5. Jahonda sho’r va chuchuk suv resurslar nisbati.
Suv-ona tabiat go’zalligi, uning eng oliy boyligidir. Suv bu hayotning asosi hamdir.
Bundan bir necha milliard yil avval yerda suv bo’lmagan. Gidrosferaning vujudga kelishi juda sekinlik bilan yuz bergan. Er mantiyasidan suv bug’larining yuzaga chiqish natijasida sayyoramizda suv tarkib topgan.
Gidrosferaning jami hajmi 1,5 mlrd kub km dan ko’proq. Shuncha suvning 94 % i Dunyo okeanida jamlangan. Gidrosferaning 60,000 kub km (4 %) yer osti suvlariga to’g’ri keladi, shundan 4000 kub km chuchuk yer osti suvlaridan iborat. Gidrosferaning uchinchi bir qismi qutblardagi muzliklar hisoblanadi, ularda 24 mln kub km (1,6 %) suv mavjud.
Er usti chuchuk suvlari unchalik katta miqdorda emas taxminan 360 ming kub km (0,25 %), shundan 278 ming kub km ko’llarda.
Er sharida suvlikning asosiy qismi Dunyo okeanida to’plangan. Shuni unutmaslik kerakki ushbu suv kuchli sho’rlangan bo’lib nafaqat ichish uchun balki texnologik extiyojlar uchun ham yaroqsiz.
6.Chuchuk suvdan foydalanish muammolari.
Gidrosferaning jami hajmining 3 % ini tashkil etuvchi chuchuk suv iste’molida aholi, sanoat, qishloq xo’jaligi birlamchi rol o’ynaydi. Planetamiz bo’yicha chuchuk suv bilan notekis taqsimlangan.
Masalan: Afrikada aholining 10 % i muntazam chuchuk suv bilan ta’minlangan bo’lsa, Yevropada bu ko’rsatkich 95 % ni tashkil etadi.
Ayniqsa tropik mamlakatlarda ichimlik suvining tozaligi muammosi jiddiy muammo bo’lib turibdi. Jumladan 50 mln ga yaqin afrikaliklar meditsina-sanitariya normalariga yaroqsiz bo’lgan ichimlik suvidan foydalanib kelmoqda.Natijada Afrika materigida 80 % kasalliklar sanitariya-gigiena sharoitlariga javob bermaydigan ichimlik suvlari bilan bog’liqdir.
Daryo o’zanlarida bir vaqtning o’zida o’rtacha 1200 kub km suv mavjud bo’ladi, yillik suv sarfi esa 40000 kub km ga teng.
Daryo suv resurslari qit’alar bo’yicha notekis taqsimlangan. Yevropada jon boshiga yiliga 4,76 ming m3, Osiyoda 5,16, Afrikada 9,30, Shimoliy Amerikada 44,3, Avstraliya va Okeaniyada 93,5 m3 suv to’g’ri keladi. Butun Dunyo bo’yicha har bir kishiga o’rtacha 9,1 ming m3 suv to’g’ri keladi. Osiyoda, chunonchi Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida suv bilan ta’minlanishi nihoyatda oz (1000 m3 dan kam).
Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra hozirgi 2 mlrd aholi toza ichimlik suvi bilan to’la ta’minlangan.
Daryo suvlari sug’orishga eng ko’p sarflanadi. Hisob kitoblarga ko’ra 240 mln ga sug’oriladigan yerga har yili 2810 kub km suv sarflanadi. (bunda 1 t mahsulot yetishtirish uchun 2640 m3 suv ishlatilish asos qilib olingan)
Kundalik madaniy-maishiy va xo’jalik ishlarida ham suv ko’p miqdorda sarflanadi.
Shaharlarda kommunal xizmatlar uchun sutkasiga har bir kishi 400-500 l suv ishlatadi.
80- yillarning boshlarida butun dunyoda xo’jalik maishiy xizmatlar uchun 192 kub km suv sarflangan, yangi asr boshida bu raqamning aholi soni oshishi hisobiga 480 kub km ga ko’tarilish taxmin qilinmoqda.
Dunyoning Parij, Tokio, Nyu-York, Mexiko kabi shaharlarida aholi sonining ko’payishi, yangi sanoat korxonalarning qurilishi bilan chuchuk suvdan foydalanish hajmini oshirib yubordi. Ko’pgina yirik shaharlarda vodoprovodlar sutkaning ma’lum vaqtlarida ishlaydi. (Singapurda esa chuchuk suvdan foydalanishda kartochkalar joriy qilingan).
Sanoat korxonalari va issiqlik elektrostantsiyalari ham quvvatining kattaligiga qarab ma’lum miqdorda suv oladi. Chunonchi, 1 t cho’yan tayyorlash uchun 40-50 kub metr, prokat uchun 10-15 m3, mis uchun 500 m3, nikel uchun 4000 m3 suv sarflanadi.
Ayniqsa, 1 t viskozali ipak uchun 1000 m3, sintetik tola va plastmassa uchun 2500-5000 kub metr suv kerak.
Daryolarning chuchuk suv hajmi 44230 kub km. Shuncha miqdordagi suv insoniyat uchun hali yetarli. Lekin bu suv xo’jalik faoliyati natijasida ifloslanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |