Kimyo sanoati. Sanoatning muhim tarmoqlaridan biri kimyo sanoatidir. Kimyo sanoati jahonning AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. Lotin Amerikasi, Afrika mamlakatlarida ushbu sanoat endigina rivojlanib kelmoqda.
Keys banki
1.Nima sababdan g’arbning rivojlangan mamlakalarida tog’-kon sanoati keskin qisqarib,dengiz bo’yi rayonlarida vujudga keltirildi?.
2.Nima sababdan so’nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda fan talab sanoat tarmoqlari jadal sur’atda rivojlantirilmoqda.
3.Ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi deganda nimani tushunasiz?.
Nazorat savollari
1.FTI ta’sirida Jahon sanoatida qanday tarkibiy o’zgarishlar yuz bermoqda?.
2.Jahon yoqilg’i-energetika sanoatining hududiy joylashishi va rivojlanishi
xususida gapirib bering?.
3.Jahon qora va rangli metallurgiya sanoatining hududiy joylashishi va rivojlanishiga ta’rif bering?.
4.Xaritadan mashinasozlik va kimyo sanoati tarmoqlari joylashgan rayonlarni ko’rsating?.
5.Jahon yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining hududiy joylashishi va rivojlanishiga ta’rif bering.
8-Mavzu.JAHON QISHLOQ XO’JALIGI (4 soat)
Reja:
1.Jahon qishloq xo’jaligining tarmoqlar tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar
2.Jahon dexqonchilik tarmoqlar geografiyasi.
3.Jahon chorvachilik tarmoqlar geografiyasi.
4.Dunyoda baliq ovlash va baliqchilik geografiyasi.
Tayanch so’zlar:
Agrar siyosat, tovar va natural an’anaviy qishloq xo’jaligi, intensiv va ekstensiv xo’jalik yuritish, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtarish va kimyolashtirish, «Yashil inqilob», Agrobiznes, Agrosanoat majmui (ASM), qishloq xo’jaligi rayonlari va ularning ixtisoslashuvi, Akvakultura, marikultura.
1.Jahon qishloq xo’jaligining tarmoqlar tarkibida yuz berayotgan
Qishloq xo’jaligi jahon aholisiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan birgalikda yengil sanoat uchun ma’lum miqdorda xom ashyo ham yetkazib beradi. Biroq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining o’sishi nomutanosib ravishda jahon aholisining ma’lum qismi, hatto o’nlab, ayrim hollarda yuz millionlab aholi to’yib ovqat yemaydi.
Er shari iqtisodiy foal aholisining 60 foizi ortig’i qishloq xo’jaligida band, agar qishloq xo’jaligiga yordam beruvchi yosh va keksalarni hisobga olsak unda jahon aholisining 2|3 qismi qishloq xo’jaligi sohalariga to’g’ri keladi.
Hozirgi vaqtda ham Afrika va Osiyoning ko’pgina davlatlarida aholining 70 foizdan ortig’i qishloq xo’jaligida band. Sanoatlashgan va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo’jaligida band aholi salmog’i kamayib bormoqda. Masalan: AQShda hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida 5 foiz aholi band, Buyuk Britaniyada esa 2 foizdan kamroq aholi qishloq xo’jaligida ishlaydi.
Qishloq xo’jaligi ikki asosiy tarmoqlarga bo’linadi.
Ziroatchilik.
Chorvachilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |