2. Aholining tabiiy harakatiga xos umumiy va regional jihatlar.
Er sharida so’nggi vaqtda yiliga 135-137 mln bola tug’ilmoqda, 53-55 mln kishi o’lmoqda. Tabiiy o’sish miqdori 82-84 mln kishini tashkil qilmoqda. Dunyoda tug’ilishning juda yuqori koeffitsientlari Afrikaga, regionlar ichida Afrikaning barcha regionlari hamda Markaziy Amerika va G’arbiy Osiyoga juda past koeffitsentlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Rossiya, Sharqiy Osiyoga hamda Avstraliya va Okeaniyaga xosdir. O’lim koeffitsentining yuqori ko’rsatkichlari Afrika va Yevropada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Rossiyada kuzatilmoqda. Tabiiy o’sish koeffitsentlari Afrika, Markaziy Amerika, G’arbiy Osiyo hamda Markaziy va Janubiy Osiyoda yuqori ko’rsatkichlar bilan ifodalanmoqda. Ushbu ko’rsatkich Yevropada nolga, Rossiyada esa -7 ga teng bo’ldi.
3. Aholining yosh-jins tarkibi va mehnat resurslarining shakllanishi.
Butun dunyoda erkaklarning soni ayollarnikiga nisbatan qariyb 30 mln.ga ko’proqdir. Lekin ayrim materiklar, regionlarda erkaklar bilan ayollar soni o’rtasidagi farq sezilarli tusga ega. Bolalar yoshlarida barcha materiklar va regionlarda o’g’il bolalarning ustunligi ko’zga tashlanadi.
Dunyoda 0-14 yoshda har ming qizga 1040 o’g’il bola to’g’ri keladi. Ushbu ko’rsatkich Yevropada (1060), Osiyoda (1050) hamda Avstraliya va Okeaniyada (1059) undan ham yuqori. Faqat Afrika (1008) va Amerikada (1029) nisbatan past daraja bilan ifodalanadi. Bolalar sonidagi farqning kelib chiqishida tug’ilgan har ming go’dakning 520 nafari o’g’il bolalardan iborat bo’lishligi omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Aholining asosan mehnatga layoqatli yoshdagi qismidan tashkil topgan 15-65 yoshida Dunyo bo’yicha har ming ayolga 1020 nafar erkak to’g’ri keladi. Yevropada erkaklar soni ayollar soniga teng. Osiyoda har ming ayolga 1049 nafar erkak, Avstraliyada va Okeaniyada esa 1039 nafar erkak to’g’ri keladi. Mazkur ko’rsatkich Afrika (979 erkak) va Amerikada (990 erkak) aksincha, ayollar ustunligi bilan ifodalanadi.
Dunyo aholisining yosh tarkibi ham katta hududiy farqlarga ega. Bunda tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari dinamikasi hal qiluvchi rol o’ynaydi.So’nggi yillarda dunyo aholisining tarkibida bolalar ulushi kamayib, mehnatga layoqatli yoshdagi va keksa aholi salmog’i ko’paymoqda. Masalan: 1970-1999 yillarda 0-14 yoshdagi bolalar ulushi 36,6 dan 31 foizga kamaydi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi salmog’i o’sib, 7,0 foizni tashkil etdi.
Aholi bandligi ham turli mamlakatlarda turlicha. Masalan: moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasida Rossiya aholisining (mehnatda band aholining) 70 % i, AQSh aholisining 54 %i, noishlab chiqarish sohasida esa Rossiyaning 30 %i, AQShning 46 % mehnat resurslari band. Bu ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligi bo’yicha Rossiyada 15 % ni, AQSh da 3% ni, sanoatda Rossiyada 37 % ni, AQShda 24 % ni, xizmat ko’rsatish sohasida Rossiyada 48 %ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |