O'zbekiston Respublikasida neft va gazni qayta ishlash sohasiga alohida e'tibor qaratilganligi tufayli, mustaqillik yillarida bir nechta zamonaviy neft va gazni qayta ishlash korxonalari qurib ishga tushirildi, sohaning bir qator korxonalari esa jahon andozalariga mos tarzda qayta jihozlandi. Ushbu murakkab asbob-uskunalardan unumli foydalanish, texnologik jarayonlarni samarali kechishini ta'minlash uchun esa yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan, hamda ishlab chiqarishda ijodkorona mehnat qila oladigan mutaxassislar zarur bo'ladi.
Hozirgi davrda neft-gazni qayta ishlash va gaz-kimyo sanoatining rivojlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlarini ko'paytirish va sifatini oshirish bilan bir qatorda neft va gazni to'liq qayta ishlash jarayonlari va uskunalarini samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bunda neft va gaz mahsulotlarini birlamchi qayta ishlashni ta'minlash va yuqori samarali katalizatorlar yordamida ikkilamchi qayta ishlash ham ko'zda tutiladi.
Sanoat jarayonlarini o'tkazishga mo'ljallangan texnologik uskunalar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko'pgina ishlab chiqarish jarayonlarida xomashyoni tashkil etuvchi komponentlarga ajratish, mahsulotlarni sovitish va isitish, turli muhitlar tizimini mexanik ajratish talab etiladi. Bunda tabiatiga ko'ra o'xshash yoki bir xil bo'lgan jarayonlar texnologik jarayonning turli bo'g'inlarida qatnashib, zarur sifat va xossalarga ega mahsulotlar olinishini ta'minlashi mumkin.
Ba'zi hollarda turli jarayonlarni amalga oshirishda o'xshash uskunalar, shuningdek, bir jarayonni amalga oshirishda turli tuzilishdagi uskunalar qo'llanilishi mumkin.
Ushbu fan o'z oldiga:
1. Neft va gazni qayta ishlash neftegaz kimyosi jarayonlarining nazariy
asoslari ni;
Ushbu jarayonlarni o'tkazishga mo'ljallangan uskunalaming tuzilishidagi o'ziga xosligini;
Neft va gazni qayta ishlash va neftegaz kimyosi jarayonlarini hisoblashning asosiy usullarini o'rganish maqsadini qo'yadi.
Yuqorida keltirilgan maqsadlami amalga oshirish orqali neft va gazni qayta ishlash va neftegaz kimyosida qo'llaniladigan jarayon va uskunalami to'g'ri tanlash, hamda ularni mukamallashtirish yo'llarini ishlab chiqish mumkin.
Taqdim etilayotgan ushbu darslik bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirgan o'quvchilarga muall iflar oldindan minnatdorchilik izhor etishadi.