Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Mineral resurslar haqida tushuncha



Download 7,61 Mb.
bet14/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

1.Mineral resurslar haqida tushuncha
Erning geografik qobig’i juda ko’p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Biroq resurslarning har xil turlar miqdori juda katta farq qiladi va ular Er yuzida notekis tarqalgan. Buning oqibatida ayrim xududlar, mamlakatlar, o’lkalar xatto materiklar xam resurslar bilan turlicha ta’minlangan.
Resurslar bilan ta’minlanganlik deganda tabiat resurslari miqdori bilan ulardan foydalanish miqdori o’rtasidagi nisbat tushuniladi. U mazkur resurs yetadigan yillar soni bilan yoki resurslarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori bilan ifodalanadi.Albatta resurslar bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi muayyan hududning tabiiy resurslarga boy yoki kambag’alligiga bog’liq. Lekin resurslar bilan ta’minlanganlik, shuningdek ulardan foydalanish ko’lamiga ham bog’liq bo’lganligi sababli, bu tushuncha tabiiy tushuncha bo’lmay, sotsial-iqtisodiy tushunchadir.
Olimlarning hisoblariga ko’ra, mineral yoqilg’ining jahondagi umumiy geologik zaxirasi 12,5 trillion. t shartli yoqilg’idan ortiq. Bu hozirgi darajada qazib olinadigan bo’lsa, mineral yoqilg’i 1000 yildan ortiq vaqtga yetadi demakdir. Biroq qazib olish mumkin bo’lgan zaxirani va yoqilg’i iste’molining oshib borishini hisobga oladigan bo’lsak, bu muddat bir necha baravar qisqaradi.
Ma’lumki, uzoq kelajakka mo’ljallangan ta’minlanganlik darajasi tabiiy resurslarning qaysi turiga, ya’ni tugaydigan (tiklanmaydigan va tiklanadigan) yoki tugamaydigan turiga kirishiga ham bog’liqdir. Kishilar qadimgi zamonlardanoq bu resurslardan ba’zi birlarini ishlatilishini o’rganib olishga. Bu xol inson madaniy tarqqiyoti davrlarning turli nomlar, chunonchi «tosh asri», «bronza asri», «temir asri» kabi nomlar bilan atalishida ham o’z aksini topgan. Bizning davrimizda mineral resurslarning 200 dan ortiq turidan foydalaniladi. Akademik A.E. Fersman (1883-1945) ta’biri bilan aytganda, hozirgi vaqtda insoniyat qo’l ostida butun Mendeleev davriy jadvali muhayyo bo’lgan.
2. Mineral xomashyo resurslari geografiyasi
Sizga ma’lumki Er po’stida foydali qazilmalarning joylashishi geologik (tektonik) qonuniyatlariga bo’ysunadi.
Yoqilg’i foydali qazilmalar kelib chiqishiga ko’ra cho’kindi bo’lib, qadimgi platformalarning ustini qoplagan jinslar orasida hamda ichki va chekkadagi bukilma botiqlarda joylashgan bo’ladi.
Er kurrasida 3,6 mingdan ortiq ko’mirli havzalar va konlar bo’lib, ular birgalikda quruqlik maydonining 15 foizini egallagan. Bir xil geologik yoshga ega bo’lgan ko’mir xavzalari ko’pincha minglab kilometrga cho’zilib ketgan ko’mirli mintaqalarni hosil qiladi. Asosiy ko’mir zahiralari Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropada bo’lib, o’nta yirik xavzada to’plangan.
600 dan ortiq neft-gazli xavzalar o’rganilgan ulardan 150 tasidan neft-gaz qazib olinadi, konlarning umumiy soni 35 mingtaga yetadi. Ularning asosiy zaxiralari shimoliy yarimsharda bo’lib, mezazoy yotqiziqlari orasida joylshgan. Neft-gaz zahirasining asosiy qismi ham uncha ko’p bo’lmagan eng yirik xavzalarda to’plangan.
Rudali foydali qazilmalar qadimgi platformalarning zaminida va ularning yer yuziga chiqqan qismlarida (qalqonlarda), shuningdek, burmalangan o’lkalarda joylashgan. Rudali foydali qazilmalar ko’pincha juda katta rudali (metallogenik) mintaqalarni hosil qiladi va ular hosil bo’lishiga ko’ra Er po’stining chuqur yoriqlariga bog’liqdir. Bunday mintaqalar hududi (Alp-Ximolay, Tinch okean halqasi) tog’-kon sanoati uchun xom-ashyo bazasi bo’ladi va ayrim o’lkalar va xatto butun mamlakatlarning xo’jalik ixtisosini belgilaydi.
Rudamas foydali qazilmalar ham keng tarqalgan. Ularning konlari platformalarda ham, burmalangan o’lkalarda ham uchraydi.
Litosfera resurslariga Erning ichki energiyasini, ya’ni geotermal energiyani ham kiritish kerak. Geotermal energiya resurslari 50 ta mamlakatda qidirib topilgan. Bunday resurslar seysmik va vulkan faoliyati kuchli o’lkalarda (Islandiya, Italiya, Yangi Zelandiya, Filippin, Meksika, Kamchatka, Shimoliy Kavkaz, Kaliforniya) ayniqsa kattadir.
Bir joyda bir necha xil foydali qazilmalarning to’planishi. Xo’jalikda o’zlashtirish chun eng foydali bo’lib, xom ashyoga kompleks ishlov berishni, yirik xududiy ishlab chiqarish majmualarining tarkib topishini yengillashtiradi. Geograf olimlar tomonidan ishlab chiqilgan foydali qazilmalarning ana shunday uyg’unligi haqidagi ilmiy qarashlar katta amaliy ahamiyatga molikdir.
Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni qidirish ikki yo’nalishda ham chuqurga, ham eniga tomon olib borilmoqda. Chuqurga tomon yo’nalish Er po’stining yuza qatlamlaridagi ko’pinchalik konlar qazib olib bo’lingan Xorijiy Yevropa, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina, AQSh uchun xosdir, bunday konlarda qazilmalarni qazib olishning tog’-geologik sharoiti yomonlashyapti konlar chuqurlashib borayapti.
Eniga tomon yo’nalish Rossiyaning Osiyo qismida, Kanada, Avstraliya, Braziliyada keng tarqalgan. Bu joylarda konlarni qazib olish nisbatan yaqinda boshlangan. Qazib olishning tog’-geologik sharoiti bu joylarda odatda ancha qulay, konlar unchalik chuqur emas.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish