Statik biokimyо


Oshqozon ichak yo‘lida uglevodlarning hazm bo‘lishi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/93
Sana16.03.2022
Hajmi1,11 Mb.
#497856
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

Oshqozon ichak yo‘lida uglevodlarning hazm bo‘lishi. 
Monosaxaridlardan boshqasi oshqozon ichak yo'lida gidrolitik parchalanishga uchraydi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, oshqozon ichak yo'lida gidrolitik parchalanish nafaqat suvda 
erimaydigan polisaxaridlargagina mos bo‘lib qolmasdan, balki suvda yaxshi eriydigan
disaxaridlar saxaroza, laktozalar uchun ham tegishlidir. Chunki, ular faqat monosaxarid 
ko‘rinishidagina qonga so‘rilishi mumkin. Shu narsaga e'tibor berish kerakki, oziq moddalarning 
parchalanishi natijasida ular hujayra ichida yuz beradigan modda almashinuvida ishtirok 
etadigan holatga kelgandagina qonga so‘riladi, ya'ni organizmning ichki muhitiga o‘tadi. Bu 
holga tushmagan oziq moddalar ichakdan qonga so‘rilmaydi va bevosita qonga kiritilsa ham 
(masalan, disaxaridlar) deyarli o‘zgarishga uchramasdan tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Oziq moddalar ogíz bo‘shligída mexanik o‘zgarishlarga uchrashdan tashqari dastlabki 
kimyoviy o‘zgarishlarga ham uchraydi. Masalan, so‘lakdagi 

-amilaza kraxmal molekulalari 
ichkarisidagi 1



-glikozid bog'larini uzib ularni dekstrinlargacha parchalaydi. O‘n ikki 
barmoq ichakda shira tarkibidagi pankratet amilaza ta'sirida ham 1

4 bog'larning keyingi 
uzilishi natijasida kraxmalning asosiy parchalanish mahsuloti maltoza hosil bo‘ladi. Ovqat 
oshqozonga tushganidan keyin so‘lak amilazasining ta'siri kislotali me'da shirasi tufayli 
to‘xtatiladi. Buning uchun 15-20 daqiqa vaqt talab qilinadi va bu oraliqda ovqat luqmasining 
xlorid kislotali me'da shirasi yetib bormagan chuqur qismlarida amilaza ta'siri davom etishi 
mumkin. Hosil bo‘lgan maltozaning ovqat bilan qabul qilingan qand va sut shakarining 
monosaxaridlargacha to‘la parchalanishi o‘n ikki barmoq ichakda (uning bo'shligí va devorida) 


tegishli karbogidrazalar tomonidan amalga oshiriladi. O‘n ikki barmoqli ichakda oshqozondan 
oziq modda bilan o‘tgan kislotali muhit neytrallanib pankreatik amilaza ta'sirida kraxmalning 
parchalanishi davom etadi. Shu yo'l bilan hosil bo‘lgan dekstrinlar ichak shirasi va uning 
devoridagi glyukozidazalar yoki glyukoamilaza ta'sirida monosaxaridlargacha parchalanadi. 
Bunda saxarozadan 

-D-glyukoza va 

-D-fruktoza, maltozadan esa ikki molekula 

-D-glyukoza 
hamda laktozadan 

-D-glyukoza hamda 

-D-galaktoza hosil bo‘ladi. Ushbu so‘rilish jarayoni 
nafaqat diffuziya balki energiya sarflanadigan faol transport holida ham sodir bo‘ladi (past 
konsentratsiyali muhitdan yuqori konsentratsiyali muhitga so‘rilish).
Uglevodlarning bir turi hisoblangan klechatka yoki sellyuloza oshqozon ichak yo'lida 
hazm bo‘lmay axlat bilan chiqarib yuboriladi. Chunki ularni parchalaydigan sellyulaza odam va 
hayvonlar organizmida uchramaydi. Ushbu uglevod turi sabzavot va mevalar tarkibida qabul 
qilinadi, o‘zi hazm bo‘lmasada ichaklarda oziq moddalarni siljishiga, harakat qilishiga ta'sir 
etadi. Shu bilan bir qatorda ingichka ichakning pastki qismi va yo'g'on ichakda yashovchi 
mikroorganizmlar ta'sirida klechatka odamda qisman, kavsh qaytaruvchilarda esa to‘liq 
parchalanadi. Klechatkaning bunday parchalanishi natijasida tanada organik kislotalar, gazlar va 
suv hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘p kamerali oshqozonga ega bo‘lgan o‘txo’r 
hayvonlarda klechatkaning parchalanishi asosan aytib o‘tilgan yo'l bilan amalga oshiriladi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish