2
usullar
Hammamizga ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mevachilikni keskin
darajada rivojlantirish uchun mevali daraxtlarning
hosilini oshirishimiz,
mevazorlarni yanada kengaytirishimiz, meva navlarini yaxshilashimiz va
mevachilik ishlarini mumkin qadar mashinalashtirishimiz lozim.
Hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bog`dorchilikni
keng reja asosida rivojlantirish mustaqil O`zbekiston uchun dolzarb
masalalardan biridir. Bu muhim masalalarni yetarli darajada hal etish mevali
daraxt kasalliklari va unga qarshi kurash choralarini ilmiy asosda ishlab
chiqishni to`g`ri yo`lga qo`yishni
taqozo etadi, ushbu bitiruv malakaviy ishda
biz ana shu muammoni atroflicha o`rganishga harakat qildik.
Keyingi yillarda anor va anjir ko`chatlari yetishtiradigan ko`chatxonalarda
ko`chatlar sifatining yomonlashganligi va xo`jaliklarga ekilgandan keyin
ularning qurib qolish hollari kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi anor va anjir
ko`chatlarining turli xildagi zamburug`lar, bakteriyalar va viruslar bilan
kasallanishidir. Bu kasalliklar asosan zamburug`lar yordamida kelib chiqadi.
Zamburug` turlari tuproqda, havoda, suv havzalarida, o`simlik qoldiqlarida keng
tarqalgan.
Buning uchun tajriba qo`yilgan maydonlardagi kasallangan har bir anor va
anjir o`simligidan alohida gerabriylar tayyorlab va unga yig`ilgan vaqti bir joyi
ko`rsatiladi.
Kasallangan
anor va anjir mevasi, poyasi va bargidan gerbariy tayyorlab
laboratoriya sharoitida gerbariyni kasallikni keltirib chiqargan zamburug`lar
ajratib olindi. Buning uchun N.A.Naumov (1937), V.M.Bilay (1977) va
M.B.Xaxryakov (1969)lar tomonidan tavsiya etilgan “Namlangan kamera”
usulidan foydalandik.
Kasal o`simlikning ichidagi infeksiya, ya`ni kasallantiruvchi zamburug`ni
ajratib olish uchun tekshirilayotgan anor va anjirning bargi, poyasi, novdasi va
3
mevasi avval spirtda,
keyin alangada stirillanib, Petri kosachalarida
tayyorlangan “Nam kamera” muhitiga quyildi va 25-27 daraja haroratda
termostatda 4-5 kun saqlandi, keyin mikroskopda
tekshirish, kuzatish va
aniqlash ishlari olib borildi.
Kasallikning tekshirish, kuzatish va aniqlash ishlari Qarshi Davlat
universiteti, kimyo-biologiya fakultetining botanika kafedrasida olib borildi.
Bizga ma`lumki kasallik tug`diruvchi parazit zamburug` turlari asosan
tuproqda, o`simlik organlarining yuzasida yoki to`qimasining ichida hayot
kechiradi.
Yuqoridagi ishlardan tashqari yana biz anor va anjir o`simligida
uchraydigan kasalliklarning qo`zg`atuvchilarini aniqlash bilan birga tajriba
maydonida o`sayotgan o`simliklarning necha foizi qanday kasalliklar bilan
qancha harakatlanganligini ham hisobladik. Chunki
kasallikning irvojlanishini
hisobga olish o`simlikning kasallik qo`zg`atuvchilariga qarshi chidamliligini
bilish juda zarur. Ana shular asosida, u yoki bu o`simlikning zararlilik darajasi
hamda ushbu kasallikka qarshi kurash usulining foydasi aniqlanadi.
Anjirning turli-tuman kasalliklarining qo`zg`atuvchisi bilan tanishish
uchun bargdagi har-xil g`ubor va dog`lar mikroskopda ko`riladi.
Rangsiz unsimon g`uborning mikroskopda konidiyalar to`plamidan iborat
ekanligi aniqlanildi. Parazit zamburug`ning qishlovchi
stadiyasini lupa orqali
ko`ramiz, lupada ko`rilgan rangsiz unsimon g`uborlar zamburug`ning meva
tanalari ekanligini aniqladik.
Qattiq oziq muhitida o`sayotgan zamburug`ning o`sish va rivojlanishini har
bir koloniyaning diametrini o`lchash asosida aniqladik. Bu usulda ma`lum
turning morfologik tuzilishida qanday o`zgarishlar bo`lishicha, o`sayotgan
ozuqa muhim rangining o`zgarishiga alohida e`tibor berildi.
4
Adabiyotlarda qayd etilishicha anor va anjir o`simliklarida 20 ga yaqin
zamburug` kasalliklari bo`lib shulardan eng ko`p o`chraydigan kasalliklar ustida
tajriba ishlarini olib bordik.
Anjirning hosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash, yangi navlarni
yaratish, yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish bilan birga anor va anjirning
kasallik va zarakunandalardan asrab qolish choralarini amalda tadbiq qilish
muhim ahamiyatga ega. Chunki har xil kasallik va zararkunandalarning
Anor va
anjirning va uning hosiliga keltirgan zarari tufayli hosildorlik kamayishi bilan
birga uning sifati ham pasayadi.
Anor va anjirdan mo`l hosil oluvchi asosiy omillardan biri ularda
uchraydigan kasalliklarni puxta o`rganish va ularga qarshi kurash tadbirlarini
ishlab chiqishdan iboratdir.
Viloyatimiz sharoitida o`sadigan anor va anjirning asosan, rak, kalmaraz,
monilioz, zang va un-shudring va boshqa zamburug`
kasalliklari bilan eng
ko`p zararlanadi.
Mirishkor tumanida o`tkazilgan tekshirishlar natijasida zamburug`larning
bir necha tur va formalari topildi. Mirishkor tumanidan yig`ilgan barcha
gerbariy namunalari bahor, yoz va kuz fasllarida yig`ilgan. Ro`yxatda
keltiraladigan zamburug`lar kasalliklar quyidagilar.