So'zboshi


-§. Quritkichlarning tuzilishi



Download 2,83 Mb.
bet38/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

7. 5-§. Quritkichlarning tuzilishi


Sanoatda har xil quritkichlar ishlatiladi. Quritkichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko'ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritkichlarga bo'linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug' ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko'ra atmosfera bosimidagi va vakuumli quritkichlar bo'ladi. Jarayonni tashkil qilish bo'yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar mavjud. Konvektiv quritkichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan to'g'ri, qarama-qarshi yoki perpendikular harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo'lgan material donasimon, changga o'xshash, pastasimon yoki suyuq holda bo'ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash, fontan hosil bo'lish kabi holatlarda bo'ladi. Qurituvchi agent bug', issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, undan takror foydalanish, uni quritish kameralari oralig'ida qizdirish va quritish kameralariga bo'lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qo'shimcha ravishda qizdirish, o'zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo.
Konstruktiv tuzilishga ko'ra quritkichlar har xil bo'ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, quvurli, shnekli, silindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyerli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi bir qator quritkichlar ishlatiladi.
Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritkichlar keng tarqalgan. Bunday quritkichlarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi
agentning to'g'ridan-to'g'ri kontakti orqali boradi. Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida kamerali, tunnelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritkichlar ishlatiladi. Konvektiv quritkichlar ishlab chiqarishda qo'llanilayotgan barcha quritish qurilmalarining taxminan 80%ini tashkil etadi. Kimyo sanoatida ishlatilayotgan konvektiv quritkichlarning 40%ini barabanli quritkichlar tashkil etadi. Biroq barabanli quritkichlarda faqat sochiluvchan materiallarni suvsizlantirish mumkin.
Sanoatda ko'proq ishlatiladigan quritkichlar qatoriga yana quyidagilar kiradi: mavhum qaynash va fontan hosil qiluvchi quritkichlar (solishtirma ulushi 25%); sochib beruvchi quritkichlar (taxminan 10%); pnevmo-transport rejimida ishlaydigan quritkichlar (taxminan 7%); materialni qatlamda quritishga mo'ljallangan polkali, tunnelli, lentali quritkichlar (10%dan ko'proq).
Kontaktli quritkichlarning sanoatda eng ko'p tarqalgan quritkichlar qatoriga polkali vakuum-quritish shkaflari, barabanli va valsovkali quritkichlar kiradi. Hozirgi kunda kimyo sanoatida ishlatiladigan maxsus (termoradiatsiyali, dielektrik va sublimatsiyali) quritkichlarning nisbiy ulushi taxminan l%ni tashkil etadi.
Barabanli quritkichlar. Bunday quritkichlar atmosfera bosimi bilan uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritkich silindrsimon barabandan tashkil topgan bo'lib, gorizontga nisbatan kichik og'ish burchagi (3+6°) bilan joylashtirilgan bo'ladi (7.2-rasm). Baraban bandajlar va roliklar yordamida ushlab turilib, elektromotor va reduktor yordamida aylantiriladi. Quritkich uzunligining diametriga nisbati L/Dg=5^6. Barabanning aylanishlar soni 5*6 min'. Nam material ta'minlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadkaga beriladi, bu yerda, material aralashtirish ta'sirida bir oz quriydi. So'ngra material barabanning ichki qismiga o'tadi. Barabanning material bilan to'lish darajasi 25%dan ortmaydi. Barabanning butun uzunligi bo'yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo'yicha materialni bir me'yorda tarqatish va aralashtirishni ta'minlaydi. Bunday sharoitda material bilan qurituvchi agentning o'zaro ta'siri samarali bo'ladi.
Baraban ichida materialning o'ta qizib ketish darajasini kamaytirish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir-biriga nisbatan to'g'ri yo'nalishda bo'ladi, chunki bunday sharoitda yuqori temperaturali issiq gazlar katta namlikka ega bo'lgan material bilan o'zaro kontaktda bo'ladi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5*1,0 m/s, katta bo'lakli materiallar uchun esa 3,5*4,5 m/s. dan ortmasligi kerak. Ishlatilgan gazlar atmosfer-aga chiqarilishdan oldin mayda changalardan siklonda tozalanadi.
Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi moslama orqali chiqariladi.
Quritilgan material donalarining o'lchamlari va xossalariga ko'ra har xil nasadkalardan foydalaniladi (7.3-rasm). Katta bo'lakli va qovishib qolish xususiyatiga ega bo'lgan materiallarni quritish uchun ko'taruvchi-parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta zichlikka ega bo'lgan katta bo'lakli materiallarni quritish uchun esa sektorii nasadkalar ishlatiladi. Kichik bo'lakli, tez sochiluvchan materiallarni quritishda tarqatuvchi nasadkalardan keng foydalaniladi. Mayda qilib ezilgan, chang hosil qiluvchi materiallarni berk yacheykali donasimon nasadkalari bo'lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan foydalaniladi.
Barabanli quritkichlarda materialning yaxshi aralashishiga erishiladi, natijada qattiq va gaz fazalari oralig'ida uzluksiz kontakt yuz beradi. Bunday quritkichlarning ish unumdorligi bug'lanayotgan namlik bo'yicha 100*120 kg/m3 soatgacha yetadi. Barabanning diametri esa 1200 dan 2800 mm gacha boradi. Barabanli quritkichlar katta miqdordagi mahsulotlarni quritish uchun keng qo'llaniladi.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish