So'zboshi


Aralashtirish-tindirish ekstraktorlari



Download 2,83 Mb.
bet28/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

Aralashtirish-tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan aralashtirish-tindirish ekstraktorlari vazifasini aralashtirgichli uskunalar bajaradi. Bir pog'onali ekstraksiyalashni uzluksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish va tindirish) dan iborat uskunalar ishlatiladi
Eng oddiy tindirgich gorizontal joylashgan idishdan iborat. Tindirgichning hajmi bo'ylab suyuqlik laminar rejim bilan harakat qiladi, natijada, aralashma ikki qismga ajraladi. Yengil fraksiya (ekstrakt) idishning tepasida joylashgan shtutser orqali chiqadi. Og'ir fraksiya (rafinat) esa



5.4-rasm. Aralashtirish-tindirish ekstraktori:
1, 2—eritma va erituvchi kiradigan quvur; 3—aralashtirish zonasi;
4-aralashtirgich; 5-aralashtirish quvuri; 6-sirkulatsion quvur;
7-sifon; 8-ajratish zonasi; 9-halqasimon bo'shliq;
10—quyilish shtutseri.
tindirgichning pastki qismidagi shtutser va sifon orqali tashqariga chiqadi.
Aralashmalarni ikki qismga ajratishda murakkab tuzilishga ega bo'lgan boshqa tindirish uskunalari (gidrosiklonlar, sentrifugalar va markazdan qochma separatorlar) ham keng ishlatiladi.
Sanoatda ko'pincha ikkita suyuq fazani aralashtirish va ajratish operatsiyalari bitta uskunada amalga oshiriladi. Bunday uskunalar aralashtirish-tindirish ekstraktorlari deb ataladi (5.4-rasm). Dastlabki eritma L va erituvchi Ctegishli quvurlar orqali aralashtirish kamerasiga yuboriladi. Aralashtirish zonasida aralashtirgich doim ishlab turadi. Hosil bo'lgan aralashma yuqoriga ko'tariladi, so'ngra halqasimon bo'shliq orqali ajratish zonasiga o'tadi. Og'ir fraksiya L qurilmadan sifonli quvur orqali, yengil fraksiya G esa qurilmaning yuqorisiga joylashgan shtutser yordamida tashqariga chiqadi. O'zaro ta'sir qilayotgan suyuqliklar maxsus quvur orqali resirkulatsiya qilinadi.
Kolonnali ekstraktorlar. «Suyuqlik-suyuqlik» sistemasiga mo'ljallangan kolonnali ekstraktorlar o'z navbatida ikki turga bo'linadi:



5.5-rasra. G'alvirsimon ekstraksion kolonna:


1—vertikal silindrsimon qobiq; 2—g'alvirsimon tarelkalar; 3—quyilish moslamalari; 4, 6—og'ir va yengil fazalar kiradigan shtutserlar;-a — fazalarni ajratuvchi sath.



  1. qo'shimcha energiya berilmaydigan uskunalar;

  2. tashqaridan qo'shimcha energiya beriladigan uskunalar.

Birinchi turga sochib beruvchi, nasadkali va g'alvirsimon ekstraktoriar, ikkinchi turga esa rotorii, pulsatsion, vibratsion va qoshqa ekstraktoriar kiradi.
Suyuqlikni sochib beruvchi ekstraktoriar ichi bo'sh silindrsimon kolonnadan iborat, bunda fazalardan bittasi yaxlit oqim bilan, ikkinchi faza esa qarama-qarshi yo'nalishda mayda tomchilar holatida harakat qiladi. Bunday qurilmalar oddiy tuzilishga ega, biroq ularning samaradorligi juda kam. Nasadkali ekstraktorlaming tuzilishi absorbsiya va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan shunga o'xshash qurilmalardan farq qilmaydi.
Sanoatda ko'pincha g'alvirsimon tarelkali ekstraktoriar keng ishlatiladi (5.5-rasm). Bunday ekstraktor vertikal silindrsimon qobiq (1) va quyilish moslamalari (3) bo'lgan g'alvirsimon tarelkalar (2)ga ega/ Kolonnaning ishlashi quyidagicha boradi. Og'ir faza (OF) shtutser (4) orqali kolonnaga uzluksiz beriladi, yaxlit oqim bilan pastga harakat qiladi va shtutser (7) orqali tashqariga chiqadi. Yengil faza (EF) uzluksiz ravishda shtutser (6) orqali kolonnadagi pastki tarelka (2)ning osti qismiga beriladi. Ushbu faza tarelkadagi teshiklar orqali o'tganida mayda tomchilarga ajraladi. Tomchilar yaxlit faza ichida yuqoriga harakat qiladi va tarelka zonasiga yetganida o'zaro qo'shilib, suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali o'tib yana tomchilar hosil qiladi. Ekstraktorda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish moslamalari (3) yordamida o'tadi. Shunday qilib, bitta kolonnada ko'p marotaba suyuqlikning mayda tomchilarga parchalanishi va ular qo'shilib, suyuqlikning tirgovich qatlamini hosil qilishi yuz beradi. Eng yuqorigi tarelkadan chiqayotgan tomchilar, yengil suyuqlik qatlami-ekstrakt (EF)ni hosil qilib, fazalarni


5.6-rasm. Shaybel ekstraksion koionnasi:


1-aralashtirish seksiyalari; 2-tindirish seksiyalari; 3—aralashtirgichlar.
i ajratuvchi sath ga ega bo'ladi va uskunadan shtutser (5) orqali tashqariga chiqariladi. Og'ir faza (rafinat) uskunaning pastki qismiga joylashgan shtutser (7) yordamida tashqariga uzatiladi.
Tarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko'ra, tomchi hosil qilishning uch xil rejimi bor:
1)notekis tomchi hosil bo'lishi (kichik tezliklarda);
2)bir tekis tomchi hosil bo'lishi (o'rtacha tezliklarda);
3)suyuqlikning kichik oqimlar bilan chiqishi (katta tezliklarda).
Tajribalarning ko'rsatishicha, g'alvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning teshiklardan o'tish tezligi 0,5-4),30 m/s bo'lishi kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar hosil qilish rejimi mavjud bo'ladi. Tarelkalar oralig'idagi masofa 0,25-0,60 m qilib olinishi mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustidagi balandligi 0,2 m atrofida bo'lsa, modda o'tkazish jarayoni tez ketadi. Tarelkadagi teshiklarning diametri odatda, 3-^6 mm bo'ladi.
Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oralig'idagi farq 100 kg/ m3dan kam va fazalar o'rtasidagi sirt taranglik kuchi katta qiymatga ega bo'lsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashqaridan energiya beriladigan, ya'ni mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan ekstraktoriar ishlatiladi.
Tashqaridan energiya beriladigan ekstraktoriar qatoriga birinchi navbatda rotorii ekstraktoriar kiradi. Bu turdagi ekstraktorlaming dastlabki variantlaridan biri Shaybel koionnasi hisoblanadi (5.6-rasm). Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish (1) va tindirish (2) seksiyalaridan tashkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar (3) o'rnatilgan. Tindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli qilib to'qilgan to'rlar) bilan to'ldiriladi.
Pulsatsiyali ekstraktoriarda ham ikki fazali oqimga qo'shimcha energiya beriladi. Bunda ekstraktoming ichidagi suyuqlikka pulsatorlar yordamida




Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish