Mavzu: Magmatik tog’ jinslari



Download 18,44 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,44 Kb.
#233701
Bog'liq
mustaqil ish 1


Mustaqil ish

Mavzu:Magmatik tog’ jinslari

13B-20KI guruh talabasi:Xo’jayev Azizjon

Reja:


1. Magmatik tog` jinslar

2. Magmatik tog` jinslarni hosil bo`lishiga qarab bo`linishi

3. Magmatik tog` jinslarni kimiyoviy tarkibiga qarab bo`linishi

Magmatik tog` jinslari

Magma tog` jinslari, Yuqori mantiya (astenosfera) va litosfera quyi qismidagi Yuqori temperaturali silikatli tabiiy eritma magmaning kristallanishi natijasida hosil bo`ladi. Magmaning paydo bo`lish sharoitiga qarab turli tarkibdagi magmalar hosil bo`ladi. Magmaning kristallanishi natijasida, ichidagi uchuvchan komponentlarning bir qismi kamayadi; buning natijasida magmaning va undan hosil bo`luvchi jinslarning kimyoviy tarkibi turlicha bo`ladi. Magma tog` jinslarining mineral tarkibi va strukturasiga qarab sinflarga bo`lish mumkin. Magmaning asosiy tarkibini tashkil qiluvchi kimyoviy komponentlarga, ya`ni oksidlarga SiO2, TiO2, A12O3, Fe2O3, FeO, MgO, CaO, N2O, K2O va uchuvchan komponentlarga esa H2O, CO2, SO2, F, B, C1 kiradi (juda oz miqdorda oksidlar va boshqa elementlar uchraydi).

Magmaning quyuq va suyuqligi uning kimyoviy tarkibiga ta`sir ko`rsatadi va bu o`rinda kremniy oksidi (SiO2) muhim o`rinni egallaydi. Bu oksidga boy magma (nordon) ancha quyuq (hamirsimon), kambag`allari esa temir va magniyga boy bo`lganlari (asos va o`ta asos) suyuq bo`ladilar. Shuning uchun ham intruziv jinslarning orasida nordon tog` jinslari, effuzivlarning ichida esa asos (bazal`t) lari ko`proq bo`ladi.

Hozirgi vaqtda uchta birlamchi magmaning borligi aniqlangan: granit (nordon), bazal`t (asos) va peridodit (o`ta asos). Ishqorli magmaning borligi ehtimoldan uzoqdir. Magma tog` jinslarini hosil qiluvchi minerallar genetik belgilariga, ikkilamchi va kristallooptik xususiyatiga qarab shaffof va noshaffofga bo`linadi.

Birlamchi mineral magma eritmasidan to`g`ridan-to`g`ri kristallanib ajralib chiqqan, ikkilamchilari esa eritmaning to`la kristallanishidan hosil bo`lgan birlamchi mineralning o`zgarishidan yoki eritmadan ajrab chiqib yoriqlar va bo`shliqlarning to`lib qolishidan hosil bo`ladilar.

Birlamchi minerallar muhim va aktsessor (aralashmaikkinchi darajali) minerallarga bo`linadi. Birinchisi - rangsiz va rangdorlarga bo`linadi.  Rangsizlarga kvarts, dala shpatlari (ortoklaz, sinidin, mikroklin, anortoklaz, plagioklazlar), fel`dshpatoidlar (nefelin, sodalit, leytsit),  rangdorlarga-slyudalar (biotit, muskovit, flagopit), amfibollar, piroksenlar va olivinlar) gruppalari kiradi. Slyudalar rangdorlarga o`tish minerallari bo`lib, ulardan muskovit rangsizlar jumlasidandir. Magmatik tog` jinslari uch xil xususiyatiga ko`ra, ya`ni hosil bo`lish sharoitlariga (genezisiga), kimyoviy tarkibiga va mineral tarkibiga qarab sinflarga bo`linadi: a) magma jinslar hosil bo`lish sharoitlariga qarab intruziv va effuziv bo`ladilar.

Intruziv jinslar Yer qobig`idagi qatlamlarga magmaning yorib kirib qotishi natijasida hosil bo`ladilar. Chuqurlikda hosil bo`lishiga qarab, ular abissal yoki chuqur (chuqurligi 7 km), gipabissal - yarimchuqur (0,5-5 km) intruziv jinslarga bo`linadilar. Chuqurlik jinslari temperaturani asta-sekin pasayishi va uchuvchi komponentlari saqlangan holida bo`ladilar. Buning natijasida ular to`la kristallangan va minerallari bir xil katta-kichiklikda bo`ladi. Gipabissal va tomir jinslarning kristallanishi ancha tez bo`lganligidan jinslar mayda va mikrodonali bo`ladi. Effuziv (yoki vulqonli) jinslar Yer yuzasida lavaning tezda sovushidan hosil bo`ladi. Shuning uchun ham ular to`la kristallanmagan (qisman oynali bo`lishi) va ba`zan kristallar butunlay bo`lmaydi, ya`ni faqat vulqon oynasidan tuzilgan bo`ladi. Yuqorida ko`rsatilgan magmatik jinslar turli sharoitlarda hosil bo`lganligi ularning struktura - tekstura xususiyatlarida ham aks etgan bo`ladi. Effuziv jinslar kaynotipli (o`zgarmagan) va paleotipli (o`zgargan) bo`ladilar. Effuziv jinslar bilan bir qatorda piroklast jinslar (tuflar, tuffitlar, va boshqalar) ham keng ko`lamda tarqalgan bo`ladi. Ular vulqon harakatidagi otilishlar natijasida hosil bo`ladilar va ularga piroklastik strukturalar xos bo`ladi. Magma tog` jinslarining kimyoviy tasnifini tuzishda jinslardagi kremnezyomning (SiO2) miqdori asos qilib olinadi.

Kremnezyomning (SiO2) miqdoriga (% hisobida) qarab magma jinslar quyidagi sinflarga bo`linadilar: Nordon - SiO2 65 % dan ko`p O`rta - SiO2 55-65% Asos- SiO2 45-55% O`ta asos - SiO2 45% dan kam. Bu yerda SiO2 dan tuzilgan kvartsdan tashqari silikatli minerallar tarkibidagi kremniy kislotasi ham hisobga olingan. Magma har xil chuqurliklarda turlicha kristallanadi. Chunki magmaning kristallanishi bosimga, temperaturaga va unga imkon beruvchi uchuvchan 60 komponentlar, ya`ni mineralizatorlarning bor-yo`qligiga bog`liq. Bosim qancha ko`p bo`lsa, magma qancha sekin sovisa, mineralizatorlar qancha ko`p bo`lsa, magma shunchalik to`la kristallanadi. Shunday sharoit bu murakkab jarayon uchun normal vaqt va normal muhit tug`diradi. Normal sharoitlarda mine-rallarning doim Yaxshi o`sgan kristallaridan iborat to`la donador, yaxlit kristalli jinslar hosil bo`ladi. Aksincha temperaturaning tez pasayishi va magma bosimining past bo`lishi, mineralizatorlar-ning magmadan chiqib ketishi kristallanish jarayonining normal ketishi uchun yo`l qo`ymaydi. Bunday hollarda vulqon lavalari, shishalar kristallanmagan massalar va boshqa jinslar hosil bo`ladi. Bu xildagi jinslarda biror mineralning ayrim kristallari katta chuqurliklardayoq hosil bo`lgan ―kiritmalar‖ (porfir) ko`rinishida ajralib turadi. Jinslarning minerallik tarkibi magmaning SiO2 ga nechog`liq to`yinganligiga bog`liq.

Shuning uchun ham nordon jinslar uchun kvarts qo`llanma mineral bo`lishi kerak, chunki kvarts hamma asoslar bilan to`yinganidan keyin qolgan sof silikat kislotaning kristallangan erkin ortiqcha qismi bo`lib qoladi. O`ta asos va asos jinslarga silikat kislotalari ancha kam bo`lgan minerallar xarakterlidir. Bunga olivin va ma`danli minerallar kiradi. Bu jinslarda metasilikatlardan ko`pincha avgit, dala shpatlaridan asos plagioklazlar uchraydi. Olivin va kvarts minerallari odatda birga uchramaydi. Agarda SiO2 ortiqcha bo`lsa, olivin romb piroksenga aylanadi: (Mg,Fe) 2SO4 + SiO = 2(MgFe) SiO3. Magma jinslarning kimyoviy tasnifi uchun ularning ishqoriy (K, Na) va ishqoriyer metallar (Mg,Ca) oksidlarining miqdoriy nisbatini bilish muhim ahamiyatga egadir. Kaliy, natriy ko`p, magniy va kal`tsiy esa kam bo`lgan jinslar, ishqoriy-er jinslarga kiradi. Yer qobig`ida ikkinchi gruppa jinslari ko`p uchraydi. Magma tog` jinslarining kimyoviy xarakteristikasi magmada SiO2, A12O3, FeO, Fe2O3, MgO, TiO2, CaO, Na2O, K2O, N2O ning necha foiz bo`lishiga bog`liq. Shuning uchun ham magma jinslarni aniqlamoqchi bo`lsak Yuqoridagi oksidlarning foiz miqdorini kimyo laboratoriyalarida aniqlaymiz. A12O3, CaO, Na2O, K2O larning molekulyar miqdoriga qarab magma jinslar quyidagicha bo`ladi: 1. Ohak-ishqorli yoki normal, bunda CaO+Na2O+K2O >A12O3>Na2O+K2O bo`ladi.

2. Ishqorga o`ta to`yingan jinslar K2O+Na2O>A12O3 kremnezyomga o`ta to`yingan (nordon). 3. Gilga (A12O3) o`ta to`yingan A12O3>CaO+Na2O+K2O kremnezyomga o`ta to`yingan (nordon) jinslarda kvarts bo`ladi. Ishqorga o`ta to`yinganlarda kaliyli dala shpatlari-ortoklaz, mikroklin, al`bit, fel`dshpatoidlar bo`ladi; rangdorlardan esa ishqorli amfibollar, piroksenlar va boshqalar bo`ladi. Shishasimon vulqonitlar o`zlarining faqat kimyoviy tarkiblariga qarab gruppalarga bo`linadi. Mineral tarkiblariga qarab magma tog` jinslarining sinflarga bo`linishi juda sodda va qulay. Chunki to`la kristal-langan jinslarning mineral tarkibiga qarab bo`linishini aniqlash ancha qulay. Biroq to`la kristallanmagan jinslar uchun ancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Magma tog` jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi odatda bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Sinflarga bo`luvchi muhim jins hosil qiluvchi minerallarga kvarts, dala shpatlari va fel`dshpatoidlar kiradi. Shunga ko`ra magma jinslar kvartsli va kvartssizlarga bo`linadi. Dala shpatlariga qarab, ular kaliy shpatli va plagioklazli, shuningdek aralashgan jinslarga bo`linadi. Nihoyat fel`dshpatoidli jinslar gruppasi ham mavjud. Magmatik jinslarning muhim aniqlash komponentlariga rangdor minerallar ham kiradi. Magmatik jinslarning tasnifi granit gruppasidan boshlanadi.

Bu gruppa jinslariga kvartsning mikdori 30-25%,kaliy shpati, nordon plagioklazga qaraganda ko`proq bo`lib, biotit vash ox aldamchi 5-10% ni tashkil qiladi. Normal qatorda granitdan keyin granodiorit gruppasi turadi. Unda kvartsning mikdori kamroq (25% gacha), plagioklaz kaliy shpatidan ko`p bo`lib, rangdor minerallar 15-20% ni (andezit) tashkil qiladi. Diorit gruppasida kvarts uchramaydi.. Dioritdan so`ng gabbro gruppasi turadi. Bu gruppada asos plagioklaz bilan piroksenning miqdori deyarli tengdir. Normal qator peridotit gruppasi bilan tamom bo`ladi. Bu gruppadagi jinslar dala shpatisiz bo`lib faqatgina rangdor minerallar (olivin, piroksen, rogovaya obmanka) dan tashkil topgan. Shunday qilib normal qatorda granitdan peridotitga qarab kvartsning o`rni kamayib, plagioklazning asosligi va rangdor minerallarning miqdori oshib boradi. Oraliq jinslarga adamellit (granit va granodiorit o`rtasida) va banatit (granodirit va kvartsli diorit orasida) kiradi. Ishqorli qatorga kaliy dala shpati va rogovaya obmankadan tuzilgan sienit gruppasi kiradi va undan keyin nefelinli sienit turadi. Qator oralig`ida granosienitlar turadi. Bularning ichida montsonitlar (sienit-diorit, gabbro-sienit) alohida o`rin tutib, kaliy shpati va plagioklazlardan iborat.

Mineral tasnifidagi har bir gruppadagi jinslarning abissal, gipoabissal, tomirli va effuziv fatsiyalari mavjuddir. Effuziv fatsiyalari qaynotipli va paleotipli bo`ladi. Qaynotipli jinslar o`zgarmagan bo`lib, odatda vulqon-shishali bo`ladi. Paleotiplilarda shisha bo`lmaydi. Qaynotipli effuzivlar o`z nomlariga egadirlar. Masalan, granitlarning effuzivga o`xshashi liparit yoki riolit, granodioritlarniki datsit, dioritlarniki andezitlar va hokazo. Agarda bu effuziv jinslar paleotipli bo`lsa, porfir yoki porfirit so`zi qo`shiladi. Kaliy dala shpatili yoki kaliy dala shpati-plagioklazli jinslar porfirlar (liparit-porfiri, datsit-porfiri); plagioklazli yoki dala shpatisiz jinslar porfiritlar deb nomlanadi. Masalan, andezit-porfirit. Tomir jinslar Tomir (dayka) jinslar odatda katta intruziv tanalar bilan birga uchraydilar va tarkibi ularnikiga o`xshash bo`ladi. Bunday o`xshashlik ikki xil bo`ladi. Bu o`xshashlik, birinchidan, to`la bo`lib, tomir jinslarning mineral tarkibi intruziv jinslarning o`zi bo`lib, faqatgina strukturasi boshqacharoq bo`lishi mumkin. Bunday tomir jinslar parchalanmagan bo`ladi. Masalan, granitlarga tomir jinslardan mikrogranitlar va granit-porfirlar to`g`ri keladi. Ikkinchi tur o`xshashlik tarkibida rangsiz minerallar va boshqa hollarda esa rangdor minerallar ortiqcha bo`lishligidan iborat. Aplit, pegmatitlar va lamprofirlar kiradi.

Fоydаlаnilgаn vа tаvsiya etilаyotgаn аdаbiyotlаr ro`yxаti:

1. Toshmuxamedov B.T. ―Umumiy geologiya‖ darslik. – Toshkent;IMR, 2008, 351 b.

2.Toshmuxamedov B.T., Shermuxamedov T.Z., Tulyaganova N.Sh. «Umumiy geologiya»dan amaliymashg`ulotlar (uslubiy qo`llanma). – Toshkent, ToshDTU, 2010.

3. Shoraxmedov Sh.Sh. Umumiy va tarixiy geologiya. - Toshkent; O`qituvchi, 1985.

4. Shoraxmedov Sh.Sh., Qodirov M.X. Umumiy va tarixiy geologiyadan laboratoriya mashg`ulotlari bo`yicha usulik qo`llanma. - Toshkent; O`qituvchi, 1988.



5. Qurbonov A.S. Geologiya. - Toshkent; O`qituvchi, 1992. 6. Yakusheva A.F., Xain. V.Е. Slavin V.P. Obshaya geologiya. - Moskva; MGU, 1988.
Download 18,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish