So'zboshi



Download 2,83 Mb.
bet33/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

б.З-rasm. Uzluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlami adsorbsion
qurilmaning sxemasi:
1-adsorber; 2, 5-separatsion bo'shliqlar; 3, 4-siklonlar; 6-desorber; 7—
issiqlik almashgich; 8-quvur; 9-isitkich; 10-shtutser.
II seksiya adsorber bo'lib, bu yerda, asosiy jarayon, ya'ni gaz fazasidan
qattiq fazaga bir yoki bir necha komponentning yutilishi yuz beradi.
Adsorbent zarrachalari taqsimlovchi tarelka (3) yordamida kolonnaning
ko'ndalang kesimi bo'ylab sochib beriladi. Gaz aralashmasi taqsimlagich
(2) orqali II seksiyaga beriladi, tozalangan gaz esa tarelka (3)ning ostida
joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi. Ushbu seksiyada qattiq
va gaz fazalari qarama-qarshi oqimda harakat qiladi.
III seksiyada adsorbent regeneratsiya qilinadi. Bu seksiya ham I seksiyaga
o'xshash qobiq-quvurli issiqlik almashgich ko'rinishiga ega. Quvurlaming
ichki qismidan adsorbent zarrachalari harakat qiladi, quvurlararo bo'shliqdan
esa isituvchi agent o'tadi. Adsorbentni regeneratsiya qilish maqsadida
taqsimlagich (1) orqali o'tkir bug' yuboriladi. II va III seksiyalaming oralig'ida


ham taqsimlovchi tarelka o'matilgan. Regeneratsiya paytida hosil bo'lgan bug'-gaz aralashmasi seksiyaning yuqorigi qismidan joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi.
Regeneratsiya qilingan adsorbent maxsus zatvor (4) yordamida uskunadan tushiriladi. Bu zatvor bug'ning uskunadan chiqib ketmasligini ham ta'minlaydi. So'ngra pnevmotransport yordamida adsorbent uzluksiz ravishda uskunaning yuqorigi seksiyasiga yuborib turiladi. Pnevmotransport adsorbent zarrachalarining qurishjga yordam beradi.
Gaz va qattiq fazalar zichliklari o'rtasida katta farq borligi sababli oxirgi yillari adsorbsiya jarayonlarini adsorbentning mavhum qaynash holatida olib borish keng tarqalmoqda. Bunday jarayonlarda adsorbentni uzatish uchun pnevmotransport, gaz oqimlaridan qattiq zarrachalami ajratish uchun esa siklonlar qo'llanilmoqdi. 6.3-rasmda uzluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli qurilmaning sxemasi berilgan. Bu qurilmaning tarkibi qatoriga adsorber (1) va desorber (6) kiradi. Dastlabki gaz aralashmasi regeneratsiya qilingan adsorbent bilan birgalikda shtutser (10) orqali adsorberga kiradi. Adsorberning yuqorigi qismidan yutilmagan gaz chiqadi, uning tarkibidagi adsorbentning zarrachalari separation bo'shliq (2) va siklon (3)da ajratiladi. O'zida gaz fazasidan bir yoki bir necha komponentlami yutib olgan adsorbent isitkich (9)ga tushadi. Isitkichda adsorbent desorberdan chiqayotgan bug'-gaz aralashmasi bilan isitiladi va so'ngra desorbsiya qiluvchi agent (odatda suv bug'i) yordamida quvur (8) orqali desorberga uzatiladi. Desorber isituvchi qobiq, separatsion bo'shliq (5) va siklon (4) bilan ta'minlangan. Regeneratsiya qilingan adsorbent issiqlik almashgich (7)da soviydi va adsorberga qaytariladi.
Mavhum qaynash qatlamli uskunalar bir qator afzalliklarga ega: adsorbsiya va desorbsiya jarayonlari uzluksiz ravishda boradi; fazalar o'rtasidagi kontakt yuza katta; adsorbent zarrachalari uskunaning ichida jadal aralashadi; ish unumdorligi yuqori va hokazo. Mavhum qaynash qatlamli uskunalarning ishini samarali olib borish uchun bir qator murakkab texnikaviy vazifalarni hal qilishga to'g'ri keladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: adsorbentning uzluksiz harakatini uyushtirish; adsorbent zarrachalarining yoyilib ketishini minimumga keltirish; adsorbentning chang nolatidagi mayda zarrachalarini qurilmadan chiqib ketishiga yo'l qo'ymaslik. Bunday kamchiliklarni yo'qotish uchun, birinchidan yuqori darajadagi mustahkam adsorbentlardan foydalanish, ikkinchidan esa adsorber va desorbemi konstruktiv jihatdan mukammal qilib tayyorlash maqsadga muvofiqdir.



Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish