Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet54/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Sut emizuvchilar sinfi-Mammalia

Kenja sinf

Turkum

Kenja turkum katta oila

Oila

Vakillari

Dastlabki hayvonlar yoki tuxum qo’yuvchilar

Bir teshiklilar yoki tuxum qo’yuvchilar




O’rdak-burunlar

O’rdakburun

Yexidnalar

Yexidna, proexidna

Haqiqiy hayvonlar:
A. Tuban sut emizuvchilar

B. Yuqori sut emizuvchilar



Xaltalilar

Ko’p kurak tishlilar

Amerika opossumlari

Shimoliy Amerika opossumlari

Yirtqich xaltalilar

Xaltali sichqon, xaltali qo’shoyoq, xaltali bo’ri, yo’lbarssimon mushuk

Ikki kurak tishlilar

Possumlar

Possum

Koala yoki xaltali ayiq

Koala

Kenguru

Kenguru

Bombatlar

Bombat

Hashorotxo’rlar




Tipratikanlar

Oddiy tipratikan




Vixuxollar

Vixuxol




Krotlar

Yevropa va Oltoy krotlari, mogera




Yerqazarlar

Oddiy yerqazar, kichik oqtish, kutora (suv yerqazari).




Jun qanotlilar







Junqanot

Qo’lqanotlilar yoki ko’rshapalaklar

Silliq burunli ko’rshapalaklar

Taqaburunlilar

Taqaburun

Kojanlar

Shomshapalak, katta shomshapalak, shalpangquloq ko’rshapalak, kojan

To’liqsiz tishlilar




Zirhlilar

Zirhlilar

Yalqovlar

Yalqovlar

Chumolixo’rlar

Katta chumolixo’r

Yaherlar







Yaherlar

Quyonsimonlar




Quyonlar

Oq quyon, qum tovushqoni, yovvoyi quyon

Dumsiz sichqonlar

Dumsiz qizil sichqon

Kemiruvchilar




Jayralar

Jayra

Suvcho’chqalar

Kapiborlar

Shinshillalar

Shinshilla

Nutriyalar

Nutriya

Bobrlar

Daryo bobri

Olmaxonlar

Olmaxon, yumronqoziq, sug’ur, burunduq

Sonyalar

Sonya

Qo’shoyoqlar

Qo’shoyoq

Sichqonlar

Dala, uy, o’rmon sichqonlari, kulrang kalamush, kulrang dala sichqoni

Olaxurjunlilar

Ondatra, kulrang olaxurjun, oddiy ko’rsichqon

Kitsimonlar turkumi

Tishsiz (muylovli) kitlar

Silliq kitlar

Gerlandiya kiti

Yo’lli kitlar

Ko’k kit, finval

Tishli kitlar

Kashalotlar

Kashalot

Delfinlar

Afalina, oddiy delfin, oq delfin

Yirtqichlar




Itlar

It, bo’ri, tulki, yenotsimon it

Ayiqlar

Qo’ng’ir, oq va qora ayiq

Yenotlar

Amerika yenoti

Susarlar

Tog’ susari, latcha, sassiq kuzan, norka, olaquzan, asalxo’r, bo’rsuq, qunduz

Sirtlonlar

Yo’l-yo’l sirtlon

Mushuklar

O’rmon va dasht mushugi, sher, yo’lbars, qoplon, ilvirs, silovsin

Kurak oyoqlilar




Quloqli tyulenlar

Dengiz mushuklari

Morjlar

Morj

Haqiqy tyulenlar

Oddiy tyulen, dengiz fili, Grelandiya tyuleni

Hartumlilar







Afrika va Hindiston fillari

Toq tuyoqlilar




Tapirlar

Yopinchiq tapir, tekislik tapiri

Nosoroglar

Hindiston va qora nosorog

Otlar

Qulon, zebra, ot, Prejevalskiy oti




Juft tuyoqlilar

Kavsh qaytarmaydiganlar

Cho’chqalar

Cho’chqa, to’ng’iz

Begumotlar

Begumot

Qadoq oyoqlilar

Tuyalar

Yovvoyi tuya, bir urkachli tuya, ikki urkachli tuya

Lamalar

Guanaka, vikunya, lama, alpaka

Kavsh qaytaruvchilar

Kabargalar

Kabarga

Bug’ular

Xoldor bug’u, shimol bug’usi, los, elik, maral, kabarga

Jirafalar

Jirafa, okapi

Quvush shoxlilar

Sayg’oq, echkilar, yovvoyi qo’y, zubr, jayron, antilopa

Yarim (chala) maymunlar




Tupaylar

Tupay




Lemurlar

Lemur, qo’l-oyoq, indri, vari

Maymunlar yoki primatlar

Keng burunli maymunlar

Gajak dumlilar

Baqiroq va o’rgimchak maymunlar




O’ynoqi maymunlar

Uynoqi maymun




Tor burunli maymunlar

Martishkasimonlar

Makaki, pavianlar, madrillar, martishkalar







Gibbonlar

Gibbon










Odamsimon maymunlar

Orangutang, shimpanze, gorilla

Quyonning skelet tuzilishi
Sut emizuvchilarning skeletida boshqa to’rt oyoqli umurtqalilarga xos xususiyatlar saqlanib qolgan. Bunda skeleti kalla suyagi, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, harakat organlari va ularning kamarlariga bo’lib o’rganiladi. Umurtqa pog’onasi qismlari yaxshi ajralib turadi: bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum qismlari. Umurtqaning oldingi ikkitasi atlant va epistrofey boshqalaridan ajralib turadi. Bo’yin umurtqalari deyarli barchasida yettita. Umurtqaning oldingi va keyingi yuzalari yassi bo’ladi, bunday umurtqalar platitsel tipdagi umurtqalar deb ataladi.
Kalla suyagida quyidagi xususiyatlarni ko’rish mumkin: miya qutisi kattalashgan, bir qancha suyaklarning hajmi ortgan, miya qutisi suyaklari choklar yordamida birikkan, kalla suyagiga muskullar birikishi uchun g’adir-budir yuza mavjud.
O’rta quloq bo’shlig’ida uchta suyakcha bo’lib: bolg’acha, sandoncha, uzangidan iborat. Hidlov organlarining yaxshi rivojlanganligi uchun panjarasimon suyak hosil bo’lgan. Ensa burtmasi ikkita. Pastki jag’ miya qutisiga tojsimon o’simta yordamida birikkan. Jag’larda tishlar joylashgan.
Miya qutisi
Ensa bo’limi; ensa suyagi, ensa teshigi, ensa burtmasi.
Yon bo’limi; tangachasimon suyakning yonoq o’simtasi, yonoq suyagi, yuqori jag’, jag’aro, ko’z yoshi suyagi, ko’z ponasimon suyak, qanot ponasimon suyaklar.
Miya qutisining qopqog’i; tepa suyagi, tepaaro suyak, peshona va burun suyaklari.
Miya qutisining tubi; asosiy va oldingi ponasimon suyaklar, tosh suyak, tanglay o’simtasi, panjarasimon labirintlar, dimog’, nog’ora suyak.
Miya qutisining vistseral qismi; pastki jag’; tish suyagi, birikuv boshchasi, burchak o’simtasi.
Umurtqa pog’onasi
Umurtqa bo’limlari; bo’yin (soni, atlant va epistrofeyning tuzilishi), ko’krak, bel, dumg’aza va dum.
Gavdaning platitsel umurtqalari va uning tuzilishi.
Ko’krak qafasi
Haqiqiy va soxta qovurg’alar (tush va uning nayzasimon o’simtasi).
Harakat organlari kamarlari;
Yelka kamari; kurak, umrov (karkoid yo’q).
Chanoq kamari: Nomsiz suyaklar(yonbosh, quymich va qov qo’shilishidan hosil bo’lgan).
Juft harakat organlari
Oldingi oyoqlar: yelka, bilak (tirsak va bilak) suyagi, kaft bo’limi (kaft usti, kaft, barmoq falangalari) suyaklaridan iborat.
Orqa oyoqlar: son, boldir (katta va kichik), tovon bo’limi (tovon oldi, tovon va barmoq falangalari)dan iborat.


Bosh suyagi
Sut emizuvchilarning bosh suyagi, qushlarnikidan farq qiladi.

99-rasm. Mushukning bosh skeleti, yon tomondan (A), pastki tomondan (B) va uning pastki jag’ining ko’rinishi:
1-ensa suyagi; 2-ensa bo’rtmasi; 3-ensa teshigi; 4-tepa suyagi; 5-teparo suyak; 6-peshona suyagi; 7-burun suyagi; 8-tangachasimon suyak; 9-tangachasimon suyakning yopiq o’simtasi; 10-yonoq suyagi; 11-eshitish pardasi; 12-eshitish teshigi; 13-qanot ponasimon suyagi; 14-ko’z ponasimon suyak; 15-asosiy ponsimon suyak; 16-oldingi ponasimon suyak; 17-ko’z yoshi suyagi; 18-yuqori jag’ suyagi; 19-jag’aro suyak; 20-tang’lay suyagi; 21-qanotsimon suyak; 22-tish-suyagi; 23-tish suyagining toj o’simtasi; 24-tish suyagining qo’shiluv o’simtasi; 25-burchak o’simtasi; 26-tojsimon suyak.
Bosh suyaklari og’ir va mustahkam, bir-biri bilan choklar orqali birikkan. Miya qutisining o’lchami kattalashgan. Ko’z kosasi nisbatan kichik. Bosh suyaklari birikib ketganligi tufayli soni kamaygan.
Burun bo’shlig’ida panjarasimon suyak hosil bo’lgan. Burun o’rtasida to’siqlar mavjud. Bu suyaklarni hosil bo’lishi sut emizuvchilarda hid bilish kuchli rivojlanganligini va hidlov nervlarining tarmoqlanganligi bilan harakterlanadi.
Eshitish suyaklari birikib juft tosh suyakni hosil qiladi. Bosh suyagining orqa tomonida yirik nog’ora suyagi mavjud bo’lib, u faqat sut emizuvchilar uchun xos hisoblanadi. Tanglay suyagi hamda jag’aro va yuqori jag’ suyaklarining tanglay o’simtasidan hosil bo’lgan ikkilamchi qattiq tanglay sut emizuvchilarda yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchilarning pastki va yuqori jag’larida tishlar joylashgan. Pastki jag’ faqat birikuv boshchasi bilan birikkan. O’rta quloq sohasida uchta eshitish suyakchalari; bolg’acha (dastlab sut emizuvchilarda hosil bo’lgan), sandoncha va uzangi suyagi (dastlab suvda va quruqlikda yashovchilarda hosil bo’lgan.


Miya qutisi
Miya qutisining ensa bo’limi, bitta ensa suyakdan iborat bo’lib, to’rtta ensa suyaklarining qo’shilishidan (yuqori ensa, ikkita yon ensa va asosiy ensa) hosil bo’lgan ensa suyagi, ensa teshigini o’rab turadi. Uning yon tomonida ikkita ensa bo’rtmasi mavjud.
Miya qutisining yon tomonlari juft tangacha suyaklardan hosil bo’lgan. Bu suyaklardan tashqari oldinga qarab turadigan yonoq o’simtalari chiqadi. Bu o’simtalar ostida pastki jag’ bilan birikadigan yuza bo’ladi. Yonoq o’simtasi uzun yonoq suyagining keyingi qismiga birikadi, oldingi tomondan esa ustki jag’ suyagining yonoq o’simtasiga qo’shiladi. Natijada sut emizuvchilarda yonoq yoyiga o’xshash yoy hosil bo’ladi.
Ko’zlararo yupqa to’siqning ko’p qismini noto’g’ri shaklli plastinka ko’rinishidagi qanot ponasimon, ko’z ponasimon va ko’z yoshi suyaklaridan iborat. Ko’zlararo to’siqlardan ko’z ponasimon va ko’z yoshi suyaklari hosil bo’ladi.
Ko’z kosasini qanot ponasimon, ko’z ponasimon va ko’z yosh suyaklari hosil qiladi. Ko’z ponasimon suyak ko’zaro to’siqni hosil qiladi. Ko’z kosasining orqa burchagida qanot ponasimon, oldingi tomonida-ko’z yoshi suyaklari joylashgan.
Miya qutisining oldingi bo’limida tishlar joylashgan yuqori jag’ va jag’aro suyaklar (ikkilamchi yuqori jag’) joylashgan.
Miya qutisining qopqog’ini juft tepa suyagi hosil qilib, ba’zi sut emizuvchilarda yagona suyakka aylangan tepa va ensa suyaklari orasida tepaaro suyak joylashgan. Ba’zi holatlarda u alohida suyak sifatida, ba’zan atrofidagi suyaklarga birikib ketgan. Tepa suyagining oldingi qismida peshona va burun suyaklari joylashgan.
Miya qutisining tubini bir qancha suyaklar tashkil etadi. Orqa qismini ensa suyagi hosil qiladi. Uning oldingi qismida asosiy ponasimon suyak joylashgan. Miya qutisi tubining orqa qismida juft nog’ora suyak sezilib turadi, ba’zan bu suyaklar eshitish nog’orasi deb ataladi. Ular tashqi eshituv yo’liga ochiladi.
Miya qutisi tubining oldingi qismini tanglay o’simtasi va tanglay suyagidan hosil bo’lgan ikkilamchi tanglayning orqa tomonida, miya qutisining o’rta qismida uncha katta bo’lmagan qanotsimon suyak joylashgan.
Vistseral skelet
Bosh skeletining vistseral qismi hamma jag’ og’izlilardagi kabi, yuqori jag’, jag’ oldi va ustki jag’ suyaklaridan tashkil topgan. Bu suyaklarning tanglay o’simtalari tanglay suyagi bilan birgalikda hamma sut emizuvchilarga xos bo’lgan qattiq suyak tanglay hosil qiladi va bu suyak ko’prik bo’lib, burun yo’li va og’iz bo’shliqlarini ajratib turadi. Ponasimon suyakning old tomonida hidlov yoki panjara suyagi joylashadi. Tanglay suyaklarining orqa qismiga uzunchoq qanotsimon suyaklar birikadi. Sut emizuvchilarning pastki jag’i faqat juft tish suyaklaridan tashkil topgan. Bu suyaklar old tomonda o’zaro qo’shilib simfizis hosil qiladi, orqa tomonida esa, yuqoriga qaratilgan katta tojsimon o’simta bo’lib, bularning uchida qo’shiluv boshchasi bo’ladi. Shu tufayli vistseral skelet miya qutisiga harakatchan qo’shiladi. Vistseral skelet tarkibidagi kvadrat va qo’shiluv suyaklari sut emizuvchilarda o’rta quloq bo’shlig’iga ko’chadi, sandoncha va bolg’acha suyaklariga aylanadi.
Sut emizuvchilarning harakterli xususiyatlaridan biri, tish tuzilishining murakkab differentsiyalashganidir. Tishlar kurak, keskich, soxta oziq va chin oziq tishlarga bo’linadi. Sut emizuvchilarning tishlari suyak chuqurchalari-alveolalarda joylashgan.
Umurtqa pog’onasi
Sut emizuvchilarning umurtqa pog’onasi besh bo’limga bo’linadi; bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dumga.

100-rasm. Quyon skeleti:
1-bo’yin umurtqalari; 2-ko’krak umurtqalari; 3-bel umurtqalari; 4-dumg’aza; 5-dum umurtqalari; 6-qovurg’alar; 7-tush dastasi; 8-kurak; 9-kurak o’simtasi; 10-kurakning karakoid o’simtasi; 11-nomsiz suyakning yonbosh bo’limi; 12-nomsiz suyakning quymich bo’lagi; 13-nomsiz syakning qov qismi; 15-elka suyagi; 16-tirsak suyagi; 17-bilak suyagi; 18-bilaguzuk suyaklari; 19-kaft suyaklari; 20-son suyagi; 21-tizza qopqog’i; 22-katta boldir suyagi; 23-kichik boldir suyagi; 24-tovon bo’rtmasi; 25-tovon oldi bo’limi; 26-tovon suyaklari; 27-tirsak o’simtasi.
Umurtqa tanasining oldingi va keyingi yuzalari yassi bo’ladi, umurtqalarning tanasining orasida umurtqalararo tog’aylar-menisklar mavjud.
Deyarli hamma sut emizuvchilarning bo’yin bo’limida umurtqalar soni yettita bo’ladi. Bo’yin uzunligi umurtqalar soniga emas, balki ularning kattaligiga bog’liq. Jirafa, kit va krotlarda bo’yin umurtqalari soni bir xil, faqat lamantinlarda (sirenlar turkumi) va yalqovlarda (to’liqsiz tishlilar) bo’yin umurtqalari soni (6-9) bo’ladi. Birinchi bo’yin umurtqasi-atlant halqa shaklida bo’lib, ikkita qo’shilish yuzasi bilan bosh skeletining juft ensa burtmasiga birikib turadi. Shu sababli bosh skelet atlasga nisbatan faqat vertikal tekislik bo’ylab harakat qiladi. Atlasga orqa va past tomondan ikkinchi bo’yin umurtqasi-epistrofeyning tishsimon o’simtasi kirib turadi. Tishsimon o’simta aslida atlantning tanasi bo’ylab, ontogenez vaqtida epistrofeyga butunlay qo’shilib ketadi. Epistrofeyning ko’ndalang o’simtalari orqaga qaratilgan va atlantdagi singari ularni teshigi bor va bu teshikdan umurtqa arteriyalari o’tadi. Ustki yoylarning ustida kalta ostist o’simtalari bor. Qolgan bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalariga bo’yin qovurg’alarining rudimenti qo’shilib ketadi. Natijada nay hosil bo’ladi va bundan qon tomirlari o’tadi. Ustki yoylarda qo’shni umurtqalarning o’zaro harakatchan birikishni ta’minlovchi qo’shilish yuzalari bo’ladi.

101-rasm. Sut emizuvchilarning dastlabki ikkita bo’yin umurtqalari:
A-atlant; B-epistrofey (yuqori va yon tomondan) ko’rinishi; 1-ko’ndalang o’simta; 2-tishsimon o’simta; 3-yuqori ostist o’simta.

Qolgan umurtqalar o’ziga xos tuzilgan. Har bir umurtqaning tana qismi, ustki yoylari va uning o’simtasi, hamda ko’ndalang o’simtalari mavjud bo’ladi. Shuningdek umurtqalarda birikish yuzasi bo’lib, harakatchan birikkan.



102-rasm. Mushuk ko’krak umurtqasining tuzilishi:
yon tomonidan (A) va old tomonidan (B) ko’rinishi.
1-umurtqa tanasi; 2-yuqorigi yoy; 3-yuqorigi ostist o’simta; 4-ko’ndalang o’simta.
Umurtqalarning ko’krak bo’limida 9 tadan 24 gacha umurtqa bo’ladi, odatda 12-13 ta bo’ladi. Ko’krak umurtqalarining tanasidan ustki yoylar chiqadi va bular qo’shilib orqa miya nayini hosil qiladi. Ustki yoylar ustida uchi orqaga qayrilgan baland ostist o’simta bor. Ko’krak umurtqalarining hammasida qovurg’alar bor. Qovurg’alar ustki suyak va pastki tog’ay bo’limlaridan iborat. Barcha qovurg’alar o’zining boshchasi bilan ikkita qo’shni umurtqa tanasiga shuningdek bo’rtma yordamida ko’ndalang o’simtalarga birikadi. Buning natijasida har-bir qovurg’a umurtqaga ikki tomonlama birikadi.
Umurtqalarning bel bo’limi yaxlit bo’lib, qovurg’alari yo’q. Ostist o’simtalari mayda bo’lib, oldinga yo’nalgan. Soni har-xil. 2 tadan-9 tagacha.
Dumg’aza umurtqalari birikib ketgan. Ularning soni 2 tadan-4 tagacha, ba’zida 10 gacha yetish mumkin (to’liqsiz tishlilarda).
Dum umurtqalari kalta o’simta shaklida. Soni 3 tadan 46 gacha. Eng uzun dum uzundumli yasherlarda kuzatiladi. Ba’zi bir odamsimon maymunlarda dum umurtqalari, odamnikiga nisbatan kamroq. Masalan, orangutanda 3 ta, odamda 3-6 (odatda 4) bo’ladi.


Ko’krak qafasi
Sut emizuvchilarning ko’krak qafasi tush va qovurg’alardan iborat. Tush suyagi-sigmentli yassi bo’lib, oldingi qismi to’sh dastasi, pastki qismi qilichsimon o’simtadan iborat. Qovurg’a oldingi uchi orqali ko’krak umurtqasiga, pastki uchi bilan to’shga birikadi. To’shga to’g’ridan-to’g’ri birikkan qovurg’alar chin qovurg’alar deyiladi. To’g’ridan-to’g’ri birikmagan qovurg’alar soxta qovurg’alar deb ataladi. Keyingi qovurg’alar to’shga birikmaydi.
Yelki kamari-quruqlik umurtqalilarida kurak, karakoid va umrov suyaklaridan iborat. Sut emizuvchilarda yelka kamarining hamma suyaklari rivojlanmagan.

103-rasm. Tulkining yelka kamari va oldingi oyoq suyaklari:
1-kurak; 2-kurak tarog’i; 3-akromial o’simta; 4-bo’g’in chuqurchasi; 5-karakoid o’simtasi; 6-elka suyagi; 7-tirsak suyagi; 8-bilak suyagi; 9-bilaguzuk suyaklari; 10-kaft suyaklari; 11-barmoq falangalari.
Kurak suyagi-keng yassi suyak bo’lib, ko’krak qafasining orqa yuzasida joylashgan. Kurakda akromial o’simta bilan tugagan qirrasi bo’lib, u muskullar birikishi uchun xizmat qiladi.
Karakoid suyagi-sut emizuvchilarda rivojlangan, tuban (bir teshiklilar) sut emizuvchilarda mustaqil suyak sifatida mavjud. Yuqori (yo’ldoshli) sut emizuvchilarda karakoid kurakka qarab o’sib borib, karakoid o’simtasini hosil qiladi. Karakoid o’simtasi oldinga yo’naladi va yelka suyagi tomonida joylashgan. Embrional rivojlanish davrida karakoid alohida suyakcha shaklida bo’ladi.
Umrov suyagi tayoqsimon ko’rinishida bo’lib, bir uchi tog’ay yordami bilan kurakka, ikkinchi uchi to’sh dastasiga birikadi. Ko’pchilik sut emizuvchilarda harakat harakteri bilan bog’liq holda umrov suyagi yo’q. Oldingi oyoqlari faqat oldinga-orqaga harakatlanuvchi sut emizuvchilarda, masalan, tuyoqli hayvonlarda, ba’zi yirtqichlarda va hartumlilarda rivojlanmagan. Oldingi oyoqlari har tomonga harakatlanuvchi sut emizuvchilarda umrov suyagi mavjud. Masalan, yer kovlovchi (krotlar), uchuvchi (ko’rshapalaklar), osiluvchi (maymunlar) da umrov suyagi yaxshi rivojlangan. Shuningdek ko’pchilik kemiruvchilarda ham mavjud.
Chanoq kamari-sut emizuvchilarda juft nomsiz suyaklar, ya’ni uchta: yonbosh, quymich va qov suyaklarini birikishidan hosil bo’lgan.



104-rasm. Tulkinnig chanoq kamari va orqa oyoq suyaklari:
A-chanoq kamari; 1-yonbosh suyagi; 2-quymich suyagi; 3-qov suyagi; 4-quymich osasi.
B-orqa oyoq suyaklari; 1-son suyagi; 2-tizza qopqog’i; 3-katta boldir suyagi; 4-kichik boldir suyagi; 5-tovon oldi bo’limi; 6-tovon; 7-barmoq falangalari; 8-to’piq suyagi; 9-tovon bo’rtmasi.
Nomsiz suyakning yonbosh bo’limi odatdagiday yuqoriga yo’nalgan va dumg’aza umurtqalari bilan birikkan, quymich suyagi orqaga va pastga, qov suyagi esa pastga va oldinga yo’nalgan. Ular bir-biri bilan tutashib chanoq kamarini hosil qiladi. Nomsiz suyakning pastki qismida esa birikuv teshigi joylashgan. Sut emizuvchilarda chanoq suyagi sudralib yuruvchilarga o’xshash yopiq holatda bo’ladi. Qushlarda esa chanoq ochiq holatda bo’ladi. Chanoq kamariga orqa oyoq suyaklari kelib birikadi.
Juft harakat organlari
Oldingi oyoqlar ham xuddi orqa oyoqlar singari besh barmoqli tipda tuzilgan. Oldingi oyoq yelka, bilak va kaft bo’limlaridan tashkil topgan. Yelka bo’limida bitta yelka suyagi bo’ladi. Uning yuqori (proksimal) uchida kurakning bo’g’im chuqurchasi bilan qo’shiladigan yumshoq boshchasi bor, uning distal bo’limidagi bloksimon o’simta orqali bilak bo’limi bilan qo’shiladi. Bilak bo’limi tirsak va bilak suyaklaridan tashkil topgan. Kaft bo’limi kaft usti (bilaguzuk) 8-10 suyakdan iborat bo’lib uch qator bo’lib joylashgan, kaft suyaklari beshta bo’lib, barmoqlar soniga teng, barmoq falangalari birinchisida ikkita suyak, qolganlarida esa uchta suyakdan tashkil topgan.
Orqa oyoqlarida ham uchta bo’lim; son, boldir va tovon bo’limlari mavjud. Son bo’limi bitta son suyagidan iborat. Boldir bo’limi katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan. Son va boldir bo’limlarining orasida old tomonda joylashgan yumaloq kosacha suyagi bo’ladi. Tovon yoki oyoq kafti bo’limi tovon oldi, tovon va barmoq falangalaridan tuzilgan, tovon oldi suyagining ustki tomonida tovon va to’piq suyagi bo’ladi. Bu ikkala suyak sut emizuvchi hayvonlarga xosdir.
Sut emizuvchilarning yashash sharoitiga bog’liq holda harakat organlari o’zgargan. Ko’rshapalaklarda 2-5 barmoq falangalari uzun bo’lib, ular orasida terisimon parda mavjud.
Sut emizuvchilar orasida oyoq-kafti orqali yuruvchilar (ayiqlar, tipratikan, krotlar) va barmoq orqali yuruvchilar (tuyoqlilar). Og’irgi kaft suyaklari yo’qolgan.
Yaxshi yuguruvchi sut emizuvchilarda barmoqlar qisqargan, toq tuyoqlilarda uchinchi barmoq, juft tuyoqlilarda esa uchinchi va to’rtinchi barmoq rivojlangan.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish