bayon etilgan barcha umumbiologik belgilari ular morfologik tuzilishining xususiyatlari va fiziologiyasiga bog‘liqdir.
Umurtqalilarning nerv sistemasi tuban xordalilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Bu kenja tipga kiruvchi barcha hayvonlarda moslashish xatti-harakatini belgilovchi bosh miya rivojlangan. Umurtqalilarda organizm bilan muhit urtasidagi bog‘lanish darajasini ifodalovchi turli-tuman murakkab sezgi organlari mavjud.
Umurtqalilarda juda ham nozik va muhim organ bo‘lgan bosh miya va sezgi organlarining hosil bo‘lishi bilan uni himoya qiluvchi bosh suyagi paydo bo‘ladi. Aksariyat umurtqalilarda o‘q skelet sifatida xorda o‘rniga murakkab va mustahkam umurtqa pog‘onasi hosil bo‘ladi. U faqat tana tayanchigina emas, balki orqa miyani o‘rab turuvchi qobiq vazifasini ham o‘taydi.
Ichak naychasining oldingi qismida harakatchan suyaklar hosil bo‘lib, ulardan og‘iz, juda ko‘plarida oziq tutish, yuqori umurtqalilarda esa oziqni maydalash vazifasini bajaruvchi jag‘ apparati hosil bo‘ladi.
Umurtqalilarda moddalar almashinuvi xordalilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Shunga ko‘ra ham qonning tez harakatini ta’minlovchi yurak, tanadan parchalanish mahsulotlarini chiqaruvchi ayirish sistemasi - buyraklar singari xarakterli belgilarni qayd qilish lozim.
Yuqorida aytib o‘tilgan yuqori hayotchanlik belgilari umurtqalilar keng va xilma-xil hayot muhitiga tarqalishiga imkon bergan. SHuning uchun ular geografik muhitning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Teri qoplami funksional jihatdan juda muhim organlar sistemasidir. Teri tashqi muhit bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi tufayli uning ta’siriga bevosita duch kelinadi (shuning uchun ham embrional rivojlanish davrida ko‘pchilik sezgi organlari murtakning tashqi qoplag‘ichidan hosil bo‘ladi). Teri qoplami tanani mexanik, kimyoviy va temperatura ta’siridan, unga mikroblar kirishidan himoya qiladi. U gazlar almashinuvida va parchalanish mahsulotlarining tashqariga chiqarilishida ishtirok etadi. Nihoyat, teri mahsulotlari harakat organlari (tuyoq) shakllanishida, narsani ushlash (tirnoq), himoya va hujum organlari (shox va ninalar) hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Umurtqalilar terisi ikki qavatli. Tashqi qavati – e p i d e r m i s
ektodermadan kelib chiqqan. U har doim ko‘p qavatli bo‘ladi. Ostki qavati bir umr hayotchan bo‘lib, yangi-yangi hujayralar ajratib turadi. Epidermisning ustki qavati past (yassi) hujayralardan iborat bo‘lib, quruqda yashovchi umurtqalilarda u shox qavatga aylanib, doimo qipiqlanib to‘kilib turadi. Epidermis shox, tangacha, par, tirnoq, tuyoq, ichi kovak shox hosil qilib turadi. Unda har xil teri bezlari ham hosil bo‘ladi.
Terining ichki tolali qavati — korium, ya’ni kutis yoki haqiqiy teri somitning teri bargchasidan mezoderma qismidan hosil bo‘ladi. Terining asosiy qismini tashkil qiluvchi korium qatlami qalin, ancha pishiq bo‘ladi. Terining bu qismidagi baliq tangachalari (o‘q skeletidan farq qiluvchi), qoplag‘ich suyaklar shaklidagi har xil suyak elementlari teri skeletini hosil qiladi. Bug‘ularning suyak shoxi ham xuddi shunday haqiqiy teridan hosil bo‘ladi.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish