Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet53/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Daraxtda yashovchi sut emizuvchilar:
1-uchqur; 2-o’rgimchak maymun;
Uchuvchi sut emizuvchilar:
3-uzunquloq ko’rshapalak;
Suvda yashovchi sut emizuvchilar:
4-Grelandiya tyuleni; 5-oq biqinli delfin.
Quruqlik sut emizuvchilarining harakatlanishi asosan ikki usulda-yurish-yugurish va sakrash orqali amalga oshiriladi.
Yuguruvchi sut emizuvchilarda oziqlanish usuli har-xil bo’lsa ham tashqi tuzilishda yaqqol seziladi. O’txo’r turlardan (antilopa, bug’ularda) yirtqichlarga qaraganda (bo’ri, sirtlon, silovsin) oyoqlari uzun va unga mos holda bo’yni ham uzun bo’ladi, bu esa yerdagi va daraxtlardagi ovqatni olishga yordam beradi. Asosan uzun bo’yin daraxt barglari bilan oziqlanuvchi jirafalarda yaxshi rivojlangan. Fillarda esa bo’yni kalta, lekin harakatchan hartumi yordamida yerdan va daraxtlardan ozuqasini topadi. Mushuksimonlardan gepartlarda, sherlarda, yo’lbarslarda tanaga nisbatan oyoqlari kalta bo’lganligi uchun o’ljasini ushlashda yashirinib borib tashlanadi.
Sakrovchi quruqlik umurtqalilari (quyonlar, qo’shoyoqlar, kengurular) uzun, kuchli orqa oyoqlari va kalta oldingi oyoqlaridan iborat bo’lgan. Tanasi ham sakrashga mos holda, bo’yni kalta. Sakrashga yaxshi moslashgan (qo’shoyoq, kenguru)larda oldingi oyoqlarini kalta bo’lganligi uchun tez harakatlanganda tayanch funktsiyasini bajara olmaydi, lekin bu hayvonlarda uzun dumi bo’lib, tinch holatda turganda yoki sekin harakat qilganda qo’shimcha tayanch, sakraganda esa rul vazifasini bajaradi, hamda oyoq tayanch yuzasi ortgan.
Tog’larda yashovchi tuyoqlilarda (echki, qo’ylarda) mustahkam, o’tkir elastik tuyoqlar bo’ladi, tuyoq moddasi tez regeneratsiya qilish xususiyatiga ega bo’ladi. Tuyoqlarning elastikligi tog’ qoyalarida yurish imkoniyatini yaratadi.
v) Yerda-daraxtdagi, yarim daraxtdagi sut emizuvchilar. Ayrim yerdagi hayvonlar, ya’ni o’rmon landshaftida yashovchilar o’simliklar, daraxt va butalar bilan bog’langan bo’ladi. Bunday hayvonlarga o’rmon suvsari, yenot, qo’ng’ir ayiqlar kiradi. Ba’zilari yerdan ovqat topadi, lekin daraxtlarda uya quradi. Bularda daraxt hayot tarziga nisbatan moslanishlari mavjud tanasi yarim daraxtda yashashga moslashganlarida oyoqlaridagi muskullari yaxshi rivojlangan, barmoqlari kalta, o’tkir tirnoqlari mavjud. Bo’yin qismi qisqargan. Ko’pchilik turlarida, ayniqsa mayda (kichik tog’ susari va boshqa) vakillarida uzun mayin dumi bo’ladi. Barcha yarim daraxtda yashovchi sut emizuvchilar yerda ham, daraxtda ham erkin harakatlanadi.
g) Yarim suvda yashovchi sut emizuvchilar. Yarim suvda yashovchi sut emizuvchilarga hayotining asosiy qismini suvda o’tkazuvchi, lekin quruqlik bilan ham bog’langan (nutriya, ondatra, qunduz va boshqa) hayvonlar kiradi. Barmoqlari orasida suzgich pardalari mavjud, quloq va burun teshiklarida maxsus yopuvchi moslamalari bor, teri osti yog’ qavati yaxshi rivojlangan. Yarim suvda yashovchi hayvonlarda muynasi kuchli rivojlangan bo’lib, tanani sovuqdan saqlaydi. Oyoqlari kalta, quloq suprasi kichkina. Quruqlikda erkin harakat qiladi, suvda yaxshi suzadi va uya kovlaydi .
2. Yer ostida yashovchi sut emizuvchilar. Yer osti hayot tarziga yaxshi moslashgan sut emizuvchilarni haqiqiy yer kovlovchilar deb ataladi. Bu guruhga oddiy va xaltali krotlar, tilla rang krotlar, ko’rsichqonlar, yer qazarlar va boshqalar kiradi. Haqiqiy yer kovlovchilar yer yuzasiga kam chiqadi. Ovqat topish uchun murakkab va uzoq yer osti yo’llarini qaziydi. Bunday hayot sharoitiga mos holdagi belgilari shakllangan. Haqiqiy yerqazarlarning tanasi kalta, bo’yni tashqi tomondan bilinmaydi, dumi juda kalta, jun qoplami sodda, oyoqlari kalta, ba’zi vakillarida oyoqlarining muskuli va tirnoqlari yaxshi rivojlangan (krotlar, sokorlarda). Quloq suprasi deyarli to’liq qisqargan. Ko’rish organi kuchsiz rivojlangan. Ko’rsichqonlarda chala ko’zlari teri bilan qoplangan. Qarama-qarshi holatda ularda hid bilish yaxshi rivojlangan.
Yer osti hayvonlari har-xil tuproqlarda yashaydi. Masalan, krotlar o’rmon zonasidagi yumshoq gruntda yashaydi, kuraksimon oyoq panjalari orqali yerni kovlaydi. Zich tuproqli yerlarda yashovchi sokorlar esa, tirnoqlari orqali yo’l ochadi.
3. Daraxt sut emizuvchilari. Sut emizuvchilarning bu guruhiga maxsus daraxtda yashovchi formalari olmaxonlar, jo’nqanotlilar, yarim maymunlar, ko’pchilik maymunlar, yalqovlar, opossumlar va boshqalar kiradi. Daraxt hayvonlarining muhim xususiyati daraxtdan-daraxtga sakrashga moslashganligidir. Shunga bog’liq holda qo’l barmoqlari uzun va tirnoqlari o’tkir bo’ladi. Ba’zi daraxt sut emizuvchilarida (maymunlar, yarim maymunlar) harakat organlari uzun, gibbonlarda esa oyoq kafti kuchli taraqqiy etgan. Bir qator turlarida barmoqlarining uchlarida yostiqchali so’rg’ichlari bo’ladi. Masalan, uzoq vaqt suv ichmaydiganlarda. Ko’pchilik daraxt sut emizuvchilarida uzun va halqasimon dumi bo’ladi (maymunlar, opposumlar va boshqa). Dumi nafaqat ushlovchi organ, balki muvozanat vazifasini ham bajaradi. Olmaxonlarda yumshoq dumi sakraganda mo’ljal olishga yordam beradi.
Uchuvchi sut emizuvchilar xaltali olmaxonda va jun qanotlilarda mo’ljalga olib uchishga moslashish qobiliyati mavjud. Tanasining yon tomonida terisining buramalari bo’ladi, ular oldingi va orqa oyoqlariga birikkan, jo’n qanotlilarda esa dumiga ham birikkan. Uchish vaqtida ular yozilib, yuzani hosil qiladi va bir necha o’n metrga uchadi. Ba’zi daraxt sut emizuvchilari boshqa vakillariga taqqoslanganda yerda yomon harakatlanadi (yarim maymunlar, keng burunli maymunlar, yalqovlar).
4. Uchuvchi sut emizuvchilar. Haqiqiy uchuvchi hayvonlarga ko’pchilik qo’l qanotlilarning vakillari kiradi. Ularda asosiy harakatlanish usuli aktiv uchish bo’lib, bu orqali o’zlariga ovqat topdi. Tuzilishida bir qancha harakterli xususiyatlar vujudga kelgan, ya’ni oldingi oyoqlari uzun qanotga aylangan. Oldingi oyoqlarning birinchi barmoqlaridan tashqari barcha barmoqlari nihoyatda uzayib ketgan, bu barmoqlarning orasida, gavdaning ikki yonida va orqa oyoqlarida junsiz yupqa uchish pardasi bor, bu parda odatda dumni ham o’z ichiga olib, orqa oyoqlari orasiga o’tadi. Qanotni harakatga keltiruvchi kuchli muskullar yuzaga kelganligi munosabati bilan muskullarni birikishi uchun xizmat qiladigan ko’krak toj suyagi hosil bo’lgan, umrov suyagi ham kuchli taraqqiy etgan. Nisbatan tez uchuvchi shomshapalakda qanotlari ingichka va uzun, sekin uchuvchi shalpangquloq ko’rshapalakda esa keng va tumtoq.
Barcha qo’lqanotlilarda quloq suprasi yaxshi rivojlangan. Havoda tarqaladigan ultratovushlarni qabul qiladi va shu asosida fazoga mo’ljal oladi va o’ljasini topadi. Tinchlik davrida orqa oyoqlari yordamida shiftga yopishib, boshini pastga osiltirib turadi. Yerda juft harakat organlari orqali tez harakat qiladi.
5. Suv sut emizuvchilari. Ba’zi bir quruqlik sut emizuvchilari qisman suvda yashaydi va shunga xos moslanishlari mavjud. Evolyutsiya jarayonida yarim suv hayvonlaridan tipik suv hayvonlari vujudga kelgan. Eng muhim o’zgarishlardan biri harakat organlarning yo’qolishidir, uning o’rnida kurak oyoqlar va haqiqiy suzgich qanotlar hosil bo’lgan. Tana shakli torpedasimon. Suv hayvonlari yaxshi suzadi, chuqur sho’ng’iydi. Hozirgi kunda suvda yashovchi sut emizuvchilar ikkita turkumga bo’linadi: ko’rak oyoqlilar va kitsimonlarga.
a) Suvda yashovchi qisman quruqlik bilan bog’langan sut emizuvchilar. Bularga kurak oyoqlilar kiradi, ularning ikki juft kurak oyoqlari bo’lib, orqadagisi tanasining uchida joylashgan, haqiqiy tyulenlarda u harakatda ishtirok etmaydi. Faqat suzishda va sho’ng’ishda tezligini oshiruvchi organ hisoblanadi. Bo’yin bo’limi aniq ajralib turadi. Quloq suprasi ko’pchilik turlarida reduktsiyalanib ketgan. Jun qoplami ko’pchilik kurak oyoqlilarda kuchli qisqargan, shuning uchun tana haroratini doimiy saqlashda teri osti yog’ qavati muhim rol o’ynaydi. (morjlar, dengiz sherlari va boshqa).
b) Haqiqiy suvda yashovchi, quruqlik bilan aloqasini uzgan sut emizuvchilar. Bu guruhga kiruvchi hayvonlar suv muhitiga yuqori darajada moslashgan. Kitsimonlar va kurak oyoqlilardan sirenlar to’lig’icha quruqlikka chiqish qobiliyatini yo’qotgan. Tanasi baliqlarnikiga o’xshash duksimon ko’rinishda. Boshi tanaga birikib ketgan. Harakat organi vazifasini gorizontal joylashgan juft dum suzgich qanotlari bajaradi. Bir qator turlarida (kasatka delfinlar), yelka yog’simon suzgichlari bo’ladi. Oldingi oyoq suzgichlari rul vazifasini bajaradi, ba’zida harakat apparati vazifasini bajaradi. Orqa oyoqlari to’lig’icha reduktsiyaga uchragan. Quloq suprasi va jun qoplami to’lig’icha yo’qolgan. Yog’ qavati ancha qalin. Planktonlar bilan ovqatlanish munosabati bilan, bir qator kitsimonlarda (mo’ylovli kitlar) tishlari reduktsiyaga uchragan, ularni o’rniga shoxsimon plastinkalar joylashgan.
Sut emizuvchilar sistematikasi
Sut emizuvchilar sinfi hozirgi vaqtda sistematika bo’yicha ikkita kenja sinflarga; tuban sut emizuvchilar (tuxum qo’yuvchilar) va yuksak (haqiqiy) sut emizuvchilarga bo’linadi. Ikkinchi kenja sinf o’z navbatida yana ikkita infra sinfga; tuban (xaltalilar) va yuksak hayvonlar (yo’ldoshlilar)ni tashkil qiladi. Keyingi infra sinf vakillari ko’p sonda bo’lib, 18 turkumdan iborat. Hozirgi sut emizuvchilarning umumiy soni 4000 dan ortiq
Tubandagi jadvalda hozirgi mavjud bo’lgan sut emizuvchilar kenja sinfining asosiy turkumlari, kenja turkumlari va oilalari kiritilgan. Bunda bu hayvonlarning ov xo’jalik va ilmiy ahamiyati hamda dunyo faunasida uchrash darajalari hisobiga olingan.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish