7.6-rasm. Suyuq mahsulotlar sochilib beriladigan quritkich: 1—quritish kamerasi; 2-forsunka; 3—shnek; 4—siklon; 5—yengil filtr; 6—ventilator; 7—kalorifer.
1) nam material ning qurilma devorlariga yopishib qolmasligi uchun
kameraning diametri ancha katta bo'ladi;
2) kamerada solishtirma bug'lanish qiymati kichik (1 m3kameradan
soatiga 10+25 kg suv ajraladi);
3) havo oqimining tezligi nisbatan kichik (0,2+0,4 m/s), agar havo
tezligi katta bo'lsa mayda zarrachalarning cho'kishi qiyinlashadi va ularning
havo oqimi bilan ketib qolishi qo'payadi.
Pnevmatik quritkichlar.Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall materiallarni quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi 25 m gacha bo'lgan vertikal quvurda olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning
harakat tezligidan katta bo'ladi (10+30 m/s). Bunday quritkichlarda jarayon juda qisqa vaqt (1+3 s) davom etadi, shu sababli material tarkibidagi crkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi. Pnevmatik quritkichda (7.7-rasm) material bunkerdan ta'minlagich orqali vertikal quvur-quritkichga tushadi. Havo oqimi ventilator yordamida kalorifer orqali vertikal quvurga yuboriladi. Quvurda havo oqimi material zarrachalarini o'zi bilan birga olib ketadi. Havo qurigan material bilan birga yig'uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o'tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, so'ngra to'kish moslamasi yordamida
tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan so'ng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport rejimida olib boriladi.
Pnevmatik quritkichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material zarrachasining o'lchami kichrayishi bilan kamayadi, biroq zarrachalarning o'lchami 8-10 mm dan oshmasligi kerak. Katta o'lchamli zarrachalari bo'lgan materiallarni quritish hamda materialdan namlikni chiqarish uchun pnevmatik quritkichlarni boshqa turdagi quritkichlar bilan birga ishlatish zarur. Demak, tuzilishi oddiy va ixcham bo'lishidan qat'iy nazar pnevmatik quritkichlarni ishlatish chegaralangan.
Nazorat savollari va topshiriqlari
/. Quritish jarayoni deb nimaga aytiladi? 1 Kimyoviy ishlab chiqarishda quritishning qanday usullari qo 'llaniladi? Warning o'zaro qanaqa farqi bor? Nam havoning asosiy xossalarini ta 'riflab bering. Ular qanday aniqlamladi.
Holat diagrammasida nam havoning qaysi ko'rsatkichlari ifodalangan?
Quritish tezligi qanday kattaliklarga bog'liq va qanday aniqlanadi?
Quritish davrlarida quritish tezligi qanday o'zgaradi?
Kimyo sanoatida qaysi shakldagi quritkichlar qo llaniladi?
Barabanli quritkichlarning tuzilishi va ishlash tamoyilini tuchuntiring.
Konvektiv quritkichlarda quritish jarayoni qanday roy beradi? Lentali quritkichlarning afzallik va kamchiliklarini izohlab bering.
Pnevmatik quritkichlarda quritilayotgan materiallar harakati qanday sodir