Bog'liq umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari
(ADF+KrF
kreatin+ATF). Hujayralarda uglevodlar almashinuvuga umumiy xarakteristika. Hujayralarda uglevodlar almashinuvi deb, glikogen yoki glyukozadan boshlab karbonat
angidrid va suv hosil bo‘lguncha yuz beradigan barcha reaksiyalar tushuniladi. Hujayralarda
uglevodlar almashinuvi bir-birini inkor qiladigan yo'llar bilan kechadi. Shu narsa diqqatga
sazovorki, uglevodlar metabolizmi qanday yo'l bilan bormasin tegishli miqdorda energiya
ajralishi sodir bo‘ladi. Odatda hujayralarda glyukozaning parchalanishi ikki yo'l bilan boradi,
ya'ni kislorod ishtirokida (aerob) va kislorodsiz (anaerob) holda. Aerob parchalanish
oksidlanish deb ham ataladi. Anaerob parchalanish esa
achish deyiladi. Ularning bir-biridan muhim farq
qilishi reaksiya natijasida ajralgan energiya miqdorida ham seziladi. Oksidlanish paytida
glyukozadan karbonat angidrid va suv hosil bo‘lib, 686 kkal energiya ajraladi.
C 6 H 12 O 6
6CO 2 + 6H 2 O + 686 kkal Anaerob parchalanish yoki achish jarayonida odam va yuqori hayvonlar to‘qimasida sut
kislotasining hosil bo‘lishi bilan tugab, bor yo’g’i 47 kkal energiya ajralib chiqadi.
C 6 H 12 O 6
2C 3 H 6 O 3 Agar achitqilarda spirt hosil bo‘lsa, uni spirtli achish deb ataladi.
C 6 H 12 O 6
2C 2 H 5 OH+2CO 2 Ko‘rinib turganidek, hujayralarda kuzatiladigan almashinuv jarayonida asosiy energiya
anaerob sharoitida hosil bo‘ladi. Anaerob yo'l bilan energiya ajralishi eng qadimgi energiya
ishlab chiqarish bo‘lib u hujayra iqtisodyoti uchun samarali yo'l emas. Buning asosiy sababi
shundaki, bunday parchalanishda ko‘p material sarflanib juda kam energiya hosil bo‘ladi.
Anaerob parchalanish asosan achitqilar va mikroorganizmlarga xos xususiyat bo‘lib yuqori
organizmlarda bu usul katta intensivlikdagi ish bajarilganida ko‘p kislorod talab qilinib
organizmda buncha katta miqdordagi kislorodni yetkazib berish imkoniyati bo‘lmagan paytlarda
kuzatiladi. Masalan, qisqa masofalarga tez yugurish yoki og'ir yukni qisqa vaqt ichida ko‘tarish
paytida yuzaga keladigan energiya ta'minotini olish mumkin. Shunday qilib glyukoza
hujayraning asosiy energiya manbai yoki yoqilg'isi bo‘lib hisoblanadi. Glyukozaning glikogen
yoki glyukozadan boshlanib ikki molekula pirouzum kislota hamda ATF molekulasining hosil
bo‘lishidan yakunlanadigan anaerob parchalanishi
glikoliz deb ataladi. 1930-yilning
o‘rtalarigacha muskul hamda jigarda uglevodlar almashinuvi faqat glyukozadan boshlanadi deb
hisoblanar edi. Keyinchalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar (Ya.O. Parnas)
muskullarda bunday jarayon aksariyat hollarda glikogenning fosfat kislota biriktirib
parchalanishi yoki fosforilizdan boshlanishi isbotlandi. Shundan keyin fanga
glikogeneoliz atamasi kiritildi. Nafaqat hayvon va o‘simlik hujayralarida balki ko‘pgina mikroorganizmlarda
ham glyukoza glikogeneoliz yo'li bilan parchalanadi.