Suyuqliklarni ekstraksiyalash. Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta 'sir qiluvchi boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bunday jarayonda bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o'tadi. Ekstraksiya jajayonini amalga oshirish erituvchini to'g'ri tanlashga bog'liq. Erituvchi suyuq aralashma bilan aralashib ketmasligi kerak yoki bo'lmasa qisman aralashib ketadigan bo'lishligi mumkin. Erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo'Igan suyuqlik zichligidan kam bo'lishi shart. Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam miqdorda erigan komponentlarni ajratib olish uchun ishlatiladi. Moylar ishlab chiqarishda benzinli fraksiyalar tarkibidan aromatik uglevodorodlami ajratib olishda ekstraksiya jarayoni keng qo'llaniladi.
Adsorbsiya.Gaz, bug' yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir necha komponentlarningg'ovaksimon qattiq moddaga tanlabyutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi. Faol yuzaga ega bo'Igan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari jarayon, ya'ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko'pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regeneratsiya qilish uchun) qo'llaniladi. Bunday jarayon aralashma tarkibida oz miqdorda bo'Igan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi.
Ion almashinish.Elektrolit eritmalari tarkibidagi ionlarni qattiq fazada tanlab yutilish orqali ajratib. olinishi ion almashinish deb ataladi. Bunday jarayon paytida ajratilishi lozim bo'Igan modda suyuq fazadan qattiq fazaga o'tadi. Ion almashinish jarayoni adsorbsiyaning bir turi hisoblanadi. Eritma tarkibidagi ajratib olinishi lozim bo'Igan moddaning konsentratsiyasi juda past bo'Igan holatida ion almashinish jarayoni qo'llaniladi.
Quritish. Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan, bug'latish yo 'li bilan ajratib chiqarish — quritish deyiladi. Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvshi agentlar (isitilgan havo, tutunli gaz) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug') fazaga o'tadi. Texnikada quritish jarayoni qayta ishlanayotgan xomashyo yoki materiallami dastlabki suvsizlantirish hamda tayyor mahsulotlarni suvsizlantirish uchun keng ishlatiladi. Katalizator va adsorbentlar ishlab chiqarishda quritish jarayonidan foydalaniladi.
Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash. Qattiq fazaning suyuqlikka (erituvchiga) о 'tishi eritish jarayoni deb ataladi. Qattiq g'ovaksimon materiallar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta'sir qiluvchi erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deyiladi. Agar eritish jarayonida qattiq faza to'la suyuq fazaga o'tsa, ekstraksiyalash paytida esa qattiq faza amaliy jihatdan o'zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli komponent suyuq fazaga o'tadi. Ekstraksiya jarayoni qattiq materiallar tarkibidagi muhim yoki zaharli komponentlarni ajratib olish uchun qo'llaniladi.
Kristallanish. Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristallar holatida ajratish jarayoni kristallanish deb yuritiladi. Bu jarayon eritmalarni o'ta to'yintirish yoki o'ta sovitish natijasida sodir bo'ladi. Kristallanish paytida modda suyuq fazadan qattiq fazaga o'tadi. Kristallanish jarayonidan odatda, o'ta toza moddalar olish maqsadida foydalaniladi. Moylarni parafindan ajratish, oltingugurt va parafin ishlab chiqarishda kristallanish ishlatiladi.
Membranali jarayonlar. Aralashma komponentlarini yarim о 'tkazuvchan to'siqlar (membranalar) yordamida tanlab ajratib olish yoki ularni quyuqlashtirish membranali jarayonlar deb yuritiladi. Bunday jarayonda modda (yoki moddalar) bir fazadan ikkinchi fazaga ularni ajratib turgan membrana orqali o'tadi. Membranali jarayonlar gaz yoki suyuq aralashmalarni ajratish, oqova suvlar va gazsimon chiqindilarni tozalash uchun qo'llaniladi.
Moddalarni o'tkazish murakkab jarayon bo'lib, bir yoki bir necha komponentni bir fazadan ikkinchi fazaga fazalami ajratuvchi yuza orqali o'tishini belgilaydi. Moddalarni bir faza ichida tarqalishi moddalarning berilishi deb yuritiladi. Moddalarning berilish tezligi koeffitsienti /? orqali ifodalanadi. Moddalarni bir fazadan ikkinchi fazaga o'tkazish jarayonining tezligi esa koeffitsient К bilan belgilanadi.