Energetika sanoati. Elektrenergiya ishlab chiqarish bo’yicha birincha o’nlik davlatlarga AQSh, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, GFR, Kanada, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Hindiston kiradi.
Birinchi o’nlikka kiruvchi davlatlarda energiyaning katta qismi IESlarida asosan ko’mir, mazut, tabiiy gazdan foydalanish asosida ishlab chiqariladi.
Ikkinchi guruhga davlatlarda barcha elektroenergiya asosan IES da ishlab chiqariladi. Bu guruhga Niderlandiya, Polsha, JAR, Ruminiya, Xitoy, Meksika, Avstraliya kiradi.
Uchinchi guruh davlatlariga yoqilg’i umuman kam bo’lgan davlatlar kiradi. Bu davlatlarda GES larning salmog’i yuqori. Bularga Norvegiya, Italiya, Kanada, Shvetsiya kiradi. Shuningdek Shri-Lanka, Paragvay, Efiopiya, Avstraliya, Kolumbiyada 90 % elektro-energiya gidroenergiya resurslari asosida ishlab chiqariladi.
To’rtinchi guruhga kiruvchi davlatlarda elektro-energiyaning asosiy qismi atom elektro stantsiyalarida (AES) ishlab chiqariladi. Bularga Frantsiya, Belgiya, Koreya, Respublikalari kiradi.
1.Jahon qayti ishlash sanoati.
Qayta ishlash sanoat tarmoqlariga metallurgiya mashinasozlik, kimyo, yog’ochni qayta ishlash, qurilish, yengil va oziq ovqat va boshqa ko’pgina tarmoqlar kiradi.
Metallurgiya sanoati- bu sanoat insoniyatni qora va rangli konstruktsiya materiallari bilan ta’minlaydi. Plastmass materiallarining raqobatliligi oshib borishiga qaramasdan, dunyo iqtisodiyotida po’lat asosiy konstruktsion material bo’lib qolmoqda.
Jahonda yiliga ishlab chiqarilayotgan po’lat 800 mln t. ga yaqinni tashkil etadi. Bunda ishlab chiqarilayotgan po’latning 80 %i rivojlangan mamlakatlarga, 20 %i rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi. Jahonda po’lat ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlar Yaponiya (100mlndan ortiq), AQSh, Rossiya, Ukraina, Xitoy, GFR hisoblanadi. G’arbning rivojlangan mamlakatlarida qora metallurgiyaning rivojlanishdagi farqli xususiyatlari, so’nggi yillarda po’lat ishlab chiqarish va iste’molning pasayishi bilan izohlanadi. Bu jarayonning uchta asosiy sababi bor:
Birinchi dunyoda taraqqiyot jarayoni yuz berayotgan hozirgi davrda metallga bo’lgan talabning kamayishi.
Ikkinchidan metallar o’rnini tez sur’atda plastmassalar egallamoqda.
Uchinchidan qora metallurgiyaning ayrim sohalari uchinchi dunyo mamlakatlariga ko’chdi.
So’nggi yillarda dunyoda temir ruda konlari geografiyasi ham sezilarli o’zgardi. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi boy temir ruda konlardan foydalanish va mahalliy arzon ishchi kuchining mavjudligi. G’arbiy Yevropaning bir qancha temir ruda havzalarida temir ruda qazib olish qisqarishiga olib keldi.
Dunyoda temir ruda xom-ashyosini eksport qiluvchi mamlakatlar Braziliya, Hindiston, Liberiya, Avtraliya, JAR hisoblanadi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari ayniqsa Rossiya temir ruda eksport qiluvchi mamlakatdir.
Chetdan temir ruda xom-ashyosini dengiz yo’llari orqali tashib keltirilishi, ko’pgina G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada dengiz bo’yi metallurgiya sanoati rivojlandi.
Rivojlangan mamlakatlardan faqat AQSh va GFRda qora metallurgiyaning ichki markazlari ustunlik qiladi. AQShda ular Buyuk Ko’llarga yaqin joylashgan. (Chikago, Detroit, Yangmtaun rayonlari). Bundan tashqari dengiz bo’yi metallurgiya markazlari rivojlanmoqda. Jumladan Atlantika okeani qirg’oqlarida Baltimorrlarni, Tinch okean sohil bo’ylarida Los-Anjelos rayoni rivojlanmoqda.
Germaniyada esa Rur va Saar metallurgiya rayonlari ishlab turibdi.
Xom-ashyo va koks gazi importiga bog’liq bo’lmagan mamlakatlarda (Rossiya, Ukraina, Xitoy) metallurgiya kombinatlari ko’mir va temir ruda konlari yaqinida yoki ular o’rtasida joylashgan.
Polsha ham ko’p miqdorda metall ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham qora metallurgiya tez sur’atlarda o’smoqda. Bundan tashqari Braziliya (Finlandiya, Buyuk Britaniya mamlakatlarni quvib yetdi) Hindiston, Koreya Respublikalarida metall ishlab chiqarish o’smoqda.
Rangli metallurgiya- Jahonda yiliga 40 mln tonnaga yaqin turli xildagi rangli metallar ishlab chiqariladi. Ayniqsa hayotimiz eng keng qo’llaniladigan metall alyuminiy hisoblanadi. (yiliga 17 mln t.).
Alyuminiydan xalq xo’jaligida aviatsiya va raketa texnikasi, avtomobilsozlik, va boshqa ko’pgina tarmoqlarda keng foydalaniladi. Alyuminiy sanoati 2 ta hududiy bir-biri bilan bog’lanmagan ishlab chiqarish zvenosidan tashkil topgan. Bulardan birinchisi glinozyom (alyuminiy oksidi) ishlab chiqarish geografiyasini qisman boksit qazib oluvchi mamlakatlarda energiya ko’p talab etuvchi alyuminiy sanoati arzon elektr energiya manbalari yaqinida joylashtirilgan.
Jahonda Avstraliya, Gvineya, Yamayka, Rossiya, Braziliya, boksit qazib olish bo’yicha, Glinozyom ishlab chiqarish bo’yicha Avstraliya, Rossiya, AQSh, Yamayka mamlakatlari yetakchi hisoblanadi.
Alyuminiy ishlab chiqarish bo’yicha AQSh, Yaponiya, Rossiya, Kanada, GFR kabi mamlakatlar yetakchi hisoblanadi.
Og’ir rangli metall rudalari tarkibida uncha ko’p bo’lmagan miqdorda metall uchraydi. Masalan: Qazib olingan ruda tarkibida 0,5 % dan 3,5 % gacha mis tashkil etadi. Shuning uchun ham rudani boyitish va mis ishlab chiqarish rudani qazib oladigan barcha mamlakatlarda yo’lga qo’yilgan.
Jahonda mis rudalarining katta zahiralari Chili, AQSh, Zambiyada joylashgan. AQSh, Rossiya, Yaponiya va GFR jahonda asosiy mis ishlab chiqaruvchi mamlakatlar hisoblanadi. Qo’rg’oshin rudalari qazib olish bo’yicha Rossiya, Avstraliya, AQSh, Kanada, Peru, Meksika yetakchi hisoblanadi.
Mashinasozlik sanoati- Katta yettilik, Rossiya, Xitoy metall buyumlarning barcha turlarini-oddiy «ignadan murakkab samolyot» gacha bo’lgan mashina va jihozlar ishlab chiqaradi. G’arbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari va bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlar (Braziliya, Hindiston, Singapur.) odatda mashinasozlik mahsulotlarining alohida turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashmoqda va jahon bozoriga chiqmoqda.
Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda mashinasozlik sanoati emas balki, metallni qayta ishlash, transport turlarini ta’mirlash, tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi uchun jihozlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Dunyoda mashinasozlik sanoati joylashuvi bir qancha omillarga bog’liq. Ko’p metall talab qiluvchi mashinasozlik (qora metallurgiya, kimyo, energetika) korxonalari, qora metallurgiya rayoniga yaqin joylashtiriladi.
(AQSh, Shimoli-Sharqga, GFR da Rur, Ukrainada Donbass, Rossiyada Ural, Polshada Yuqori Seleziya rayoniga).
Priborsozlik, radioelektronika, aniq mashinasozlik yuqori malakali mehnat resurslari mavjud bo’lgan rayonlarda joylashtiriladi.
Uy ro’zg’or buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar iste’mol rayonlarida joylashtiriladi.
Avtomobilsozlik- Jahonda yiliga 50 mln dona yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqariladi.
Jahonda Yaponiya va AQSh avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha yetakchilik qiladi.
Dunyoda eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi firmalarga, AQShdagi «Jeneral Motors», «Ford», «Kraysler», Yaponiyadagi «Toyota», «Nissan», «Xondo», GFRdagi «Folksvagen», «Daymler-Bents», «Mersedes-Bents», Italiyadagi «Fiat» firmalari kiradi.
Rossiyada yiliga 2 mln donaga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi.
Jahonda kemasozlik bo’yicha Yaponiya va Koreya Respublikasi yetakchi o’rinda turadi.
Jahon mashinasozlik majmuasiga bundan tashqari transport mashinasozligi, (vagonsozlik, samolyotsozlik), sanoat korxonalari uchun texnologik jihozlar, ishlab chiqarish, stanoksozlik sanoati tarmoqlari muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |