xilomikronlar
deb ataladi. Xilomikronlarning 96 % triatsil glitserinlar bo‘lib, odatda ular yupqa oqsil po‘sti
bilan o‘ralgan bo‘ladi.
42-tajriba. Neytral yog‘larning hazm bo‘lishi
Ovqat bilan iste'mol qilingan yog‘lar ovqat hazm qilish a'zolarida tegishli fermentlar
ta'sirida gidrolitik parchalanib, glitserin va yog‘ kislotalarga ajraladi.
Glitserin va yog‘ kislotalari qonga so‘rilib, organizm uchun hosil bo‘lgan yog‘larning
sintezlanishi uchun sarf bo‘ladi. Yog‘lar organizmning asosiy energetik moddasi bo‘lib, to‘la
oksidlanganda suv va karbonat angidrid hosil qiladi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar
: probirkalar, pipetkalar, kolbachalar, suv hammomi,
termometr, chinni havoncha, voronka, chinni piyolacha, doka, o‘lchov silindri, kimyoviy
stakanchalar, pankreas bezi, o‘t suyuqligi, sut, natriy ishqorining 0,1 N eritmasi, fenolftaleinning
0,1 % eritmasi, atsetonning 0,5 % li eritmasi, atseto-atsetat kislotaning etil spirt efirining 0,5 % li
eritmasi, ammiak (konsentrik), temir-3-xloridning 10 % li eritmasi, β-oksimoy kislotaning 1 % li
eritmasi, 3 % li gidroperoksid, natriy ishqorining 10 % li eritmasi, atsetat kislota, natriy
nitroprussidning 10 % li eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota.
Ishning bajarilishi:
Oshqozon osti bezidagi yog‘lar pichoq bilan tozalanib, qiymalanadi. Keyin undan 15 g
olib chinni havonchaga solinadi va 10-15 ml distillangan suv bilan 4-5 minut davomida
yaxshilab eziladi. Hosil bo‘lgan aralashma 2-3 qavat dokadan o‘tkaziladi. Bezdagi lipaza
fermenti filtratga o‘tadi.
Ikkita kolbachaga 5 ml dan sut solib, uning ustiga tayyorlangan filtratdan 2 ml dan
solinadi. Birinchi kolbachaga lipazani faollashtirish uchun 5-6 ml o‘t ham qo‘shiladi,
ikkinchisiga esa qo‘shilmaydi. So‘ngra tezda har ikki kolbachadagi suyuqlikdan pipetka bilan 10
ml dan olib, ikkita alohida kimyoviy stakanchaga quyiladi (qaysi biriga o‘t solinganligiga e'tibor
qilish kerak). Shundan keyin kolbachalarni 37-40
0
C li suv hammomiga qo‘yib, vaqt belgilanadi
(suv hammomidagi suvning harorati 40 dan oshmasligi kerak).
Stakanchalarga solingan suyuqlik ustiga indikator sifatida fenolftalinning 0,1 % li spirtli
eritmasidan 1-2 tomchi qo‘shiladi. So‘ngra och pushti rang hosil bo‘lguncha 0,1 normal natriy
ishqori bilan titrlanadi, sarf bo‘lgan ishqori daftarga yozib olinadi.
Pushti rangli suyuqliklarni to‘kib tashlab, stakanchalar yuviladi.
Keyin suv hammomiga qo‘yilgan suyuqliklardan har 15 minutda 10 ml dan olib,
yuqoridagi singari ishqor bilan titrlanadi, sarf bo‘lgan ishqor miqdori yozib olinadi. Mana shu
usulda hammasi bo‘lib 4 marta titrlanadi.
Birinchi marta suyuqlik hammomga qo‘yilmasdan avval, ikkinchi marta 47-40
0
C li suv
hammomida 15 minut turgandan keyin, uchinchi marta 30 minut, to‘rtinchi marta 45 minut
turgandan keyin titrlanadi.
Titrlanganda sarf bo‘lgan ishqor miqdori asosida quyidagi egri chiziq tuzilib, lipazaning
o‘t qatnashgan va qatnashmagandagi aktivligi taqqoslanadi.
3-rasm. Sut yog‘ining parchalanishini ko‘rsatuvchi diagramma
O‘t kislotalari faollangan lipaza ta'sirida sut yog‘i yaxshi parchalanganidan ko‘p
miqdorda erkin yog‘ kislotalari hosil bo‘lib, ularni neytrallash uchun ko‘proq ishqor sarf bo‘ladi.
Aksincha faollanmagan lipaza ta'sirida yog‘lar yaxshi hazm bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
erkin yog‘ kislotasi ham kam hosil bo‘lib, uni titrlashga ishqor ham kam sarf bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |