G'ovaksimon murakkab qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Odatda ajratib olinishi lozim bo'lgan komponent qattiq moddaning tarkibida qattiq yoki erigan holda bo'ladi (8.1-rasm). Jarayonni amalga oshirish uchun tegishli erituvchi tanlab olinadi. Ekstraksiyalash paytida kerakli komponent qattiq fazadan diffuziya orqali suyuq fazaga o'tadi, biroq bu jarayonda qattiq jismning negizi o'zgarmay qoladi, ya'ni u inert-tashuvchi vazifasini o'taydi.
Qattiq jismlarni ekstraksiyalash jarayoni sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladi. Kimyo sanoatida ishqor, kislota va tuzlami, oziq-ovqat sanoatida qand, o'simlik moylari, sharbatlar, vitaminlarni, kimyo-farmatsevtika sanoatida turli dorivor moddalarni, gidrometallsozlikda esa rangli va nodir metallarni olishda ekstraksiyalash usullaridan keng foydalaniladi.
Kimyoviy texnologiyada qattiq jismlarni suyuqlikda eritish jarayoni ham keng ishlatiladi. Qattiq jismning suyuq fazaga to 'la о 'tishi eritishjarayoni deb ataladi. Bu jarayonda qattiq jismning erimay qoladigan inert negizi yo'q.
Qattiq jismlarni ekstraksiyalash va eritish jarayonlarining umumiy va bir-biridan farq qiladigan tomonlari ham bor. Umumiy tomoni shundaki, ikkala jarayon ham qattiq jism-suyuqlik sistemasida olib boriladi. Bu jarayonlarning bir-biridan farqini quyidagicha tuchuntirish mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni ikki bosqichda o'tkaziladi:
tegishli moddaning qattiq jism g'ovaklari ichidan tashqi yuzasiga ichki diffuziya yo'li bilan o'tishi;
qattiq zarracha yuzasidan moddaning tashqi diffuziya tufayli chegara qatlam orqali suyuqlikning asosiy massasiga o'tishidan iborat.
Eritish jarayonining tezligi faqat ikkinchi bosqichning qarshiligiga bog'liq, chunki birinchi bosqichda qarshilik bo'lmaydi. Shu sababli eritish jarayoni ekstraksiyalashga nisbatan ancha tez boradi.
Kimyo sanoatida erituvchilar sifatida ko'pincha suv yoki ayrim [anorganik kislotalarning eritmalari ishlatiladi, bunday jarayon ishqorlanish deb yuritiladi. Ishqorlanish mineral xomashyolarni kimyoviy qayta ishlash uchun birinchi bosqich hisoblanadi. Bu qayta ishlash orqali inert piateriallardan qimmatbaho komponentlar olinadi. Dastlabki qattiq ^naterialni erituvchi bilan o'zaro ta'sir ettirish natijasida geterogen oquvchan sistemalar (pulpalar) olinadi.
Eritish jarayoni odatda, ko'pchilik kimyoviy jarayonlarning boshlanishidan oldin amalga oshiriladi, chunki erigan modda molekulalarining harakatchanligi va kimyoviy faolligi ortadi.
Qattiq jism va suyuqlikning o'zaro kontakt qilishiga ko'ra, kimyoviy texnologiyada qo'llaniladigan ekstraksiyalash va eritish jarayonlari quyidagi turlarga bo'linadi:
cheklangan hajmli davriy jarayon;