Quvurli o'choqning radiatsiya va konveksiya kameralarining texnologik vazifalarini tuchuntirib bering.
Quvurli о 'choqlar ishini ifodalovchi kattaliklami izohlang.
Quvurli о 'choq konstruksiyalari qanday belgilanadi?
Turli konstruksiyadagi о 'choqlar ishlashini tuchuntiring.
O'choqning radiant va konveksiya yuzalari qanday tartibda hisoblanadi?
Quvurli o'choqqa kirish va chiqishdagi ko'rsatkichlar va ularni hisoblash formulalarini tuchuntiring.
MODDA ALMASHINISH JARAYONLARI VA USKUNALARI II BOB. MODDA UZATISH ASOSLAM 2.1-§. Umumiy tushunchalar Birfazadan ikkinchifazaga modda о'tishi bilan bog'liq bo 'Igan jarayonlar modda almashinish jarayonlari deb ataladi. Modda o'tish jarayoni fazalar o'rtasida muvozanat holat yuz bergunga qadar davom etadi. Bir fazaning ichida esa modda konsentratsiyasi yuqori bo'Igan nuqtadan konsentratsiyasi rast bo'Igan nuqtaga tomon o'tadi. Sanoatda modda almashinish jarayonlari birinchi navbatda suyuq yoki gaz holatidagi gomogen aralashmalarini ajratish, ulami quyuqlashtirish, oqova suvlar va ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan gazlarni tozalash uchun keng ishlatiladi. Nam materiallami quritish, qattiq jism tarkibidagi kerakli komponentni eritib olish yoki eritmalardan kristallarni ajratib olish kabi jarayonlar ham modda almashinish jarayonlari qatoriga kiradi. Modda almashinish jarayonlari neft va gazni qayta ishlashning turli sohalarida muhim o'rin egallaydi.
Sanoatda quyidagi modda almashinish jarayonlari keng tarqalgan.
Absorbsiya.Gaz yoki bug' aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab, yutilishi jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya'ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajrab chiqilishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va tabiiy va yo'ldosh gazlar tarkibidagi qo'shimcha komponentlarni tozalashda keng qo'llaniladi.
Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish. Bunday jarayonlar suyuq gomogen aralashmalarni suyuqlik oqimi va aralashmani bug'latish paytida hosil bo'ladigan bug' bilan o'zaro ta'siri yordamida komponentlarga ajratishga asoslangan. Suyuq va bug' fazalar orasida komponentlarning о 'zaro almashinish yo 'li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni haydash deb ataladi. Bu jarayon issiqlik ta'sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash (distillatsiya) va murakkab haydash (rektifikatsiya). Rektifikatsiya orqali neftdan turli uglevodorodlar, benzin, dizel yoqilg'isi, mazut va boshqalar olinadi. Suyuq gazlarni rektifikatsiyalash natijasida etilen, etan, propan, butan va boshqa komponentlar ajratib olinadi.