Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi



Download 7,61 Mb.
bet15/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

3.Dunyo yer fondi tarkibi
Er resurslari tabiat resurslarining muhim qismi bo’lib, busiz insoniyat hayotini tasavvur etish qiyin.
Er sharida quruqlik 14,9 mlrd.ni tashkil etadi. Jami haydash uchun yaroqli yerlarning maydoni 3,2 mlrd.dan ortiq. Shundan hozirgi 1,5 mlrd ga yer haydaladi, 3 mlrd yer yaylov sifatida ishlatiladi. Haydash uchun qulay bo’lgan yerlarning asosiy qismi qishloq ho’jaligida foydalanish muomalasiga kiritilgan. Sug’oriladigan yerlar maydoni 270 mln ga dan ko’proq. Sug’orish uchun qulay yerlar maydoni bundan ham ko’proq, lekin quruq iqlim sharoitida suvning tanqisligi barcha qulay yerlarni o’zlashtirishga imkon bermaydi.
XXI asr boshida sug’oriladigan yer maydoni 300 mln gektardan oshishi kutilmoqda.
Jahon yer fondining 30 foizi bu qishloq xo’jaligida foydalaniladigan, ya’ni insoniyat uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan yerlar tashkil etadi. Qolgan yerlarni esa tog’li hududlar abadiy muzlok yerlar, cho’llar, muzliklar, botqoqlik, o’tib bo’lmas jungli va qalin o’rmonlar tashkil etadi.
Masalan, dehqonchilik uchun noqulay bo’lgan Grenlandiya, Rossiya, Kanada va AQSh (Alyaska)ning qutbiy o’lkalardagi o’lkalardagi hududlar, Saxroi Kabir, Markaziy Avstraliya cho’l rayonlari, Markaziy Osiyo baland tog’li rayonlari kiradi.
Haydaladigan yerlarning asosiy qismi (60 %) Evrosiyoga to’g’ri keladi, bu hol ushbu materikda aholi sonining ko’pligi bilan bog’liqdir.


4. Inson xo’jalik faoliyatining haydaladigan yerlarga ta’siri.
Haydaladigan yerlar dunyoda cheklangan bo’lishiga qaramasdan, millionlab gektar yerlarni shahar va aholi punktlari, shaxtalar, transport magistral yo’llari, elektr uzatish liniyalari, turli boshqa obektlar egallaydi.
Bu hol ular maydoninng kamayishiga, binobarin dehqonchilik mahsulotlarining miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Agarda har bir shahar egallagan o’rnini o’rtacha 3 kv km (300 ga) deb hisoblansa, u holda dunyoda kamida 120 ming gektar maydon ular bilan band ekanligi ma’lum bo’ladi. Har yili shu maqsad uchun 8 mln ga yer ajratiladi. Albatta, shuncha maydonning ajratilishi ko’proq haydaladigan yer massivlari hisobiga amalga oshiriladi.
Siz bilasizki qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarni, haydaladigan yerlar, o’tloqzorlar va yaylovzorlar tashkil etadi. Jahon mamlakatlari va qit’alar bo’yicha haydaladigan yerlar o’tloqzor va yaylovzorlar hissasining sezilarli o’zgarib turishi, tabiiy sharoit, hududlarni qishloq xo’jalik maqsadlarda o’zlashtirish darajasi va boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq.
Jahondagi asosiy haydaladigan yerlar asosan Shimoliy Yarimsharning G’arbiy va Sharqiy Yevropa, Janubiy Yevropa, Janubiy Sibir, Sharqiy, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, AQSh va Kanada tekisliklarida joylashgan.
So’nggi yillarda haydaladigan, ayniqsa sug’oriladigan yerlar, cho’llashish jarayoni natijasida foydalanish muomalasidan chiqib ketmoqda.
Inson dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullana boshlagandan beri 9 mln kv km (900 mln ga) hudud cho’llashishga uchradi. So’nggi yillarda Sahroi Kabir, Janubiy-G’arbiy Osiyo, Shimoliy, Janubiy Amerikadagi cho’llar kengayib bormoqda. Buning natijasida cho’llar dashtlarga, dashtlar savannalar o’rmonlar tomon o’z maydonini kengaytirmoqda. Cho’llarning kengayishining bosh sabablari qishloq xo’jaligi maydonlarining haddan ziyod kengaytirilishi ularga noto’g’ri ishlov berilishi, o’rmonlarning kesib yuborilishi va chorva mollarini noto’g’ri tartibda boqilish jarayonlari hisoblanadi.
Olimlarning hisoblariga qaraganda, cho’llashish hozirgi sur’at bilan davom etadigan bo’lsa, kelgusi 30 yil davomida G’arbiy Yevropaning yarmiga teng keladigan yerni ishdan chiqaradi.
Ma’lumki ishlov beriladigan yerlar nafaqat cho’llashish oqibatida qishloq xo’jaligi ekin oborotidan chiqib bormoqda balki, aholi manzilgoxlari, sanoat korxonalari ham xavf solmoqda.
Haydaladigan yerlar sug’orishni noto’g’ri tashkil qilish, yog’in-sochinning shiddat bilan yog’ishi, qorlarning tez erishi, dalalarda ihota daraxtzorlarining nihoyatda siyrakligi yoki butunlay yo’qligi, eroziya kabi omillar tasirida har yili katta zarar ko’radi. BMT ning ma’lumotiga ko’ra, har yili shu omillar ta’siri tufayli 3 mln ga yer foydalanishdan chiqib ketadi.
Shamol va suv eroziyalari natijasida yiliga 26 mlrd t tuproq yo’qoladi. (bir qismini shamol to’zitadi, boshqasini suv yuvib, dengiz va okeanga eltadi).
Dunyoda Xuanxe (1,6 mlrd t), Gang(1,4 mldr t), Amazonka(363 mln t), Missisipi (300 mln t), Irovadi (299 mln t), Mekong (170 mln t), Nil (111 mln t) eroziya mahsulotlari oqiziqlarni Dunyo okeaniga eltishda oldingi o’rinlarni egallaydi.
Xuanxe va Gang daryolari suvlarida oqiziqlarning ko’pligi ularning havzalari tez yuviluvchan lyoss jinslarining ko’p tarqalganligi bilan bog’liq.
Tuproq shamol ta’sirida ham ko’p zarar ko’radi. Shimoliy Afrikadan Atlantika okeaniga juda ko’plab (yiliga 100-400 mln t) chang va mayda tuproq uchib ketadi. Bu hol koinotdan olingan suratlarda yaxshi ko’rinib turibdi. Xuddi shunday holat Xitoy xududi Tinch okean tomon mart-may oylarida yuz beradi. Bu Gavayi orollarida yaxshi sezilib turadi.
Hozirgi vaqtda sug’oriladigan dehqonchilik 120 mamlakatda rivojlangan. 80- yillarning oxirida 34 mamlakatning har birida sug’oriladigan yerlarning jami maydoni 1 mln ga dan ortiq bo’lgan. Hindistonda sug’oriladigan yerlar maydoni 63,3 mln Xitoyda 47,9, AQShda 23,9 mln, Pokistonda 15,3 mln ga dan iborat.
Sug’oriladigan dehqonchilik samaradorligi lalmikorlikka nisbatan ancha yuqori. Sug’orma dehqonchilik jahonda barcha haydaladigan yerlarning 17,5 % maydonini egallagan holda barcha oziq-ovqat mahsulotlarining 1|3 qismini yoki pul bilan hisoblaganda barcha qishloq xo’jalik mahsulotlarining 50 % qiymati bo’yicha mahsulot beradi. Sug’orish asosida sholining 2|3 qismi, paxta, yog’ beruvchi ekinlar meva, g’alla, yem-xashak poliz va boshqa madaniy ekinlar yetishtiriladi.
Ko’pgina haydaladigan yerlar yangidan ko’rilayotgan suv omborlar tagida qolib ketmoqda.
Ishlov beriladigan yerlarning qisqarish jarayonini sekinlashtirish yo’llaridan biri (ayniqsa hududi uncha katta bo’lmagan mamlakatlarda) yer osti inshootlarni kengaytirish va turar joy va sanoat binolarining qavatligini oshirish muhim hisoblanadi.
Vena, Parij, Tokio va boshqa bir qancha shaharlarni ta’mirlash tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, transport magistrallari, xolodilniklar, vokzallar o’quv va ko’rgazma zallari, muzey va savdo markazlari yer ostida maqsadli joylashtirilmoqda. Bundan tashqari yer osti qavatlarida institutlar, ilmiy labaratoriyalar, elektrostantsiyalarni joylashtirish mumkin.
Shahar qurilishining yer ostida amalga oshirilishi endilikda yer usti hududlarida qurilish uchun talablarni 10-12 % ga qisqartirish imkonini bermoqda.
Shu bilan birgalikda yer sharida hali qishloq xo’jaligida foydalanilmagan yerlar ham ko’p qismini tashkil etadi.
Bu yerda gap asosan qo’riq yoki bo’z yerlar haqida emas balki qishloq xo’jaligi uchun noqulay bo’lgan relef (jarliklar, tog’ qoyalari) yoki noqulay sharoitga ega bo’lgan hududlar haqida boryapdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki haydaladigan yerlar dengizlar hisobiga kengaytirilmoqda. Niderlandiyada kanal va dambalar yordamida mamlakatning hozirgi 40 % i hududi Shimoliy dengiz hisobiga kengaytirildi. Bunday jarayonlar Belgiya, Frantsiya, Portugaliya, Yaponiya Kanada va Singapur davlatlarida ham davom etmoqda.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish