Aim.uz
Burjua ijtimoiy va tarixiy fikrlarining paydo bo`lishi.
O`rta asr Yevropa tarixshunosligining o`ziga xos xususiyatlari shubhasiz, kelajakni ko`ra bilgan va XX asrda dunyoning katta qismida vujudga kelgan, lekin utopik g`oyalarni amalga oshira olmagan sotsialistik va kommunistik tuzumni ta`rif-tavsif qilib berdi.
XVI-XVII asrlardagi feodal va burjua qarama-qarshiliklarning o`zaro g`oyaviy kurashi tarix faniga jiddiy ta`sir qildi. Burjua sotsial-ijtimoiy qatlamning o`z tarixiy fikrlari g`olib bo`la boshladi.
XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida absoluytizm va feodalizm tartiblar tanqid qilinib, ilm-fan va maorif keng targ`ib qilindi. Ijtimoiy fikrdagi bu yo`nalish ma`rifat deb atalib, uning vakillari tarixga XVIII asr ma`rifatparvarlari nomi bilan kirdilar. Ular eski tartiblarni bekor qilishga, yangi, ilg`or tartiblarni joriy qilishga qaratilgan g`oyalarni ilgari surdilar. 1751-yildan boshlab yozuvchi va faylasuf Deni Didro boshchiligidagi qator ma`rifatparvarlar ko`p tomli «Fan, san`at va hunarmandchilik entsiklopediyasi»ni nashr qila boshladilar. (Entsiklopediya-lotincha so`z bo`lib, ilm, mahoratni o`rganish demakdir. Bu o`rrinda turli predmetlarga oid batafsil maqolalar to`plangan lug`atni bildiradi).
XIX asrda Ognuyst Kont (1799-1857), Fridrix Gegel (1770-1831) tarix fani to`g`risida o`z fikr va qarashlarini bildirdilar.
Natijada Tarixshunoslik degani «tarix yozish» degan ma`noni anglatadi degan fikrlar rivojlandi. Tarixiy bilimlarning yig`ilishi bilan tarix fanga aylandi. Rossiyada XVIII asrga kelib tarixiy bilimlar fanga aylandi, yoki mustaqil fan sifatida shakllandi. O`zbekistonda yoki O`rta Osiyoda bu jarayon ko`pchilik dastur va adabiyotlarda XVIII asrning oxirlariga kelib uyz berdi degan fikrlar ustunlik qilmoqda. Tarixiy bilimlarning fanga aylanashini falsafiy va tarixiy dunyoqarashlarning rivojsiz tushunish qiyin1.
Tarixshunoslikni o`rganishda tsivilizatsion yondashuv ustunlik qiladi.
Tarixshunoslikni davrlashtirish deganda tarix fanining rivojlanish bosqichlari nazarda tutiladi. YAngi yondashuv, mavzularning keng va chuqur tahlil qilinishi, turli manbalardan foydalanish ham ko`zda tutiladi.
Bugungi holatda tarixshunoslikni quyidagi davrlarga bo`lib o`rganish qabul qilinadi. Tarixiy bilimlarning yig`ilishi va tarixning mustaqil fan sifatida shakllanishi. Ikkinchi bosqich musulmon tarixnavisligi, bilim va tafakkurning o`sish jarayoni. IX-XII asrlardagi Sharq uyg`onishi davri tarixshunosligi er-mulk egaligining shakllanishi jarayonida tarix fani rivojlanishi. (XIII-XVIII asr oxirigacha). To`rtinchi davr XIX asr boshlaridan-XX asr oxirigacha, ya`ni Sharqshunoslikning kuchayishi, O`rta Osiyoning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tarixining o`rganilishi.
Tarixshunoslikning o`rganishning beshinchi davri XX asrning oxirlaridan to hozirgi kungacha. Mustaqillik davri, xalqimizning o`z ozodligi va huquqini qo`lga kiritishi bilan belgilanadi. Bu davrda tarix fanini o`rganish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
Tarixshunoslik fani turdosh fanlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir. Bir tomondan, navbatda manbashunoslik va arxeografiya fanlarining rivojlanishi. Tarix fani qancha ko`p manba bo`lsa shu bilan boyib, aniq faktlar asosida to`liq oydinlashadi. Ikkinchi tomondan shu to`plangan manbalar asosida tarixiy ong va tafakkur ham o`sib boradi, yangilanadi. Natijada bir-birini to`ldiruvchi kontseptsiyalar, nazariyalar yaratiladi.
O`zbekistonda aniq tarixshunoslik muammolarini ochib beruvchi asar 1970 yilda yaratildi. To`g`ri bundan oldin ham sovetlar davri tarixunosligiga doir ilmiy maqolalar to`plamlari nashr etilgan edi. Xususan 1942 yilda «25 let istoricheskoy nauki v SSSR» (V.P.Volgin, Ye.V.Tarle, A.M.Pankratova tarhriri ostida) e`lon qilingan edi.
Shunday qilib tarixshunoslik fanining rivojlanishida ikkinchi jahon urushi yillari muhim bir bosqich bo`ldi. Aynan mana shu davrdan boshlab tarixshunoslik fani belgilab bergan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda ko`p tomlik «Ocherki istorii istoricheskoy nauki v SSSR» asarlari nashr etila boshladi.
Mustaqllik yillarida O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan qadimgi davlatlarning tarixshunosligiga bag`ishlangan quyidagi ikki asarni alohida ko`rsatib o`tish zarurdir. Birinchisi Anatolik Sagdullaev, Bobir Aminov, O`ktam Mavlonov, Naim Norqulov muallifligida Toshkent shahrida «Akademiya» nashriyotida, 2000 yilda nashr etilgan «O`zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti», I-qism asaridir. Mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu kitob O`zbekiston tarixida davlat va jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlaridan boshlab XIX asrning o`rtalarigacha bo`lgan katta davrni o`z ichiga olgan birinchi qismidir.
Ikkinchi asar, o`zbek davlatchiligi tarixining eng qadimgi davrlaridan tortib to sovet mustamlakachiligi davrigacha bo`lgan tarixiy ocherklaridan iboratdir. «O`zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Toshkent, «Sharq», 2001. Mas`ul muharrir: prof. D.A.Alimova».
Ushbu asarlarda ko`rsatilishicha Kanguy davlati (e`tibor bering, bundan oldingi tarixshunosligimizda K.Shoniyozov Qang` davlati va qang`lilar. T., 1990, deb ko`rsatilgan) Parfiya, Kushon podsholiklariga o`xshash ko`chmanchi sulolalarga mansub boshqa davlatlar kabi qabilalarning Yevroosiyoda siljishi va er.avv. III asrda sezilarli darajada kuchaygan ko`chmanchilarning O`rta Osiyo mintaqasining o`troq dehqonchilik vohalariga bostirib kirib, o`rganishb olishlari natijasida paydo bo`ldi.
Kanguy ilgari «Avesto» orqali Kangxa nomi bilan mashhur bo`lib, asarda u «uyksak va muqaddas» deb ta`riflangan2. «Avesto»da tilga olingan Qangxa – Qang` ekanligi tadqiqotchilardan birontasida shubha uyg`otmaydi, lekin uning o`rni masalasida olimlarning fikri bir-biridan jiddiy ravishda farqlanadi.
Kanguy asosan bir-biriga teng bo`lgan o`troq xo`jalik hududlaridan iborat besh kichik hokimiyatni o`z ichiga olgan. Ular Kanguy ittifoqi ishtirokchilariga qaram bo`lgan Suse, Fumu, Uyni, Gi, Uyegyan hududlaridan iboratdir. Har bir hokimiyatning shu nom bilan ataluvchi o`zining bosh shahri bo`lgan3.
Geografik jihatdan Kanguy janubiy podsholiklar Parfiya, Kushon va mongoliyada vujudga kelgan ko`chmanchilar davlati – Xuin imperiyasi o`rtasida joylashgan edi4.
Hozirgi paytda O`zbekiston hududida ilk davlatning paydo bo`lishi tarixshunosligi haqida gapirar ekanmiz, Farg`ona vodiysida 80 dan ortiq chust madaniyati yodgorliklari qayd etilganligini alohida ko`rsatib o`tish kerak. Arxeologik ma`lumotlarga qaraganda Farg`onaning dehqonchilik uchun o`zlashtirilishi so`nggi bronza davrida, eramizgacha bo`lgan II ming yillikning oxirgi choragida boshlangan. Birinchi topilgan yodgorlikka nisbatan bergan holda Farg`ona dehqonchilik madaniyati Chust madaniyati deb ataladi.
Farg`ona vodiysi bo`yicha yozma manbalar yo`q, shunday bo`lsa-da, ayrim olimlar Qadimgi Farg`ona podsholigining (Davan’) mavjud bo`lganligini taxmin qiladilar. Shu sababli eramizgacha bo`lgan I ming yillikning o`rtalaridan oldingi davrdagi Farg`ona haqida so`z uyritganda odatda faqat «Chifdom» (voha) tipidagi qadimgi davlat asoslarining paydo bo`lishi anglashiladi. Mana shu holni hisobga olib Farg`onada davlatchilik, aftidan eramizgacha bo`lgan V-IV asrlarda paydo bo`lgan deyish mumkin5.
Bu hodisa ikki tarixiy dalilga asoslangan. Birinchisi: aynan mana shu davrga oid arxeologik topilmalar (Jo`rabashot madaniyati) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi (tovar ishlab chiqarish va savdoning o`sishi) haqida taxmin qilishga asos beradi. Ikkinchisi: eramizgacha bo`lgan II asrdayoq ko`p sonli shaharlar mavjud bo`lgan. Eramizgacha bo`lgan 136-128 yillarda Farg`ona kelgan Xitoy elchisi va sayyohi Utan TSyan’ «Davanda UYdan ortiq kichik va katta shaharlar bor» deb aytib o`tadi6.
Sho`rolar tarixshunosligida umumiy vatanimiz Turkistan haqida bu diyor Rossiyaning qoloq, chekka o`lkasi, aholining faqat ikki foizi savodli, qolgani jaholatda, degan fikr hukmron edi. Holbuki, Prezidentimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» maqolasida ta`kidlaganidek, «Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zamonda yaratilgan, sayqal topgan…. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo`lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, o`ng minglab asarlar bizning baqiyos ma`naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo`lgan xalq dunyoda kam topiladi». Demak tarixshunoslik kursidan olingan bilimlar asosida bo`lajak mutaxassislar - tarixchi, muzeyshunos, arxeolog, faylasuf, san`atshunos va sotsiologlar tarix fanining turli davrlardagi tajribasi, mavqeini va vazifasini bilib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |