Nazarqosimov S.
Siyosiy barqarorlik. — Toshkent: Istiqlol, 2011. - B.101.
82
JAMIYAT MA’NAVIY HAYOTI
Jam iyatning m a’naviy hayoti.
Jam iyat k o ‘p o ‘lchamli tizim
boMib, uning mavjudligi va taraqqiy etishi nafaqat m oddiy asos-
ga, shu bilan birga m a’naviy shart-sharoitlar yaratish bilan ham uz-
viy bog‘liqdir. Jam iyatning m a’naviy hayoti o ‘z m ohiyatiga k o ‘ra,
kishilar faoliyati, o ‘zaro m unosabatlaridagi real jarayonlardir, ijti
m oiy hayot faoliyatining m uayyan usulidir, ongli ravishda ijimoiy
ishlab chiqarishning kengayishi v a kishilarning m a’naviy ehtiyoj-
larining qondirilishi bilan b o g ‘liq boMgan nisbatan mustaqil so-
hadir.
Jam iyatning m a’naviy hayoti kishilarning m a’naviy ishlab
chiqarish faoliyatlari, uning natijalari ham da m a’naviy ishlab
chiqarish jarayonida shakllanadigan aloqa va m unosabatlar nazarda
tutiladi.
M a’naviy ishlab chiqarish deb siyosiy va huquqiy mafkura, ax-
loq, san’at, fan, falsafa, din sohasida m a’naviy boyliklam i ishlab
chiqarishga aytiladi. U ning o 'z ig a xos tarixiy xususiyatlari bor.
M a’naviy ishlab chiqarish m uayyan m a’naviy ehtiyojlam i qondi
rish uchun, m uayyan m a ’naviy m aqsadlar uchun am alga oshiriladi.
Ijtimoiy ong ham m a’naviy ishlab chiqarish bilan uzviy bogMangan.
Chunonchi, ijtimoiy qarashlar, g ‘oyalar, nazariyalar ham m a’naviy
ishlab chiqarish mahsulidir.Demak, jam iyatning m a’naviy hayoti
deganda unda ishlab chiqarilgan xilma-xil qarashlar, g ‘oyalar na
zarda tutiladi.
Jam iyatning m a ’naviy hayoti o ‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega.
Uning asosiy elem entlari deganda:
a) m a ’naviy faoliyat
b) m a’naviy ehtiyoj
v) m a’naviy o ‘ziashtirish
g) m a’naviy m unosabatlar nazarda tutiladi.
83
M a’naviy faoliyat yoki m a’naviy ishlab chiqarish inson faoli-
yatining muhim ko‘rinishi b o ‘lib, kishilarning m a’naviy ehtiyoj
larini qondirishga qaratilgan narsalami yaratishni nazarda tutadi.
M a’naviy ishlab chiqarish insonning olam ga foal m unosabatini ifo
dalaydi:
M a’naviy ishlab chiqarish jam iyat hayotining boshqa barcha
sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy) ning yanada takom illashib bo-
rishiga xizm at qiladi.
M a’naviy ishlab chiqarish turli shakl va k o ‘rinishlardan iborat
bilimlarning shakllanishi va taraqqiyotiga xizm at qiladi.
M a’naviy ishlab chiqarish ijtimoiy fikm ing shakllanishiga xiz
m at qiladi. Bunda g 'oya, g ‘oyaviylik muhim o ‘rin tutadi.
M a’naviy ishlab chiqarish olam ni nazariy, ratsional bilish aso-
sida quriladi.
M a’naviy ishlab chiqarishda ijodning ustivorligi kuzatiladi.
M a’naviy ishlab chiqarish deganda ishlab chiqilgan g ‘oyalam i
jam iyat hayotiga yoyish ham nazarda tutiladi.
M a’naviy ishlab. chiqarish keng m a’nodagi tushuncha b o'lib,
ushbu jarayonda:
— obrazlar, g ‘oyalar, nazariyalar yaratiladi;
— insonning o ‘zi va jam iyat takom illashib boradi.
Ijtim o iy ong — ja m iy a t m a ’naviy hay o tin in g asosi. Jam iyat
ning m a’naviy hayoti asosini ijtimoiy ong tashkil etadi. Ijtim oiy
o n g - ijtimoiy borliqni m a’naviy aks ettiradigan ijtimoiy kayfiyatlar,
kechinmalar, his- tuyg'ular, qarashlar, g ‘oyalar va nazariyalam ing
m ajm uiga aytiladi. Binobarin, ijtimoiy ong jam iyam ing o ‘z-o ‘zini,
o ‘zining ijtimoiy borligini va uni qurshab turgan voqelikni anglash-
dir. Am m o bunda ijtimoiy borliq “birlamchi” v a ijtim oiy ong “ik
kilamchi” degan m a’i p kelib chiqmaydi. Ijtim oiy ong va ijtimoiy
borliqdan ancha keyin em as, balki bir vaqtda va u bilan b o g ‘liq hol
da paydo bo'lgan. Jam iyat ijtim oiy ongsiz shakllanmaydi, rivojlana
olmaydi. Ongning kuch-quw atisiz ijtimoiy borliq harakatsiz, hatto
o ‘lik narsaga aylanadi.
Inson va jam iyat m a’naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy
v a individual ongning roli kattadir. Chunki tabiat va jam iyatda yuz
84
berayotgan turli-tum an o ‘zgarishlar, har xil sohalardagi yangiliklar
fuqarolar ongida o ‘z aksini topadi. K ishilar ongiga ta ’sir etgan vo-
qea-hodisalarga nisbatan ular o ‘z qarashlarini, fikrlarini ifodalay-
dilar. A na shu ifodalash ijtim oiy va individual ong m ahsuli sifatida
namoyon b o ‘ladi.
Ijtimoiy ong obyektiv voqelikni aks ettiruvchi his- tuyg‘ular,
kayfiyatlar, kechinmalar, qarashlar, g ‘oyalar, nazariyalam ing maj-
muidir. Individual ong jam iyatda yashovchi, muayyan ijtim oiy
guruh, elat, millat, xalqqa m ansub boMgan aniq bir kishining on-
gidir. U ayrim bir kishining m iyasida obyektiv voqelikning aks
etishi jarayonida yuzaga keladigan his-tuyg‘ulari, kayfiyatlari, ke-
chinmalari, tasaw u rlari, tushunchalari, m ulohazalari, fikrlarining
yig‘indisidir. Ijtim oiy ong kishilardan tashqarida m avjud boMmay
di. Ijtim oiy ong “ inson- faoliyat-aloqa-bogManish - jam iyat-tarix-
til-madaniyat” tizim ida mavjuddir. Individual ong ham jam iyatdan,
tarixdan, insoniyatdan, madaniyatdan tashqarida m avjud boMa
olmaydi, bulardan tashqarida ayrim kishi fikrlay olm aydi. Shu
m a’noda har qanday Individual ong ijtimoiy xususuiyatga ham eg a
boMadi, y a ’ni ayrim likda um um iylik ham o ‘z ifodasini topadi.
Ijtim oiy ongning tuzilishi ijtimoiy m unosabatlar v a kishilar
faoliyatining turlariga m os boMadi, ba’zan ulardan ilgarilab ketadi,
ammo ba’zan ulardan ortda ham qolishi mumkin. Individual ong
ayrim sohalarda ijtimoiy ongdan o‘zib ketishi yoki orqada qolishi
mumkin.
Ijtim oiy ongning subyektlari faqat individualgina em as, balki ij
timoiy guruhlar, jam iyat hamdir. A gar ijtim oiy ongning sohibi faqat
individ boMganda, am alda individual va ijtim oiy ong o ‘rtasida farq
qolmasdi. Individual ong va ijtimoiy ong o'rtasidagi farqni tan ol-
maslik dogm atik v a volyuntaristik xatolarga olib keladi. Ijtim oiy
m unosabatlar qanchalik rivojlangan boMsa, kishilar faoliyati turlari
ham shuncha rivojlanadi. Ikkalasi o‘zaro dialektik bogMiq boMib,
bir-birini boyitib, toMdirib boradi.
Ijtim o iy o n g s tru k tu ra s i. Ijtim oiy ong o ‘z m ohiyatiga k o ‘ra
jam iyat m a’naviy hayotini o 'zid a m ujassam lashtirgan m urakkab
tizim iga ega boMgan ijtimoiy hodisadir. Ijtim oiy ongning struktu-
85
rasiga: a) ijtim oiy ong sohalari; b) ijtimoiy o n g darajalari; v) ij
tim oiy ong shakllari kiradi. Ijtim oiy ong sohaiariga kundaiik va
nazariy ong; darajalariga — ijtim oiy ruhiyat va ijtim oiy mafkura,
shakllariga-axloqiy, estetik, diniy, siyosiy, huquqiy ong kiradi.
Ijtim oiy ongni kishilar hayotida tutgan o ‘m iga qarab ikki qism-
ga ajratish mumkin:
— ijtimoiy psixologiya (ruhiyat);
— m afkura (ideologiya).
Ijtimoiy psixologiya kishilarning mehnat va kundaiik turmush
faoliyatida stixiyali ravishda vujudga keladi, uni sistemalashtirish
va nazariy jihatdan asoslash qiyin. U quyidagi xususiyatlari bilan
ajralib turadi:
— Kishilarning barqaror psixik holatlari (hissiy kechinmalari,
emotsiya, kayfiyati, urf-odatlar).
— Ruhiy hodisalar: odat, udum, k o ‘nikma; turli kechinmalar.
- R u h iy jarayonlar: taqlid qilish, ishontirish va shunga o ‘xshash
xususiyatlar.
— Sezgi, idrok, fahm, tasaw u r, tafakkur, g ‘oya (siyosiy, huquqiy,.
diniy, axloqiy belgilar) kabilar.
Ijtim oiy psixologiya ijtimoiy muhit, kundaiik turm ush sharoit-
lari ta’siri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. U m uayyan ijtimoiy
guruh, elat, xalq yoki m illatning odatlari, urflari, a n ’analari, yashash
tarzidan kelib chiqqan psixologik o ‘ziga xosliklarini aks ettiradi.
Ijtim oiy psixologiyaning yana bir xususiyati shuki, unda muayyan
bir hududdagi aynan sharoitlarda yashaydigan va bir-biriga bevo
sita ta ’sir qiluvchi bir necha elat, millatlarga m ansub kishilarning
ongidagi o ‘xshash xususiyatlar ham aks etadi. Bunga ba’zi m illat
vakillarining yashab turgan joylaridan ko‘chib ketishgani, ammo
yangi joyda ular ko‘pincha o ‘z m illatdoshlari tom onidan tushunil-
m agani, u yerda chiqishtirilmagani va nihoyat ularning yana ilgari-
gi hududga, m am lakatga qaytib kelishganiga oid ko‘ plab m isollam i
keltirishim iz mumkin.
Ijtim oiy hayot rang-barang, xilma-xil boMgani uchun ijtimoiy
ong ham tegishlicha turli shakllarga boMinadi. Bular: iqtisodiy ong,
siyosiy ong, huquqiy ong, axloqiy ong, estetik ong, ekologik ong
86
bo‘Iib, biz yana tarixiy ongni, ongning elem enti sifatida, shu ju m
ladan tarixiy ongning muhim elementi sifatida tarixiy xotirani ham
bunga q o ‘shish mumkin. Ijtim oiy ongning barcha shakllari o ‘zaro
bogMiq, o 'zaro m unosabatda, o 'zaro birikadi va bir-birini o ‘zaro
toMdiradi. U lar o 'z i aks ettiruvchi hodisalar m azm uni, m oddiy-
lashuv shakli v a ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra farq qiladi.
Ijtim oiy ong shakllarini bir-biridan quyidagi 4 ta belgilar b o 'y i
cha farqlash mumkin:
Birinchidan, ular bir- biridan in’ikos ettirish mavzui bo‘y ich a
farq qiladi. Chunonchi, siyosiy ong sinflar, millatlar, davlatlar
o ‘rtasidagi m unosabatlam i, hokim iyatga m unosabatni ifodalaydi.
Huquqiy ong huquqiy m unosabatlam i aks ettiradi.
Ikkinchidan, ular bir-biridan in’ikos etish shakllari bilan farq
qiladi. M asalan, fan voqelikni tushunchalar, gepotezalar (ilm iy tax-
minlar), nazariyaiar, m odellar shaklida aks ettiradi. San’at voqelik
ni badiiy obrazlar shaklida, axioq ahloqiy his-tuyg‘ular va axloqiy
normalar, qadriyatlar, ideallar shaklida aks ettiradi. Am m o ijtim oiy
ong shakllarining ham m asi ham in’ikos ettirish shakli b o'yicha
bir- biridan farq qilaverm aydi. M asalan, falsafa va fan, axloqiy va
huquqiy ongni bu belgi bo'yicha bir-biridan farqini topish qiyin.
Uchinchidan, ular bir-birlaridan rivojlanishning o 'zig a x o s to
monlari bilan farq qiladi. Buni fan bilan san’atni bir- biriga taqqos-
laganda yaqqol sezish mumkin. Fandagi rivojlanish bilishdagi tara
qqiyot bilan am alga oshadi va bunda uning oldinga qarab ilgarilab
harakat qilishi o 'z ifodasini topadi. San’atda esa bilish sohasidagi
progress san’atidagi taraqqiyotning asosiy ko'rsatgichi b o ‘la ol
maydi. San’atda esa estetik m ezonlar muhim rol o'ynaydi.
To'rtinchidan, ular o 'zlari bajaradigan ijtimoiy funksiyalari bi
lan ham bir-biridan farq qiladi. M asalan, fan bilish funksiyalarini
bajaradi. A xloqiy ong shaxsning axloqiy jihatdan shakllanishi, in
sonni o 'z-o 'zin i nazorat qilishi, uning boshqa kishilarga m unosa-
batining omili boMib xizm at qiladi. Ijtim oiy funksiyalari bo'yicha
ijtimoiy ongning barcha shakllarini ikkita guruhga boMish m um
kin. Birinchi guruhga siyosiy, huquqiy, axloqiy ong kiradi. Bular
kishilarning o 'za ro munosabatlarini boshqarish, nazorat qilish bi-
87
Ian bog‘langan va ijtimoiy voqelikni m a’naviy-amaliy o ‘zlashti-
rishning shakllari hisoblanadilar. Ikkinchi guruhga fan, san ’at va
falsafa kiradi. B ular insonni qurshab turgan voqelikning m a’naviy
va m a’naviy- am aliy o ‘zlashtirishning shakllari hisoblanadi. U lar
voqelikni bevosita ijtimoiy m unosabatlar va kishilarning amaliy
faoliyatlari orqali o ‘zlashtirishning shakllari hisoblanadi. D in esa
dunyoqarashning shakli ham, kishilarning o ‘zaro munosabatlarini
boshqarish, nazorat qilish shakli ham bo‘lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |