Almashlab ekish



Download 0,7 Mb.
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#663785
  1   2   3


6-AMALIY MASHG`ULOT
ALMASHLAB EKISH
Mashg‘ulot maqsadi paxtachilikda almashlab ekishning ahamiyati, mazmuni, almashlab ekish rotatsiyasi va davri, tizimlari bilan tanishishdan iborat.
Mashg‘ulot mazmuni. Almashlab ekish yerdan samarali foydalanish, tuproq
unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ekinlar hosilini
mutassil oshirish, begona o`tlarga, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash olib borishni ta`minlaydigan eng muhim tashkiliy – agrotexnika tadbirlaridan biridir. Ekinlarni dalalar va yillar bo`yicha ilmiy asosda navbatlab ekishga almashlab ekish deb ataladi.
Almashlab ekish ekinlarni istiqbol rejasi asosida joylashtirilishi bilan aniqlanadi va barcha agrotexnika tadbirlari uchun zamin bo`lib xizmat qiladi.
Almashlab ekishni qo`llash uchun yer massivi ma`lum sondagi dalalarga bo`linadi
va ekinlar har bir dalaga navbat bilan ekiladi. Ekinlarni tartibi bilan belgilangan tuzilma asosida har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt almashlab ekish rotatsiyasi va rotatsiya davri deyiladi. U 8 dalalik bo`lsa 8 yil, 10 dalalik bo`lsa 10 yilga teng bo`ladi. Ekinlarni rotatsiya davrida yillar va dalalar bo`yicha joylashtirish rejasi rotatsiya jadvali deyiladi. Almashlab ekishdagi har bir o`simlikdan oldin yetishtiriladigan ekin o‘tmishdosh hisoblanadi. Masalan; bedadan keyin g`o`za ekilsa, beda g`o`za uchun o`tmishdosh hisoblanadi. Tuproq unumdorligini oshirishda organik moddalar miqdorini, tabiiy xossalari
va mikrobiologik jarayonlarni jadallashtirishda (almashlab ekishda) beda ekishning
ahamiyati juda katta. Chunki, beda g`o`za uchun eng yaxshi o`tmishdosh,
chorvachilikda esa, asosiy yem-xashak ekini sifatida tengsiz o`simlikdir.
Asosiy ekinlardan tashqari yetishtiriladigan ekinlar-zichlangan, takroriy va
oraliq ekinlar deyiladi. Zichlangan ekin almashlab ekishning dalasida bir ekin bilan aralashtirilib ekiladi (beda bilan g`alla va boshqalar).
Takroriy ekinlar, odatda kuzda, asosiy ekin hosili yig`ib olingandan keyin yoki
ular o`sayotganda qator oralariga ekiladi. Takroriy va oraliq ekinlar hosilini kuzda va bahorda chorva mollariga oziqa uchun o`rib olish ham mumkin yoki o`g`it yashil (siderat) sifatida tuproqqa haydab yuborish ham mumkin.
Bir necha xil ekin o`stiriladigan almashlab ekish dalasi terma (yig‘ma) dala deb ataladi. Masalan: keng qatorlab ekiladigan; chopiq qilinadigan; kuzgi ekinlar (bug`doy, arpa, javdar) ekiladigan; bahorgi g`alla ekinlari ekiladigan; bir yillik o`tlar; ko`p yillik o`tlar ekiladigan yig`ma dalalar bo`ladi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish