11-mavzu: Dehqonchilik geografiyasi
Reja:
1.O’zbekiston Respublikasining chorvachilik geografiyasi
2. G’allachilik.
3. Paxtachilik.
4. Kartoshka yetishtirish.
5. Bog’dorchilik va uzumchilik.
Tayanch so’zlar:
Agrar munosabatlar, agrar islohotlar, qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish, ixtisoslashtirish, ekin maydonlari, yalpi hosil, hosildorlik agroiqlim resurslari, agrofirma, agrobiznes ,intensiv bog’dorchilik, issiqxona xo’jaligi,mulkchilik shakllari.
O’zbekiston qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i hisoblanadi. Uning yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotidagi ulushi, iqlim sharoitiga bog’liq holda, 50-55 foizni tashkil qiladi.(2018yilda-52,5% bo’lgan) Mustaqillikning dastlabki yillarida dehqonchilikning o’sishi past bo’lgan, ya’ni mahsulot yetishtirish avvalgi yilga nisbatan hisoblanganda, 100 foizdan oshmagan. Qizig’i shundaki, bu yillarda dehqonchilik ko’rsatkichlari chorvachilik o’sishidan orqada bo’lgan. Faqat 1995-yilga kelib, uning oldingi yilga nisbatan o’zgarishi 105,6 foizni, chorvachilikniki esa 97,4 foizni tashkil qilgan. Biroq, 1996 yil yakunlari yana oldingidek, 100 % dan kam bo’lgan. 1997 yildan keyingi davrda dehqonchilik ko’rsatkichlari barqaror o’sib borgan, faqat 2003 va 2010- yillarda ular chorvachilikka qaraganda pastroq bo’lgan (103,4 va 113,3 %). Dehqonchilik o’sishining eng yuqori sur’ati 2004-yilda kuzatiladi:111,6 %, chorvachilik - 105,9 %, qishloq xo’jaligi mahsulotining umumiy ko’rsatkichi - 108,9 %. Shu o’rinda aytish joizki, agroiqtisodiyot rivojlanishining maksimal yuqori ko’rsatkichi ham ayni mazkur yilga to’g’ri keladi.
2013-yilda jami qishloq xo’jalik mahsuloti oldingi yilga nisbatan 106,8 foizga teng bo’lgan holda, dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 106,4 foizni, chorvachilik - 107,4 foizni , 2017-yilda 101,9 foizni tashkil qilgan. 2012-yilda ekilgan qishloq xo’jalik ekinlarining tarkibi quyidagicha bo’lgan (ming ga hisobida):Jami ekin ekilgan yerlar 3628,1 yoki 100,0 %;shu jumladan: boshoqli don ekinlari 1628,1 yoki 44,9 %, paxta 1308,3 yoki 36,1 %, sabzavot 183,8 yoki 5,1 %, kartoshka 76,1 yoki 2,1%, poliz ekinlari 53,7 yoki 1,5 %, ozuqa va boshqa ekinlar 378,1 yoki 10,3 % ni,tashkil etgan bo’lsa, 2017-yilda esa jami ekilgan yerlar 3474,5 (ming gektar) yoki 100%; shu jumladan boshoqli don ekinlari 1512,6 yoki 43,5%, paxta 1201,2 yoki 34,6%, sabzavot 189,7 yoki 5,5%, kartoshka 78,8 yoki 2,3, poliz ekinlari 52,3 yoki 1,5%, ozuqa va boshqa ekinlar 243,4 yoki 7,0%ni tashkil etgan.
2018-yilda esa jami ekilgan yerlar 3 396,0 (ming gektar) yoki 100%; shu jumladan don ekinlari 1643,2 yoki 48,3% , paxta 1108,2 -32,6%, sabzavot , kartoshka,poliz ekinlari birgalikda 359,6-10,% , ozuqa ekinlar 242,7-7,1% ni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |