So'zboshi



Download 2,83 Mb.
bet2/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

1 BOB. QUVURLI O'CHOQLAR

1.1-§. Umumiy ma'lumotlar


Quvurii o'choq isitilayotgan mahsulotga yonilg'ining yonishi natijasida olingan issiqlikni uzatish uchun xizmat qiladigan uskuna hisoblanadi. Quvurii o'choq neft va gazni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyoviy ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Masalan, neftni haydash, mazutni yengil fraksiyalardan tozalash, moylami tozalash, metanni konversiyalash va hokazo.
Quvurii o'choqning juda ko'p, har xil konstruksiyalari mavjud. Ular yonish kamerasining shakli va soni, radiatsiya zonasidagi kameralar soni, forsunkalar joylashuvi va boshqa belgilariga ko'ra farqlanadi.
Quvurii o'choq radiatsiya va konveksiya kameralariga ega. Radiatsiya kamerasida yoqilg'i yonadi hamda unda joylashgan radiatsion yuza (ekran) issiqiik nurini asosan, radiatsiya usuli orqali qabul qiladi.
Konveksiya kamerasida konveksion quvurlar joylashgan bo'lib, unda issiqiik yuzasini tutun gazlari bilan o'zaro ta'sirlanishi natijasida asosan, konveksiya usuli orqali issiqlikni qabul qiladi.
Isitiluvchi mahsulot oldin konveksiya kamerasidan, keyin radiatsiya kamerasidan o'tadi va issiqlikni yutadi. Issiqiik uzatish jarayoni asosan, radiatsiya kamerasida bo'ladi. Lekin tutun gazlarining issiqligidan unumli foydalanish, radiatsiya kamerasi yuzasini kamaytirish uchun konveksiya zarur. Shuningdek, tutun gazlari issiqligidan, uskunadan tashqarida, gazlarni isitish yoki suv bug'i olish uchun foydalanish mumkin.
Quvurii o'choq ishini quyidagi o'choq chizmasi orqali o'rganish mumkin (1.1-rasm).
Bu o'choqning yonish kamerasiga forsunka yordamida sochiluvchan yoqilg'i, hamda yonish uchun issiq yoki sovuq havo beriladi. Yoqilg'ining mayda dispersli bo'lganligi, uning havo bilan to'liq aralashishiga va yonish samaradorligini ortishiga sabab bo'ladi.
Mash'alani o'choqdagi ichki to'siq bilan ta'sirlanishi esa uning temperaturasini oshishiga olib keladi, natijada issiqiik nurlanishi faqatgina mash'aladan emas, shuningdek, qizdirilgan to'siq orqali ham tarqaladi. Mash'alaning temperaturasi, o'lchami va shakli turli omillarga, shuningdek, berilayotgan havoning temperaturasi va sarfiga, havoning uzatish usuliga, forsunka (uzatkich) ning konstruksiyasiga, yonilg'ining issiqiik berish qobiliyatiga, radiant yuza o'lchamlariga va boshqa ko'rsatkichlarga bog'liq bo'ladi.

1.1-rasm. Yoqilg'ini to'siqli yonishi bilan


kechadigan quvurii o'choqni ishlash sxemasi:
1-forsunka; 2-to'siq; 3-radiatsiya kamerasi; 4-konveksiya kamerasi; 5-mo'ri; 6-konveksion quvurlar dastasi; 7-radiant quvurlar dastasi; 8-qoplama. Oqimlar: I-mahsulot kirishi; II-mahsulot chiqishi; III-yonilg'i va havo; IV-tutun gazlari.
Issiqiik uzatishga sezilarli ta'sir qiluvchi omillardan biri konveksiya kamerasida quvurlar joylashish usuli sanaladi. Quvurlarning shaxmat shaklida joylashishi, tutun gazlarining o'ta jadal turbulent harakatlanishi tufayli, quvurlarning koridor ko'rinishida joylashishiga nisbatan issiqlikning samarali uzatilishiga sabab bo'ladi (1.2-rasm). Tutun gazlari tezligi bir xil bo'lganda quvurlarning shaxmat tarzida joylashishi koridor ko'rinishida joylashishiga nisbatan 20-30 % yuqori issiqiik uzatish imkonini beradi.



Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish