Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi



Download 7,61 Mb.
bet39/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

Avtomobil transporti. Avtomobil (grekcha autos-o’zi, lotincha mobilis-xarakatlanadigan, yuradigan) transporti yuk va yo’lovchi tashishda muhim ahamiyatga ega. Avtomobil transporti quyidagilarni o’z ichiga oladi: harakatdagi avtomobillar, avtomobil yo’llari, yoqilg’i bilan ta’minlash korxonlari, ta’mirlash korxonalari, avtovokzallar va x.k lar.
Hozirgi paytda avtomobillarning turli xillari moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida va turmushda ishlatiladi. Moddiy ishlab chiqarishda og’ir yuk ko’taradigan avtomobilllar, avtopoezdlar, yo’lovchi tashishda esa avtobuslar, yengil mashinalar ishlatilmoqda. Bundan tashqari maxsus avtomobil transporti ham bor. (tibbiyot, oziq-ovqat, harbiy, ilmiy va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan). Yo’llar avtomobil transportining asosiy tarkibiy qismidir. Yo’llar qattiq qoplamali va gruntli bo’ladi. Ikki tomonlama avtomobil harakati uchun yaroqli bo’lgan keng yo’lga avtostrada deb ataladi. Bu yo’llarning muayyan bir joylarda yon ko’chalardan qo’shiladigan kirish va chiqish joylari viaduklarda yoki tunellarda bo’ladi va avtostrada bilan kesishmaydi. Juda katta masofaga cho’zilgan avtostrada trakt deb ataladi. Qattiq qoplamali yo’llar shosse deb ataladi, tor texnik ma’noda shosse tosh yo’lni anglatadi. Qattiq qoplamali bo’lmagan, avtomobil va ot-arava yurishi uchun yaroqli bo’lgan yo’llar grunt yo’llar deb ataladi.
Avtomobil transportining yuk aylanmasi bo’yicha AQSh birinchi, Rossiya ikkinchi o’rinda turadi.
Avtomobil transportining afzalliklari quyidagilardan iborat:
a) Sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarini magistral transport yo’llari va vositalari bilan bog’laydi;
b) shaharlardagi va shahar atrofidagi yuklarning asosiy qismini tashiydi.
v) qisqa (100 km) va uzoq masofalarda yuk tashishga qulay;
g) yuklarni yo’llarda tushirib-ortmaydigan, bevosita iste’molchiga yetkazib bera oladi.
2.Suv transporti.
Suv transporti dengiz va daryo transport tizimining juda muhim tarkibiy qismi bo’lib, usiz dunyo xo’jaligi normal rivojlana olmagan bo’lar edi. Uning hissasiga dunyo yuk aylanmasining 62 foizi to’g’ri keladi va u halqaro savdoning 4/5 qismiga xizmat ko’rsatadi. Dengiz kemalari asosan ommaviy yuklarni-quyib tashiladigan, suyuq (neft va neft mahsulotlari), uyib (qoplamasdan) va to’kib ortiladigan (ko’mir, ruda, don, fosforit v.b.) yuklarni tashiydi. Odatda bu yuklar 8-10 ming km masofaga tashiladi. Dengiz transportida «konteyner inqilobi» asosiy yuklar-tayyor buyumlar, yarim fabrikat, oziq-ovqatlarni tashishning tez ko’payishiga olib keldi.
Geografik nuqtai nazardan dunyo dengiz trassasi quruqlik transportidan tubdan farq qilib, unda asosiy o’rinni yo’l turi va uzunligi emas, balki dengiz kemalari borib va chiqib keta oladigan portlar, dengiz kanallar, bo’g’izlar turlari, tarmoqlarning mavjudligi, yirik daryolar quyi oqimlarning (estuariy) qulayligi kabi shart-sharoitlar hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Hozirgi dengiz kemachiligida yuk tashishni tashkil etishning tramp va muntazam (liniyali) shakllari mavjud. Tramp (inglizcha tramp-daydi) kemachiligida kemalar yuk borligiga qarab turli yo’nlishlarda ishlaydi va yuk tashish bahosi fraxt stavkasi ko’rinishida bo’ladi. Muntazam (liniyali) kemachilikda esa kemalar ma’lum doimiy liniyalarda jadval bo’yicha potrlarga boradi va ketadi, yuklarni ortadi-tushiradi. Bunda yuk tashish bahosi tarif bilan belgilanadi. Tramp kemalarda asosan ommaviy, reysli (muntazam) kemalarda esa asosiy yuklar tashiladi. Shu sababli tramp kemasozligida yuk tashish hajmi muntazam yuk tashish shaklidagidan ancha ko’pdir. Dunyoning muntazam tramp kemachaligida besh asr mobaynida birinchi o’rinni (2g’3) Atlantika okeani egallab kelmoqda. Bunga okean qirg’oqlari morfologiyasi, ularning parchalanganligi va kemachilik uchun qulayligi, dengiz bo’yi rayonlarining ko’pchiligida yuqori aholi zichligi va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi, ularning esa bu yerdagi o’nlab mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan uzviy bog’liqligi, hamda eng qisqa dengiz yo’llarining mavjudligini ko’rsatish mumkin. Tinch okeani dengiz yuklarini tashish bo’yicha ikkinchi o’rinni (14) egallaydi, lekin Atlantika okeanidan ko’p darajada orqada turadi. Ammo bu okeanning potentsiali juda katta va uning qirg’oqlarida 2,5 mlrd dan ortiq aholisi bor 50 ta mamlakat joylashgan.
Hind okeani dengiz yuklarini tashish hajmi bo’yicha uchinchi o’rinni (1g’10dan ko’proq) egallaydi. Uning qirg’oqlarida aholisi 1 mlrd. dan ortiq 30 ta mamlakat joylashgan. Bu okeanda qudratli yuk oqimlari Fors qo’ltig’ida shakllandi.
Dengiz yuklari dunyo dengiz floti orqali tashiladi. Uning tarkibida 80 ming kema, shu jumladan, Yaponiyada 10 ming, MDH da 7,4 ming, AQSh da 6,4 ming kema bor.
Dunyo dengiz flotining umumiy hajmi (tonnaji) 420 mln.t. dan ortiqroqdir. 70-yillarning o’rtalarigacha uning katta qismi tankerga to’g’ri kelgan, hozir esa uning salmog’i pasaydi. 90 yillarning boshida umumiy tonnaji 30% tankerlarga (neft tashuvchi), 27% balkerga (ixtososlashgan ruda, ko’mir, yog’och, banan, avtomobil tashuvchi kemalar), 12% asosiy yuklarni, 7%i konteyner tashuvchi kemalarga to’g’ri keldi. Dunyo dengiz floti tarkibida aralash yuk tashuvchi, don-avtomobil tashuvchi, tanker-don tashuvchi, don-avtomobil tashuvchi v.b), siqilgan tabiiy gazni-1610S haroratda tashiydigan tanker-metan tashuvchi kemalar bor.
Dunyoda Liberiya va Panama eng katta flotga ega, ular hissasiga dunyo tonnajining qariyb 1/4 qismi to’g’ri keladi. Liberiyaning hozirgi floti Gretsiya, Buyuk Britaniya, Daniya, GFR, Niderlandiya va Shvetsiya kabi an’anaviy dengiz davlatlarining birgalikdagi flotiga taxminan tengdir. Keyinchalik Kipr, Bermud, Bagam orollari, Malta, eng so’nggi yillarda Vanuatu, Sint-Vinsent, Gibraltar ham shu yo’lga o’tdilar. Hozir «arzon bayroq» ostida suzayotgan kemalar soni 10 mingdan oshib ketdi. Lekin amalda ularning ko’pchiligi AQSh, Gretsiya, Buyuk Britaniya, GFR, Yaponiya va boshqa G’arb mamlakatlarining kema egalari va kemachilik kompaniyalariga qarashlidir. Masalan, AQSh «arzon bayroq» da suzayotgan dunyo dengiz flotining 1G’4 qismiga egalik qiladi. (ayniqsa, Liberiyada). Buning asosiy sabablari arzon ishchi kuchidan foydalanishga va dengizchilar ish haqi va kemalar xavfsizligi xarajatlarini ancha tejashga, yuqori soliq to’lashdan qochishdan iborat.
Dunyoda 3 mingga yaqin port bor, yillik yuk aylanmasi 50 mln. t. dan ortiq gigant-portlarning («dunyo portlari») soni 30 taga yaqin. Mahalliy va halqaro kabotajda ishtirok etadigan katta portlar 2,2 mingga, shulardan 900 tasi Yevropada, 500 dan ko’prog’i Amerikada, 400 ga yaqin Osiyoda joylashgan.
«Birinchi o’nlik» portlar xissasiga dunyodagi barcha portlar yuk aylanmasining 1G’10 qismi to’g’ri keladi. Ularning 6 tasi Osiyoda, 3 tasi Yevropada, 1 tasi Amerikada joylashgan. Shunday portlarning 8 tasi Yaponiyada, 7 tasi AQSh da, 2 tasi Frantsiyada, 1 tadan boshqa mamlakatlarda joylashgan. Yuk ombori 20 dan 50 mln.t.gacha bo’lgan portlar 50 taga yaqin bo’lib, ularning eng ko’pi AQSh (6) va Italiyada (6), so’ngra Buyuk Britaniya (3), Frantsiya (3), Yaponiyada (3) joylashgan. Bu toifadagi portlarga, shuningdek, Yevropada Amsterdam, Gdansk, Gdinya, Bremen, Giteborg, Osiyoda-Bombey, Bangkok, Dalyan, Sindao, Afrikada, Aleksandriya, Amerikadagi Monreal, Buenos-Ayres, Rio-de-Janeyro, Avstraliyada-Sidney, Rossiyada-Novorossiysk (45 mln.t) kiradi.
Ixtisoslashgan portlar ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Ularning eng yiriklari neft eksportiga bog’liq holda paydo bo’ldi va Fors qo’ltig’ida joylashgan. Bular Ros-Tonnura (Saudiya Arabistoni), Min-El-Axmadi (Quvayt), Xark (Eron) bo’lib, ba’zan ularning yuk aylanmasi maksimal darajaga yetganda Rotterdamdan ko’proq bo’ladi. Eng yirik neft eksporti portlari qatoriga Nigeriyadagi Es-Sider, Indoneziyadagi Dumay, Alyaskadagi (AQSh) Valdiz kiradi. So’nggi yillarda ruda tashuvchi kemalarni qabul qiladigan Braziliyaning Tubaran porti dunyoning eng yirik portlari hisoblanadi.
Dunyo dengiz transporti geografiyasiga xalqaro dengiz kanallari va dengiz bo’g’izlari katta ta’sir ko’rsatadi. Dunyoning eng yirik kemalari qatnaydigan dengiz kanallari Suvaysh, Panama, Kil (GFR), Buyuk (Xitoy), Qirg’oq (AQSh), Oq dengiz-Baltika va Volga Don (Rossiya). Suvaysh kanali (Misr) 1858-1869 yillarda qurilgan. U shimoldan-janubga Port Saiddan Qizil dengizdagi Suvayshgacha davom etadi. Uzunligi 161 km, chuqurligi 12,5-13 m, eni 12-130 m, Shlyuzlarsiz ishlaydi. XX-asrning 50-70 yillarda kanalda yuk tashish ikki marta to’xtab qoldi. Birinchi marta bu 1956-1957 yillarda Misr kanalini natsionalizatsiya qilganda (kanal Frantsiya va Angliyaga qarashli bo’lgan), unga qarshi bu mamlakatlar agressiya (urush) qilganda, kanal vaqtincha ishlamagan. 1967-1975 yillarda arab-isroil urushi tufayli Suvaysh kanali ikkinchi marta uzoq vaqtga ishlamadi. 1975 yil 5 iyunda kanal ochilgach, unda yuk va kema aylanmasi yana qaytadan tez rivojlandi. 90- yillarning boshida kanaldan 20 ming kema o’tgan va 350 mln.t. yuk tashilgan. Kanal kengaytirilib, chuqurligi 20 metrgacha chuqurlashtirildi.
Panama kanali Panama bo’ynining eng past joyidan Panama mamlakati hududida qurilgan. XIX asrning o’rtalarida Buyuk Britaniya va AQSh kanal qurish xaq-huquqi uchun kurashishdir. Ziddiyatdan Frantsiya foydalanib, kanal qurilishini 1879 yilda boshlab yubordi, lekin frantsuz kompaniyasi inqirozga uchradi va kanal qurish inqirozga uchradi va kanal qurish huquqi 1901 yilda AQShga o’tdi. (ingliz-amerika shartnomasiga binoan). 1904-1914 yillarda AQSh kanalni qurib bitkazdi. Kanalning uzunligi 82 km, eni 150-305 m, chuqurligi 12,5 m, shlyuzlar soni 12, o’tadigan kemalar tonnaji 65-70 ming t, yillik yuk aylanmasi 1 sutkada 40 kema, kemalarning suzib o’tadigan vaqti 8 soat. Kanal trassasining yarmi Gatun ko’li orqali o’tadi.
1903 yilda AQSh va Panama o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq maydoni 1,4 ming kv.km. bo’lgan Panama kanali zonasi to’liq AQSh yurisdiktsiyasiga o’tgan. Panamaliklar uzoq vaqt mobaynida kanal zonasini qaytarib olish uchun kurashdilar. 1977 yilda 1903 yildagi shartnomani Panamaga berish to’g’risida yangi shartnoma tuzdilar.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish