Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Арон P .
Демократия и тоталитаризм. М., 1993. - С. 231.
77


da Stalin diktaturasi, Xitoyda “madaniy inqilob” deb nomlangan 
davrdagi mafkuraviy terror, Kambodjadagi Pol-Pot diktaturasi, 
Chilidagi Pinochet totalitarizmi va boshqalar.Totalitarizm ijtimoiy 
turg‘unlik va regressiya, fuqarolar passivligini paydo qilishini, dav­
lat va partiya apparatini degradatsiyaga, ma’naviy aynishga olib 
borishini yuqorida qayd etilgan mamlakatlar tarixi yaqqol isbotladi.
Davlatning jam iyat siyosiy hayotidagi funksiyalari. Davlat 
jamiyatning siyosiy hayotida muhim funksiyalami amalga oshi- 
ruvchi asosiy ijtimoiy institut hisoblanadi.
Davlat jamiyatning mahsuli sifatida yuzaga kelib, unga nisbatan 
boshqaruvchi tizimga, unda ro ‘y beruvchi barcha eng muhim ja- 
rayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga aylanadi. Davlat hech qachon 
inert ko'rinishda namoyon boMmaydi, u doimo harakatda boMadi. 
Bu faol harakat uning yashash tarzi hisoblanadi. Bu bevosita dav­
latning tabiati va mohiyatidan kelib chiqadi.
Davlat faoliyati sohalari jamiyatda yuzaga keladigan munosa­
batlar kabi turli xil ko‘rinishda boMgani sababli, davlat nazariya­
si oldida uning sinfiy va umuminsoniy mohiyati hamda ijtimoiy 
ahamiyati aks etuvchi va konkretlashuvchi uning ichki va tashqi 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash muammosi turadi. 
Shu bilan birga, davlatning funksiyalarida faqat uning mohiyati aks 
etadi, deb o‘y!ash ham noto‘g ‘ri boMadi. Chunki siyosiy hukmron- 
lik vaziyatida, davlatni boshqarish xususiyatidan kelib chiquvchi 
vazifa va funksiyalar paydo boMadi. Asosiy yo‘nalishlami ajratish 
bu, umuman davlat faoliyatini (biroq uning organlari faoliyatini 
emas) “maydalash” demakdir. Bosh y o ‘nalishlar - davlat faoli­
yatining ijtimoiy muhim tarmoqlari boMib, ulami amalga oshirish- 
ga uning biror-bir alohida bo‘gMntari emas, balki barcha organlari 
jalb qilinadi. Aks holda jamiyatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati 
funksiyalarda o ‘z aksini topmaydi, oxir-oqibatda esa, “davlatning 
funksiyasi” kategoriyasi o ‘zining nazariy va amaliy m a’nosini 
yo'qotib, mavhum (quruq muhokamaga asoslangan) bir tushuncha- 
ga aylanadi.
Davlat funksiyalarining asosiy belgilari, ularning davlat mo- , 
hiyati va ijtimoiy vazifalari bilan bevosita bogMiqligi, m a’lum ta-
78


rixiy bosqichlarda turlicha boMadigan, davlatning oyoqqa turish, 
mustahkamlanish va rivojlanish jarayonida o ‘zgarib boradigan va- 
zifalami davlat m aqsadlarida hal qilishga y o ‘naltirilganidan iborat 
boMishi um um iy qabul qilingandir.
H ar bir jam iyatning tabiatidan kelib chiquvchi funksiyalarga 
davlat faoliyati bu jam iyat m avjudligining tabiiy shart-sharoitla- 
rini qoMlab-quvvatlashga doir barcha y o ‘nalishlari kiradi va ular 
ham ichki, ham davlatlararo m iqiyosda fan-texnika inqilobi sha­
roitida aynan shu funksiyalam ing aham iyati yanada oshib bora- 
yotir. Bunga m isol tarzida ekologik m uvozanatni saqlash zarurati; 
kasalliklar (shu jum ladan, OITS)ga qarshi kurash; alohida mam- 
lakatlarning manfaatlari doirasiga sig‘maydigan muammolami 
hal qilishda xalqaro m adaniy va ilmiy-texnik ham korlik (koinotni 
o ‘zlashtirish, jahon okeani resurslarini o ‘rganish va ulardan foyda- 
lanish, atrof-muhitni m uhofaza qilish v a tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish, xalqaro standartlar va um um jahon radio kom m unika- 
tsiya aloqasini ishlab chiqish, transport vositalarini rivojlantirish va 
boshqalar).
Davlatning um um ijtim oiy faoliyati davlat ichidagi m unosabat 
va aloqalarning m a’lum darajadagi turg'unligi, uning yaxlitligi va 
umumiy (iqtisodiy, madaniy, m illiy va b.) m anfaatlar negizida bir- 
lashishini ta ’minlaydi. Um um ijtim oiy funksiyalam ing solishtirm a 
vazni nechog‘lik katta b o ‘lsa, davlatning ixtiloflami bartaraf etish, 
jam iyatda murosaga kelishish, ijtimoiy aloqalarni barqarorlashtirish 
vositasi sifatida tutgan o ‘m i shu qadar yuqori boMadi. Davlatning 
bunday o ‘m i uni o ‘z am aliy faoliyatida kuch va zo‘rlik ishlatish 
usullaridan voz kechishga m ajbur qiladi. U ko‘proq umumdemokra- 
tik, taraqqiyparvar institut va g‘oyalarga, jum ladan, huquqiy davlat 
g ‘oyasi, ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning hukm ronligi, in­
son huquqlariga rioya qilish, kam sonli m illatlam i him oya qilish, 
aholining davlat va jam iyat hayotida ishtirokining turli shakllari, 
o ‘z o‘zini boshqarish asoslarini qoM lab-quwatlash, m atbuot erkin- 
ligi va oshkoralik, fuqaroiam ing huquq va qonuniy manfaatlarini 
sud orqali himoyalashni ta ’m inlash v a shu kabilarga m urojaat qila 
boshlaydi.
79


Davlat funksiyalarini tasniflashda deyarli barcha olim lar ichki 
va tashqi funksiyalar mavjudligini tan oladi. Lekin shuning bilan 
birga h ar bir m u allif davlat funksiyalarini tasniflashda turli xil me- 
zonlam i asos qilib oladi.
K o‘pchilik olimlar, jum ladan, S.A.Komarov, A.V.Malkolar dav­
lat funksiyalarini quyidagicha tasniflash tarafdorlaridir:
— faoliyat sohalari bo'yicha;
— amal qilish davomiyligi bo‘yicha;
— ijtimoiy ahamiyati bo'yicha;
— am alga oshirishning huquqiy shakllari bo'yicha.
D avlat funksiyalarini amal qilish davomiyligi bo'yicha doimiy 
va m uvaqqat (vaqtinchalik) ga boMinadi.
Doim iy funksiyalar davlat m avjudligining va rivojlanishin- 
ing barcha bosqichlariga xos boMgan funksiyalar (masalan, iqti­
sodiy funksiya) kiritilsa, muvaqqat funksiyalarga davlat o ‘z oldiga 
qo'ygan muayyan maqsad va vazifalam i am alga oshirishi bilan o ‘z 
aham iyatini yo'qotadigan funksiyalar kiritiladi.
D avlat funksiyalarini am alga oshirishning huquqiy shakllari 
bo'yicha quyidagilarga boMish mumkin:
— huquq ijodkorligi;
— ijro etish;
— huquqni m uhofaza qilish.
Jam iyatni modernizatsiyalash va ijtimoiy dem okratik ta ­
raqqiyot. 
M odem izatsiya nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan 
boMsak ushbu jarayon X X asrning 50-60 yillarida shakllana bosh- 
laganini ko'rish mumkin.
“M odem izatsiya” so 'z i o 'z i nima?
M odemizatsiya, m odernizatsiyalash (fransuzcha modericatio, 
m odem e — yangi, zam onaviy) — jam iyatni zam onaviy talablar- 
ga muvofiq takom illashtirish m aqsadida xilma-xil o'zgarishlam i 
am alga oshirishdan i bo rat ijtim oiy-tarixiy jarayonni ifodalovchi 
tushuncha1.

Falsafa ensiklopedik lug’at:. Toshkent:. O ’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish