Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi



Download 7,61 Mb.
bet34/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

Moyli ekinlar. Moyli ekin maydonlari dunyo bo’yicha ularning turlariga qarab o’ziga xos tarzda joylashtirilgan. Soyaning vatani Sharqiy Osiyo (Xitoy, Koreya) bo’lsada, hozirgi kunda asosan Amerikada yetishtiriladi: Bu o’rinda AQSh (55 mln.t.), Braziliya (20 mln.t.) va Argentina (10 mln.t.) alohida ajralib turadi. Ammo Xitoy ham yirik soya ishlab chiqaruvchi (10-15 mln.t.) mamlakatdir. Soya ham ozuqa, ham oziq-ovqat (soya yog’i) maqsadida ishlatiladi.
Kungaboqarning vatani Shimoliy Amerikaning janubiy qismi bo’lib, u Yevropaga XVI asrda olib kelindi. Kungaboqar urug’ini ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlaga Rossiya, Ukraina, Janubiy Yevropa, AQSh, Argentina, Xitoy kiradi. Paxta chigitidan yog’ asosan Hindiston, Pokiston, Xitoy, AQSh, O’zbekistonda olinadi. Raps Yevropa, Xitoy, Kanadada ko’p tarqalgan.
Eryong’oqning vatani Braziliya bo’lib, u yerdan dastlab Hindiston, Hitoy, Filippinga keyinroq Yevropaga yetib borib, «Xitoy yong’og’i» nomini oldi. Afrikaga u XV asrda Yevropadan keltirildi. Hozirgi vaqtda yeryong’oq tropik va subtropik mintaqalarda (Janubiy va Sharqiy Osiyo, G’arbiy Afrika, AQSh, Braziliya, Argentina) katta maydonni egallaydi.
Zig’ir asosan mo’’tadil iqlim mintaqalarida ko’p ekiladi. Zaytun daraxti ko’p tarqalgan yer O’rta yer dengizi atrofi, palma esa G’arbiy Afrika, Malayziyada. Korpu (kokos yong’og’ining quritilgani) asosan Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniyada ishlab chiqariladi.
Kartoshka-oziq-ovqat, ozuqa va texnik jihatdan qayta ishlanib turli maqsadlarda foydalaniladi. Uning vatani Peru, Ekvador, Boliviyadir. Kartoshka Yevropaga 1536 yilda olib kelingan bo’lib, dastlab Ispaniya va Portugaliyada ixtisoslashtirilgan. U yerdan Italiya, Gollandiya, Irlandiya, Angliyaga yoyildi. Kartoshka Rossiyaga XVIII asrda Pyotr I davrida Gollandiyadan olib kelindi.
Kartoshka yalpi hosili jihatidan Rossiya birinchi, Polsha ikkinchi, Xitoy uchinchi o’rinda turadi. Kartoshkani aholi jon boshiga yetishtirish bo’yicha Polsha va Belorussiya oldingi o’rinda turadi. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda shirin kartoshka (batat) yetishtiriladi.
Ma’lumki, qandli ekinlar shakarqamish hamda qand lavlagidir. Shakarqamish qadimgi ekinlardan biri bo’lib, uning vatani Belgiyadir. O’rta Er dengizi mamlakatlariga uni VIII-IX asrlarda arablar keltirgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng u «Yangi Dunyo»ga tarqalib o’zining «ikkinchi vatani»ga ega bo’ldi. Ammo, XVIII asrning oxirlaridagina qand lavlagi qand xom-ashyosiga aylandi. Dastlabki lavlagidan qand oluvchi zavod Germaniyada bunyod etilgan. Jahonda ishlab chiqariladigan qand-shakarning 60 %:i shakarqamishdan 40 %i lavlagidan olinadi.
Shakarqamish issiqsevar, ko’p yillik ekin bo’lib, 7-8 oy davomida o’rtacha harorat 150S dan pasaymaydigan, vegetatsiya davridagi yillik ijobiy harorat yig’indisi 5000-60000Sga teng bo’lgan sharoitda o’sadi. Ayni paytda u sezilarli namlikni ham talab etadi. Shu tufayli ham shakarqamish faqatgina tropik, subtropik hamda musson iqlimli mamlakatlarda iqlimlashtiriladi. Uning deyarli barcha hosili (1 mlrd t atrofida) rivojlanayotgan mamlakatlarda, shuningdek Xitoy va Kuba hissasiga to’g’ri keladi.
Qand lavlagi tipik bir yillik mo’’tadil mintaqa o’simligi, bo’lishi bilan bir qatorda agroiqlim sharoitlariga yuqori talab qiluvchi ekindir. U asosan aholi zich joylashgan intensiv qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan rayonlarda ekiladi. Uning yalpi hosili dunyo bo’yicha 300 mln.t. ni tashkil etib, asosan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Qand lavlagi yetishtiriladigan asosiy mamlakatlar-Rossiya, Ukraina, Xorijiy Yevropa (Frantsiya, GFR, Polsha, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya), va Shimoliy Amerika (AQSh va boshq) mamlakatlaridir.
Jahonda yiliga taxminan 100 mln.t. dan ortiq qand-shakar ishlab chiqariladi. Jahon bozoriga har yili taxminan 30 mln.t. qand-shakar yetkazib beriladi. Bu asosan shakarqamish qandi bo’lib, Braziliya, Kuba, Avstraliya, Mavrikiya kabi davlatlardan xorijiy Yevropaga, AQSh, MDH davlatlariga, Xitoy, Yaponiyaga, Osiyoning «yangi industrial» mamlakatlariga, ya’ni uning qadoqlanishi amalga oshiriluvchi mamlakatlarga jo’natiladi. Lavlagi qandi halqaro savdoga juda kam miqdorda chiqariladi.
Quvvat beruvchi ekinlarga choy, kofe hamda kakao kiradi. Choyning vatani Xitoy bo’lib, VII-X asrlardan Xitoydan Yaponiyaga o’tdi. Choy Yevropada XVII asrdagina ma’lum bo’lgan. XIX asrda choy plantatsiyalarining Hindistonda so’ngra Seylonda (Shri-Lanka) Hamda Keniyada paydo bo’lishiga olib keldi.
Kofening vatani Efiopiya tog’lari bo’lib, bu yerlarda mazkur ekin turini taxminan ming yillar ilgari yetishtirila boshlangan. Uning nomlanishi ham Efiopiya provintsiyasi hisoblangan. Kafa nomidan olingan deb hisoblanadi. XI asrda kofe Yamanga keltirilib, undan Mox porti orqali Yevropaga olib ketilgan. Shu bois ham uzoq vaqt kofeni «mokko» deb ataganlar. O’rta asr oxirlariga kelib kofeni Italiyada, Frantsiyada, Angliya Niderlandiyasida, shuningdek boshqa Yevropa mamlakatlarida iste’mol qila boshlaganlar. O’sib borayotgan talabni qondirish maqsadida uni maxsus plantatsiyalarda yetishtira boshladilar: shunday plantatsiyalardan dastlabkisi Yava orolida XVII asrda gollandiyaliklar tomonidan asos solingan. XVIII asr boshlarida bir qancha kofe doni taqdir taqozasi bilan Frantsuz Gvianasiga va u yerdan Braziliyaga kelib qoladi va o’zining ikkinchi vatanini topdi.
N.I.Vavilov kakao vatani deb Meksika tog’larini hisoblaydi. XIX asr boshlarida ushbu ekin va undan olinadigan shokolad avvalo Ispaniyada so’ngra esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida ma’lum bo’ldi. So’ngra kakao plantatsiyalari Gvineya qo’ltig’i qirg’oqlarida tashkil etildi. Jahonda kofe ishlab chiqarish yiliga 6 mln t. ni tashkil etadi. Jahonda 10 ta choy yetishtiruvchi mamlakatning 8 tasi Osiyoda, 10 ta kofe yetishtiruvchi mamlakatning 5 tasi Amerikada, 4 tasi Afrikada, 4 tasi Amerika va 2 tasi Osiyoda joylashgan. Ayni paytda choyni eng ko’p Hindiston, kofeni Braziliya, kakaoni Kot-d Ivuar eksport qiladi. Lekin ularning asosiy iste’molchilari AQSh, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya hisoblanadi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish