Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
1. Lantsetnikning tuzilishi va biologiyasini o’rganish. 2.Boshxordalilar hayot tarzi va amaliy ahamiyatini o’rganish. 3. Lantsetnikning kelib chiqishini o’rganish.
6- Mashg’ulot. Boshxordalilar sinfi -.Cephalochordata. Lantsetnik misolida tashqi va ichki tuzilishi. Teri qoplag’ichlari,
o’q skeleti, qon aylanishi.
Turning sistematik xolati
Tip. Xordalilar-Chordata
Kenja tip. Boshskeletsizlar-Acrania
Sinf. Xordaboshlilar-Cephalochordata
Turkum. Lantsetniksimonlar-Amphioxiformes
Tur. Lantsetnik-Branchiostoma lanceolatum
Jihozlar
Eritmada fiksatsiyalangan voyaga yetgan lantsetnikni o’rganish.
Tayyor preparatlar to’plami:
lantsetnikning umumiy ko’rinishdagi preparati;
halqum oldi ko’ndalang kesimi;
ichak oldi ko’ndalang kesimi.
Tablitsalar:
Lantsetnikning tashqi ko’rinish; ichki organlarining umumiy joylashishi; halqum oldi ko’ndalang kesimi; ichak oldi ko’ndalang kesimi; qon aylanish sistemasi.
Mikroskoplar;
Kattalashtiruvchi shtativli lupalar.
Ishning maqsadi:
O’lchami va tana shakli; suzgichlari-elka, dumosti va dum; metaplevral bo’rmalar; qamrag’ichlar bilan qoplangan og’iz oldi teshigi; anal teshigi.
Lantsetnikning umumiy holatidagi: xorda; biriktiruvchi to’qimali parda; nerv nayi; miomerlar; mioseptlar; qamragichli yelkan; jabra yoriqli halqum; ichak; jigar o’simtasi; jinsiy bezlar.
Halqum atrofi ko’ndalang kesimi preparati: qoplamlar; miomerlar; metaplevral buramalar; xorda; nevrotselli nerv nayi; halqum, jabra yoriqlari; endostil; jabra usti egatchasi; selom xaltasi; jinsiy bezlar; jigar o’simtasi; aorta ildizi.
Ichak atrofi ko’ndalang kesimi preparati: ushbu preparatda ichki organlarning joylashish holati ko’rsatilgan.
Qon aylanish sistemasi: qorin aortasi; jabra arteriyasi; orqa aorta; oldingi va orqa kardinal venalar. Preparat va rasmdan qon aylanish sistemasini o’rganish.
Tashqi tuzilishi.
Lantsetnikning tashqi tuzilishini lupa yordamida voyaga yetgan, fiksatsiyalangan preparatdan o’rganiladi.
Yarim tiniq hayvonning tana uzunligi 5-8 sm. Cho’zinchoq gavdasining ikki yoni qisilgan, ikki uchi o’tkirlashgan (5-rasm). Lantsetnikning orqa tomonida bor bo’yiga chizilgan orqa suzgich qanoti bor. Dumi keng dum suzgich qanoti bilan o’ralgan bo’lib, shakli lantsetga o’xshaydi. Qorin tomonining keyingi qismida kalta va ensiz qorin suzgich qanoti o’rnashgan. Gavdaning oldingi uchida pastga qarab turadigan va qamragichlar bilan o’ralgan katta og’iz oldi teshigi bo’ladi. Bu teshikning orqasida, gavda pastki bo’lagining ikki yon tomonida bir-biriga parallel o’rnashgan ikkita metaplevral burmalari bor. Shu burmalar qo’shilgan joyda jabra oldi bo’shlig’i yoki atrial bo’shliqning chiqish teshigi-atriop joylashgan.
Lantsetnikning tashqi ko’rinishidan muskullar sigmentatsiyasi ya’ni miomerlar yaxshi ko’rinadi. Miomerlarning har qaysisi biriktiruvchi to’qima pardalari mioseptalar bilan bir-biridan ajralgan. O’ng va chap tomondagi miomerlar bir-biriga qarama-qarshi o’rnashgan bo’lmay, bir tomondagi bir miomer qarama-qarshi tomonidagi ikkita miomer orasiga, ya’ni miomerning yarimta bo’lagiga to’g’ri keladigan bo’lib o’rnashgan. Muskul sigmentlarining bunday joylashishi natijasida, lantsetnik gavdasini ikki yon tomoniga bemalol ega oladi.
Ichki tuzilishi
Lantsetnikning bo’yalgan holatidagi umumiy ko’rinishidan tuzilish, hamda o’zaro hamkorlikda joylashgan asosiy organlarini ko’rish (5-rasm).
5-rasm. Lantsetnikning tashqi va ichki tuzilishi:
1-sezuvchi paypaslagichlar; 2-elkan; 3-tebranuvchi paypaslagich; 4-xorda; 5-nerv nayi; 6-halqumdagi jabra yoriqlari; 7-jigar o’simtasi; 8-ichak; 9-atriopor; 10-qorin suzgichi; 11-metaplevral burmalar; 12-jinsiy bezlar; 13-muskulaturasi; 14-miomer; 15-miosepta; 16-dum suzgichi; 17-Gesse ko’zchasi; 18-anal teshigi.
Lantsetnik gavdasining oxirgi uchidan toki boshining uchigacha xorda joylashgan. Shuning uchun ham bu sinf Cephalochardata-«xordaboshlilar» deb ataladi.
Lantsetnik preparatning ko’ndalang kesimida xorda bilan nerv nayi ikkalasi birgalikda biriktiruvchi to’qimali parda bilan o’ralganligi tashqi tomondan aniq seziladi. Xordaning oldingi uchiga nerv nayi yetib bormaydi, ya’ni xordadan biroz kaltaroq bo’ladi, bu ham bosh skeletsizlarning harakterli xususiyati hisoblanadi.
Xordaning yuqori qismida nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashgan. Uning ichki bo’shlig’i nevrotsel deb ataladi. Lantsetnik preparatini mikroskopning kichik o’lchamiga qo’yib ko’rilganda juda ko’p sondagi qora dog’larni ya’ni Gesse ko’zchalarini ko’rish mumkin, ular nerv nayining ichki yuzasiga yaqin bo’lgan devorida joylashgan (6-rasm)
6-rasm. Lantsetnikning bosh bo’limi (qismi):
1-xorda; 2-nerv nayi; 3-hidlov chuqurchasi; 4-elkan; 5-qamragichlar; 6-sezuvchi paypaslagichlar; 7-Gesse ko’zchalari.
Har qaysi Gesse ko’zchasi yorug’lik sezuvchi xujayralardan iborat bo’lib, bir uchi kosasimon pigmentli hujayraga botib turadi.
Lantsetnik nerv nayining oldingi qismi umurtqali hayvonlar bosh miyasiga to’g’ri keladigan bo’laklarga ajralgan bo’lsa ham, uning oldingi tomonidagi nevrotseli kengayib, bosh miya qorinchasi deb ataladigan katta bo’shliqni hosil qiladi. Yosh lantsetnikning miya qorinchasi ustki tomonidan maxsus teshik-nevropor orqali gavdaning tepasiga o’rnashgan hidlov chuqurchasi deb ataluvchi chuqurchaga qo’shiladi. Voyaga yetgan lantsetnikda hidlov chuqurchasi miya bilan bog’lanmaydi.
Lantsetnikning pereferik nerv sistemasi nerv nayidan chiqadigan nervtolalardan iborat bo’lib, preparatda ko’rib bo’lmaydi.
Xordaning yuqori qismida hazm qilish nayi joylashgan bo’lib, uning atrofini qamrag’ichlar o’rab olgan og’iz teshigidan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’i halqasimon burma ya’ni yelkan orqali halqumdan ajralgan bo’lib uning ichki tomonida paypaslagich joylashgan. Halqum devorida juda ko’p sondagi (100 gacha) jabra yoriqlari joylashgan. Halqum to’g’ridan-to’g’ri murakkablashmagan ichak nayiga ochiladi va nihoyat tananing keyingi qismida anal teshigi bilan tugaydi. Ichak nayining oldingi halqum qismida jigar o’simtasi joylashgan bo’lib, asosiy qismi halqumning chap tomonida joylashgan. Shuning uchun preparatda jigar o’simtasi sariq rangdagi jabra bo’lagiga o’xshab seziladi.
Voyaga yetgan lantsetnikda jinsiy bezlar sezilarli (odatda 26-juft) bo’lib, tananing qorin qismi devorida yumaloq shakldagi dog’larga o’xshaydi.
Lantsetnikning halqum atrofi ko’ndalang kesimi preparatini mikroskopning mayda ob’ektivida ko’rilganda organlarning tutash holatda joylashganligi aniqlanadi (7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |