So'zboshi


Nazorat savollari va topshiriqlari



Download 2,83 Mb.
bet26/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

Nazorat savollari va topshiriqlari.
/. Suyuqliklarning haydashni qanday usullari mavjud? Haydash jarayonida qanaqa mahsulotlar hosil bo'ladi?

  1. Binar aralashma nima? Binar aralashmalar qaysi ko'rsatkichlar boyicha tasniflanadi?

  2. Raul qonunini la 'riflab bering. Ularni izohlab bering.

  3. Oddiy haydash usullari qanday farqlanadi? Ularni izohlab bering.

  4. Rektifikatsiya tamoyilini tuchuntirib bering.

  5. Rektifikatsiya kolonnasining moddiy balansini ifodalang.

  6. Rektifikatsiya jarayonining ish chiziqlari va konsentratsiya pog'onalari sonini aniqlash grafigi qanday quriladi?

  7. Flegma nima? Rektifikatsiya jarayoniga flegma soni qanday la 'sir qiladi?

  8. Davriy va uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiya uskunalari qanday farqlanadi?

10. Rektifikatsiya jarayonlarini qanday jadallashtirish mumkin?


V BOB. SUYUQLIKLARNI EKSTRAKSIYALASH
5.l-§. Umumiy tuchunchalar
Eritmalar tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlami tanlab, ta 'sir qiluvchi erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarnt ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o'zaro aralashtirilganda erituvchida faqat tardangan komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa sust eriydi yoki butunlay erimaydi.
Ekstraksiyalash jarayoni ham rektifikatsiyalash kabi suyuqiik aralashmalarini ajratish uchun qo'llaniladi. Bu usullaming qaysi birini tanlash aralashmalar tarkibidagi moddalarning xossalariga bog'liq. Rektifikatsiyalash jarayoni odatda, issiqlik ta'sirida boradi. Ekstraksiyalashni amalga oshirish uchun issiqlik talab etilmaydi. Rektifikatsiyalash aralashma komponentlarining har xil uchuvchanliklariga asoslanadi. Agar aralashma komponentlarining qaynash temperaturalari bir-biriga yaqin yoki ular yuqori temperaturalarga beqaror bo'lsa, bunday hollarda ekstraksiyalash jarayoni qo'llaniladi.
Dastlabki eritma va erituvchi o'zaro ta'sir ettirilganda ikkita faza (ekstrakt va rafinat) hosil bo'ladi. Ajratib olingan moddaning erituvchidagi eritmasi ekstrakt, dastlabki eritmaning qoldig'i esa rafinat deb yuritiladi. Rafinat tarkibida biroz miqdorda erituvchi ham bo'ladi. Olingan ikkita suyuqiik fazasi (ekstrakt va rafinat) bir-biridan tindirish, sentrifugalash yoki boshqa mexanik usullar yordamida ajratiladi. So'ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot ajratib olinadi, rafinatdan esa erituvchi regeneratsiya qilinadi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash boshqa usullar (rektifikatsiyalash. bug'latish va hokazo) ga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega: jarayon past temperaturada olib boriladi; eritmaning bug'lanishi uchun issiqlik talab qilinmaydi; tanlab ta'sir qilish xususiyatiga ega bo'lgan istalgan erituvchini ishlatish imkoni bor. Bu usul kamchilikdan xoli emas; qo'shimcha komponent (erituvchi)ni ishlatish va uni regeneratsiya qilishni tashkil etish qurilmalar sxemasini murakkablashtiradi va ekstraksiyalash jarayonini qimmatlashtiradi.
Suyuqlik-suyuqlik sistemalarini ekstraksiyalash jarayonlari kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, rangli metallar metallsozligi va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng ishlatiladi. Bu jarayonlar turli organik va neft-kimyoviy sintez mahsulotlarini toza holda ajratib olish, nodir va kam tarqalgan elementlarni olish va ularni ajratish, chiqindi suvlarini tozalash va shu kabi boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Ayrim sharoitlarda ekstraksiyalash jarayoni rektifikatsiyalash bilan birgalikda olib boriladi. Suyuqiik aralashmasi rektifikatsiyalashdan oldin birlamchi ekstraksiyalash yo'li bilan qisman ajratilsa, rektifikatsiyalash uchun issiqlik xarajatlari ancha kamayadi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan mkunalar ekstraktorlar jeb ataladi.
Suyuqiik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Erituvchilarga bir qator talablar qo'yiladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. kerakli komponentga nisbatan tanlab ta'sir qilish hususiyatiga ega bo'lishlik;

  1. erituvchining kerakli komponentni o'zida eritib, yutib olish qobiliyati;

  1. erituvchi tarkibidan yutilgan komponentni yengil ajratib olish ya'ni, reekstraksiyalash imkoniyati borligi;

  2. fazalarning qatlamlarga oson ajralishi;

  3. erituvchi bilan ishlash xavfsiz bo'lishligi;

  1. saqlash va ish davomida (ekstraksiyalash va reekstraksiyalash) parchalanib ketmasligi;

  2. narxi arzon bo'lishi;

  3. oson topiladigan, ya'ni kamyob bo'lmasligi;

  4. erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo'lgan suyuqiik zichligidan kam bo'lishi maqsadga muvofiq.

Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar uch guruhga bo'linadi:

  1. organik kislotalar yoki ularning tuzlari (alifatik monokarbon kislotalari, naften kislotalari, sufokislotalar, fenollar va hokazo);

  2. organik asoslarning tuzlari (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning tuzlari va hokazo);

3) neytral erituvchilar (suv, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, aldegidlar
va ketonlar).
Suyuqliklarni ekstraksiyalashni o'rganishda tarqalish koeffitsienti va ajratish omili tuchunchalaridan foydalaniladi. Ekstrakt tarkibidagi kerakli komponentning muvozanat holatdagi konsentratsiyasini ushbu komponentning rafinatdagi muvozanat konsentratsiyasiga nisbati tarqalish koeffitsienti deb ataladi:

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish