Statik biokimyо


Organizmda uglevodlarning o‘zgarishi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/93
Sana16.03.2022
Hajmi1,11 Mb.
#497856
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

Organizmda uglevodlarning o‘zgarishi. 
 
Ichakdan qonga o‘tgan glyukozaning bir qismi to‘qima va hujayralarning ehtiyoji uchun 
parchalanib energiya bersa, ikkinchi qismi jigarga borib zahira holdagi uglevod-glikogenga 
aylanadi. Bu jarayonda ya'ni glikogen hosil bo‘lishida glyukoza fosforlanadi, ya'ni fosfat 
kislotani o‘ziga biriktirib oladi. Katta yoshdagi odamlarda glyukozaning umumiy miqdori 150-
200g atrofida bo‘ladi. Qonga glyukoza asta-sekin berib borilsa, uning qondagi miqdori 
ko‘paymasdan ortiqcha glyukoza glikogenga aylanaveradi. Agar qonga glyukoza ko‘p miqdorda 
yuborilsa hamda tez so‘riladigan uglevodlar ko‘plab iste'mol qilinsa, qonda glyukoza miqdori 
ko‘payib ketadi va buni 
giperglikemiya
deyiladi. Bunday paytlarda glyukoza siydik bilan 
qo‘shilib ajratila boshlaydi. Bu holatni 
glyukozuriya 
deb ataladi. Odatda glyukozuriya qonga 
glyukoza miqdorining 150-180 mg % oshganida ro‘y beradi. 
Uglevodlar almashinuvida jigar muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda aytib o‘tilganidek, 
uning asosiy funksiyasi, qopqa vena orqali keladigan qon bilan monosaxaridlardan glikogenni 
sintez qilishi, ya'ni 
glikogenezdan 
iborat. Agar ovqat bilan kiradigan yoki qonga beriladigan 
glyukoza kamaysa zaxira holdagi glikogen parchalanib glyukoza hosil qilinadi, bu jarayonni 
glikogenoliz 
deb ataladi. Jigarda glikogen miqdori organizmning ovqat rejimiga bog'liq, odatda 
jigar massasining 3-5% ni glikogen tashkil qiladi. Odam och qolsa, jigarda glikogen miqdori 
keskin kamayib ketadi, lekin u batamom yo'qolmaydi. Agar iste'mol taomlarda uglevodlar 
butunlay bo‘lmasa yoki juda kam bo‘lsa glikogen ovqatning boshqa kompanentlaridan ham hosil 
bo‘lishi mumkin. Aminokislotalardan glikogen hosil bo‘lish jarayonini 
glikoneogenez 
deb 
ataladi. Uglevodlarning tanada o‘zlashtirilishi natijasida jigarga 3 xil monosaxarid, ya'ni 
glyukoza, fruktoza va galaktoza o‘tadi. Qopqa venasidan o‘tadigan qondagi qayd qilingan 
monosaxaridlarning bir qismi glikogenga aylansa, qolgan qismi to‘g'ridan -to‘g'ri qon bilan jigar 
orqali oqib o‘tadi. Turli sabablarga ko‘ra qon tarkibida glyukoza kamaysa u jigardagi glikogen 
parchalanishidan qonga o‘tadi va qonga glyukoza miqdori yuqorida qayd qilinganidek bir xil 
saqlanadi. Yana tanadagi muskullarda ham glikogen to‘planadi. Barcha muskullardagi umumiy 
glikogen miqdori 1-2 % dan oshmaydi. Muskullardagi glikogen ham mo‘l-ko‘l ovqatlanishda 
ko‘payib, ochlik holatida kamayib ketadi. Yana muskullar ishlab turganda, ya'ni qisqarib 
turganda ularda glikogen parchalanishi kuchayadi. Muskullar ishlab turganida faollashgan 
fosforilaza fermenti ta'sirida glikogenga bir molekula fosfot kilota birikib, keyin glikogen 
glyukoza-1- fosfotgacha parchalanadi va bu moddalar muskul qisqarishi uchun energiya manbai 
bo‘lib xizmat qiladi. Qon tarkibida glyukozaning doimiy miqdorda saqlanishi ancha murakkab 
mexanizmga ega. Bu jarayonda ham nerv tizimi, ham endokrin tizimi qatnashadi. Oqibatda 
bunday muvozanat to‘qimalarda glyukoza uglevod bo‘lmagan boshqa moddalardan hosil 
bo‘lishi, uglevodlarning oksidlanishi, uglevodlarning yog'larga aylanishi hamda glyukozaning 


tashqariga chiqarib yuborilishi bilan saqlanadi. Lekin qonda glyukozaning bo‘lishida jigar hal 
qiluvchi o‘ringa ega. Agar tanadan jigar kesib olib tashlansa qonda glyukoza keskin kamayib 
ketadi. Muskullarning ishlashi natijasida kamaygan glyukoza dam olish payti qayta tiklanadi. 
Muskullarda o‘rtacha 250gr glyukoza bo‘ladi. 
Turli a’zolardan qon oqib o’tganida ular har xil miqdordagi glyukozani ushlab qolish 
xususiyatiga ega, masalan, rus patofiziolog olimi Efim Semyonovich Londonning aniqlashicha, 
miya 12%, ichak 9%, muskul 7% va buyrak qondagi glyukozaning 5% ni ushlab qoladi. 
Muskul faoliyatining tegishli energiya bilan ta'minlanishini tushunishda kreatinfosfat va 
adenozintrifosfatlarning ochilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ma'lumki kreatinfosfat 1927 yili 
muskul ekstraktidan ajratib olingan. U muskul qisqarish davrida tamoman sarf bo‘lib ketadi, dam 
olish davrida esa qaytadan tiklanadi. U muskul faoliyatini energiya bilan ta'minlovchi asosiy 
manbadir. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, muskul faoliyatida dastavval adenozintrifosfat 
parchalanib kerakli energiyani beradi. Kreatinfosfat esa adenozindifosfatdan hosil bo‘lishida 
ishlatiladi 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish