Neftni qayta ishlash qurilmalarida konstruksiyasi, shakli, unumdoriigi, joylashishi va boshqa ko'rsatkichlariga ko'ra farqlanadigan turii o'choqlar qo'llaniladi. Ular maxsus katalogga kiritilgan bo'lib, texnologik jarayonni tanlashga yordam beradi.
Katalogda quyidagi shartli belgilar qabul qilingan: l)l-harf — o'choqning konstruktiv bajarilishini ifodalaydi.
G-tutun gazlari yuqoridan chiqadigan va gorizontal radiant quvurli o'choqlar; V — tutun gazlari yuqoridan chiqadigan va vertikal radiant quvurli o'choqlar; S — konveksiya kamerasi yuqori joylashgan silindrsimon quvurli o'choqlar; К — konveksiya kamerasi ko'ndalang joylashgan silindrsimon qobiq quvurli o'choqlar; S-seksiyali quvurli o'choqlar.
2-harf yoqilg'ini yondirish usulini ko'rsatadi:
S — erkin mash'alali; N — devor (to'siq) li mash'ala; D — mash'ala balandligi bo'ylab havo o'zgaruvchan (differensial) tarzda beriluvchi to'siqli mash'ala.
d) Harflardan keyin qo'yilgan raqam radiant kameralari yoki seksiyalarining sonini ko'rsatadi. Agar raqam bo'lmasa, o'choq bir kamerali yoki bir seksiyali ekanligini anglash lozim.
Quyida keng tarqalgan o'choqlarning xususiyatlarini ko'rib chiqamiz:
GS shaklidagio'choqlar — to'g'ri burchakli, tutun gazlari yuqoridan chiqariladigan, radiant va konvektiv kameralari gorizontal joylashgan va aralash yonilg'ini erkin vertikal yonishi ta'minlangan o'choq (rasm 1.3). Gorelkalar o'choqning pastki qismida bir qator joylashgan. Bunday o'choqlar 2 kamerali bo'lishi mumkin (rasm 1.4). GS o'choqlari atmosfera bosimi va vakuum ostida neftni haydashda qo'llaniladi. GS 2 o'choqlarini kreking jarayonida qo'llash samarali.
GN o'choqlari — to'g'ri burchakli, tutun gazlari yuqoridan chiqadigan, gorizontal to'siqli yoki markaziy quvurli va aralash yoqilg'ini to'siqli yonishi ta'minlangan o'choq. Bu o'choq gorelkalar joylashishiga ko'ra 2 variantda bajariladi.
1-variant orqali bajarilgan o'choqda gorelkalar yon devoriarda ikki qatorda 45° ostida joylashtiriladi (1.5-rasm). O'choqning markaziy o'qida to'siq joylashtirilgan bo'lib, mash'alalar unga yo'naltiriladi. Bu o'choqlar, sekin kokslash va krekinglash jarayonida qo'llaniladi.
2-variantda bajarilgan o'choqlarda gorelkalar yon devorda ustma-ust joylashgan bo'ladi. Bu o'choqlar gaz yonilg'isida o'rtacha unumdorli jarayonlar uchun mo'ljallangan.