Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Atrof-muhitning antropogen omillar ta’sirida ifloslanishi



Download 7,61 Mb.
bet19/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

8.Atrof-muhitning antropogen omillar ta’sirida ifloslanishi.
Atrof-muhitning ifloslanishi uning xususiyatlarining inson tomonidan tabiatga chiqarib tashlangan turli moddalar va birikmalar ta’sirida nomaqbul o’zgarishidir. Bu o’zgarish kelajakda litosferaga, gidrosferaga, atmosferaga, o’simlik va xayvonot dunyosiga, binolar, inshootlar, buyumlar hamda odamning o’ziga ham zararli ta’sir etishi mumkin va ta’sir qiladi. Bu hol tabiatning o’z-o’zidan tiklanish xususiyatini yo’qotadi.
Atrof-muhitning inson tomonidan ifloslanishi uzoq tarixga ega. Hatto qadimgi Rim aholisi Tibr daryosi suvining ifloslanganidan shikoyat qilgan edi. Atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qonunlar o’rta asrlardayoq paydo bo’lgan.
Atrof-muhitni ifloslovchi asosiy manba insoniyat jamiyati tomonidan qayta ishlash va iste’mol jarayonida hosil bo’ladigan benihoya ko’p chiqindilarning tabiatga qaytarilishidir. Tabiatga kimyo sanoatida hosil qilingan va tabiat uchun begona bo’lgan moddalar va birikmalarning tushirilishi ayniqsa xavflidir.
Tuproq qoplamining ifloslanishi qurilishlar va konlar qazib olish jarayonida ishdan chiqqan millionlab gektar yerlar vujudga kelishi natijasida ro’y beradi. «Bedlend»(«buzilgan yerlar») deb ataluvchi hosildorligini butunlay yoki deyarli butunlay yo’qotgan yerlar quruqlik yuzasining 1% tashkil etadi. Ifloslanishga sabab bo’luvchi yanada muhimroq narsa sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilaridir. Asosiy ifloslovchi moddalar metallar va ularning birikmalari, o’g’itlar, kimyoviy zaharli moddalar, radioktiv moddalardir. Bularning to’planishi tuproqlarning kimyoviy tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Uy-ro’zg’ordan chiqadigan axlatlar uyumlari tobora murakkab masalaga aylanib bormoqda. G’arbda hozirgi zamonga baho berganda uni «axlatxona madaniyati» deb bekorga aytishmaydi.
Gidrosfera avvalo daryolar, ko’llar va dengizlarga sanoat, qishloq xo’jaligi va uy-ro’zg’or chiqindi suvlarini tushirish oqibatida ifloslanadi. 90-yillarning boshiga kelib butun dunyodagi tashlama suvlarning umumiy hajmi yiliga 1 ming km3 dan yoki butun yer yuzidagi toza suvning 5 % idan oshib ketdi. Ifloslangan suvga o’n baravar ko’p toza suv qo’shish kerakligini hisobga olsak, aslida 10 ming km3 suv ifloslangan bo’ladi. Olimlarning hisoblariga ko’ra XX asr oxirida chiqindi suvlariga qo’shish uchun 20-25 ming km3 toza suv yoki aslida foydalanish mumkin bo’lgan hamma chuchuk suv talab qilinadi!
Bundan ma’lumki, chuchuk suv muammosining keskinlashuvi suvni daryolardan olish masalasida emas, chiqindi suvlarning ko’payib ketishidadir.
Reyn, Dunay, Sena, Tibr, Missisipi, Ogayo, Volga, Dnepr, Don, Dnestr, Nil, Ganga va boshqa daryolar juda ifloslanib ketgan daryolar hisoblanadi. Dunyo okeani ham ifloslanib borayapti, uning tozaligiga sohillardan ham, suv yuzasidan ham, suv ostidan ham, daryolar va atmosferadan ham ifloslovchilar xavf solayapti. Okeanlarga har yili 100mln tonnagacha chiqindilar tushayapti. Bunda ayniqsa ichki va chekkadagi dengizlar-O’rta dengiz, Shimoliy Irlandiya, Boltiq, qora, Azov dengizlari, Yaponiya, Yava, Karib ichki dengizlari, shuningdek, Biskay Fors, Meksika va Gvineya qo’ltiqlari ayniqsa kuchli ifloslangan.
O’rta dengiz-Erdagi eng katta ichki dengiz bir qancha buyuk madaniyatlar beshigi bo’lgan. Uning qirg’oqlariga 18 mamlakat tutashgan sohillarida 130 mln, odam yashaydi,260 ta port bor.
Bundan tashqari, O’rta dengiz jahon kemachiligining asosiy yo’llaridan biri: dengizda bir vaqtning o’zida uzoqqa qatnaydigan 2,5 ming kema va 5 ming kabotaj kemasi suzib yuradi. Bu dengiz yo’lida yil davomida 300-350 mln, tonna neft tashiladi. Bularning natijasida O’rta dengiz 60-70 yillarda Yevropaning asosiy kir o’rasiga aylanib qolay degan.
Faqat ichki dengizlargina ifloslanib qolmasdan okeanlarning o’rta qismlari ham ifloslanib borayapti.
Okeanlarning chuqur botiqlariga ham xavf ortib bormoqda, bunday joylarga zaharli va radioktiv moddalarni tashlash hollari bo’ladi.
Lekin okeanlar uchun neftdan ifloslanish alohida xavf tug’dirmokda. Har yili Dunyo okeanidan neft qazib olish, tashish va qayta ishlash natijasida 6 mln tonnadan 16 mln tonnagacha neft tushadi. Kosmik rasmlardan ma’lum bo’lishicha, dunyo okeani yuzasining qismidan ortig’i neft pardasi bilan qoplangan. Neft pardasi bug’lanishini kamaytiradi, planktonning rivojlanishi okean bilan atmosferaning o’zaro aloqalarini chegaralaydi. Neft bilan Atlantika okeani eng ko’p ifloslangan. Okeanlardagi yuza oqimlar iflos (chiqindilarning) katta masofalarga tarqalishiga sabab bo’ladi.
Atmosfera sanoat, transport va boshqa yoqish ishlari natijasida ifloslanayapti. Bular birgalikda atmosferaga har yili milliardlab tonna qattiq va gazsimon zarralar chiqarib tashlaydi. Atmosferani asosan uglerod oksidi (SO) va oltingugurt gazi. (SO2) ifloslaydi, bular asosan mineral yoqilg’ilar yoqilganda chiqadi. Atmosfera havosini yana oltingugurt azot, fosfor oksidlari, qo’rg’oshin, simob, alyuminiy va boshqa metallar ham ifloslaydi.
Oltingugurt gazi kislotali yomg’ir hosil bo’lishining asosiy manbai ekanligini siz bilasiz. Bunday yomg’irlar Yevropa va Shimoliy Amerikada ayniqsa tez-tez yog’ib turadi. Kislotali yomg’irlar hosidorlikni kamaytiradi, o’rmonlarni quritadi, chuchuk suvlardagi hayotni o’ldiradi, binolarni buzadi, kishilar sog’ligiga yomon ta’sir qiladi.
Misol. Asosan Buyuk Britaniya va Germaniyadan keladigan kislotali yomg’irlar ta’sirida Skandinaviyadagi 20 ming ko’lda ham hayot tugadi. Ulardagi losos, forel va boshqa baliqlar yo’qoldi. G’arbiy Yevropadagi ko’p mamlakatlarda o’rmonlar ko’plab qurib qolmoqda. O’rmonlarning bunday qurishi Rossiyada ham boshlangan.
Kislotali yomg’irlar ta’siriga tirik organizmlargina emas balki toshlar ham bardosh bera olmaydi.
Havodagi harakatlar (shamollar) natijasida havoning ifloslanishi
butun jahon miqiyosida yoyilmoqda. Ozon pardasining buzilishi insoniyat uchun yana ham xavfliroq oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin. Chunki ozon pardali hayot uchun zararli bo’lgan ultrabinafsha nurlarni ushlab qoladi va quyoshning qisqa to’lqinli nurlarini kamaytiradi



Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish