So'zboshi


-§. Adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari



Download 2,83 Mb.
bet31/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

6.2-§. Adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari


Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  1. tanlovchanlik-aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta'sir qilmaslik;

  2. maksimal adsorbsion hajm yoki faollik-adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori;

  3. adsorbentni regeneratsiya qilish paytida yutilgan moddaning to'la ajralib chiqishi;

4) adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega bo'lishhgi
(donalarning buzilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini
yomonlashtiradi);

  1. yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo'lishlik;

  2. narxi arzon bo'lishi.

Adsorbentning tanlovchanligi va uning adsorbsion hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va molekulalarning tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi (massa yoki hajm birligidagi adsorbentning yuzasi) va adsorbent g'ovaklarining o'lchamlari muhim ahamiyatiga ega. Bu ikkala kattalik bir-birlari bilan uzviy bog'langan. G'ovaklarning o'lchamlari qanchalik kichik bo'lsa, adsorbentning solishtirma yuzasi shunchalik katta' bo'ladi. Bu holat adsorbent faolligini kuchaytiradi.
Adsorbentning faolligi adsorbsiya jarayonining shart-sharoitlari (temperatura, bosim, adsorbtivning muhitdagi konsentratsiyasi)ga ham bog'liq bo'ladi. Temperaturaning kamayishi, bosimning ko'payishi (gaz va bug'lar uchun) va aralashmadagi kerakli komponent konsentratsiyasining ortishi bilan adsorbentning faolligi kuchayadi.
Adsorbentlar zarracha ichidagi kapillar kanallarning kattaligiga qarab shartli ravishdamakro (r>10"7 m), oraliq(10_97m) vamikrog'ovakli (K10-9 m) bo'ladi. Adsorbsiya jarayonida tegishli komponent asosan, mikrog'ovaklarning yuzasida yutiladi. Oraliq va makrog'ovaklar asosan, yutilishi lozim bo'lgan komponentni mikrog'ovaklar yuzasiga uzatish uchun xizmat qiladi.
Sanoatda adsorbent sifatida aktivlangan ko'mir, qattiq g'ovaksimon moddalar, silikagel, selluloza, seolitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sun'iy smolalar (ionitlar) ishlatiladi.
Aktivlangan ko'mir odatda, turli aralashmalar tarkibidan organik moddalarni yutish hamda suyuqlik va gazlar (bug'lar)ni ajratish uchun keng qo'llaniladi. Aktivlangan ko'mirlar har xil organik xomashyolar (yog'och, toshko'mir, qipiq, teri, qog'oz va go'sht ishlab chiqarishlari qoldiqlari)ni quruq haydash va so'ngra bug' yoki kimyoviy reagentlar ta'sirida qayta ishlash natijasida olinadi. Aktivlangan ko'mirlarning asosiy ko'rsatkichlari ularning turlariga qarab quyidagicha chegaralarda o'zgaradi: solishtirma yuza 16*105-17* 10s m2/kg, to'kma zichlik 200-900 kg/m3. Bunday ko'mirlar noaniq shaklli zarrachalar (o'lchami 1-7 mm), silindrsimon zarrachalar (diametri 2-3 mm balandligi 4-6 mm) va kukun (zarrachaning o'lchami 0,15 mm dan kichik) ishlatiladi. Kukun holatidagi adsorbentlar asosan, eritmalarni ajratish uchun qo'llaniladi.
Aktivlangan ko'mirning kamchiliklari bor: yonuvchan; mexanik mustahkamligi yetarli emas.
Silikagellar (kremniy kislotasining suvsizlantirgan geli) polyar birikmalami adsorbsiya qilish uchun ishlatiladi. Bunday adsorbentlardan
eaz va suyuqliklarni suvsizlantirish, organik moddalarni gaz fazasida ajratish uchun hamda xromotografiyada foydalaniladi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 4 • 10s 7,7 • 105 m2/kg, uyilgan zichligi esa 400-800 kg/m3. Noaniq shaklli zarrachalarining o'lchami keng intervalda o'zgaradi (0,2-7mm), granula holatidagi zarrachalarning o'lchami esa 2-7 mm atrofida bo'ladi. Silikagellarning afzallik tomonlari: yonmaydi; mexanik mustahkamligi yuqori. Kamchiliklari: solishtirma yuzasi kamroq; namlik bo'lgan paytda adsorbentning organik moddalarga nisbatan yutish qobiliyati pasayib ketadi.
Adsorbentlar sifatida seolitlar ham ko'p ishlatiladi. Bunday adsorbentlar ishqor va ishqoriy — yer metallarning oksidlarini ushlagan alumosilikatlardan iborat. Seolitlar yuqori tanlovchanlikka ega. Seolitlar suyuqliklarni tozalash uchun mayda donali kukun holatida, gazlami tozalash uchun esa o'lchamlari 1-5 mm bo'lgan sharsimon yoki granulalar holida ishlatiladi. Ba'zi seolitlarning g'ovaklari juda ingichka bo'lib, ularning kattaligi yutilayotgan modda molekulalarining kattaligiga teng bo'ladi. Bu xildagi seolitlar molekular elak sifatida, ya'ni o'lchamlari g'ovaklarining kattaligidan kichik bo'lgan molekulalarni yutish uchun ishlatiladi. Seolitlarning suvni yutish qobiliyati katta bo'lgani sababli, ulardan gazlarni quritishda hamda suyuqlik va gazlami tozalash uchun foydalaniladi. Seolitning tarkibiga yutilgan suv juda harakatchandir, bu suv qizdirish orqali yo'qotiladi va adsorbent soviganidan so'ng qaytadan suvni yutish qobiliyatini tiklaydi. Seolitlarning uyilish zichligi 600-800 kg/m3 bo'ladi. Seolitlarning yutish qobiliyati g'ovaklarning solishtirma yuzasi bilan emas, balki g'ovaklarni adsorbat bilan hajmiy to'ldirish qiymati bilan belgilanadi (0,2-K),25 sm3/g).
Sanoatda eritmalarni har xil pigmentlardan tozalash uchun adsorbent sifatida tuproq jinslari ham ishlatiladi. Tuproq jinslari tabiatda ko'p tarqalgan bo'lib, narxi arzon, uyilish zichligi 400-450 kg/m3. Tuproq jinslarining solishtirma yuzasi boshqa sanoatda ishlatiladigan adsorbentlarga nisbatan ancha kichik (35-150 m2/g)-
Adsorbsiya jarayonining moddiy balansi uning davriy yoki uzluksiz rejimda olib borilishiga qarab tuziladi. Odatda jarayon uzluksiz ravishda olib borilganda qarama-qarshi oqimlardan foydalaniladi. Bunday jarayon uchun moddiy balans tenglamasi quyidagicha ifoda qilinadi:
L(a0-ab)=G(Cb-C0);(6.1)
bu yerda, L — adsorbentning sarfi; G — tashuvchi gazning sarfi;
аь va a0 — yutilayotgan moddaning adsorbentdagi boshlang'ich va oxirgi tarkibi, C0 — yutilayotgan moddaning adsorbsiya paytida chiqib
ketayotgan gazlardagi o'rtacha tarkibi; Cbadsorbtivning tashuvchi
gazdagi tarkibi.

6.1-rasm. Davriy ishlaydigan vertikal adsorberning sxemasi:
1—gaz taqsimlagich; 2—gaz taqsimlovchi tayanch panjara; 3-qobiq; 4-adsorbent qatlami; 5 va 6—yaxlit muhitning chiqishi va 'kirishi; 7 va 8— adsort>entni yuklash va tushirish uchun lyuklar; 9-pastki patrubka; 10-bug'gaz aralashmasi chiqadigan patrubka.


Adsorbsiya jarayoni issiqlik ajralishi bilan boradi. Ajralib chiqqan issiqlik sistemadagi temperaturaning ko'tarjlishiga olib keladi, bu holat adsorbentning faolligini susaytiradi.. Shu sababdan sanoat miqyosida adsorbsiya jarayoni amalga oshirilganda, ajralib chiqqan issiqlikni sarflaydigan qurilmadan foydalaniladi.



Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish