So'zboshi



Download 2,83 Mb.
bet48/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

Ultrafiltrlash. Yuqori va kichik molekulali birikmalar eritmalarini ajratish hamda yuqori molekulali birikmalarni fraksiyalarga ajratish va quyuqlashtirish jarayonlari ultrafiltrlash deb yuritiladi. Bunday jarayonlar membrananing ikki tomonidagi bosimlar farqining ta'siri natijasida yuz



eritmaning osmotik bosimi; л2permeatning osmotik bosimi.
Ultrafiltrlash. Yuqori va kichik molekulali birikmalar eritmalarini ajratish hamda yuqori molekulali birikmalarni fraksiyalarga ajratish va quyuqlashtirish jarayonlari ultrafiltrlash deb yuritiladi. Bunday jarayonlar membrananing ikki tomonidagi bosimlar farqining ta'siri natijasida yuz beradi. Ultrafiltrlash erigan komponentlarning molekular massalari erituvchining molekular massasidan ancha katta bo'lgan sistemalarni ajratish uchun qo'llaniladi. Odatda ultrafiltrlash jarayoni nisbatan kichik bosimlarda (0,2-1,0 MPa) olib boriladi.
Mikrofiltrlash. Agar membranali jarayon eritmadan yirik kolloid zarrachalarni yoki muallaq holatida bo'lgan kichik zarrachalarni (o'lchami 0,1-10 mkm atrofida bo'lgan) ajratish uchun mo'ljallangan bo'lsa, mikrofiltrlash deb ataladi. Ushbu jarayon ham membrananing ikki tomonidagi bosimlar farqi ta'sirida boradi. Mikrofiltrlash ish bosimi ancha kichik qiymatga (megapaskalning o'ndan yoki yuzdan biri) teng bo'lgan holatda olib boriladi.
Mikrofiltrlash jarayoni elektronika, tibbiyot, kimyo, mikrobiologiya kabi sohalarda keng qo'llanilib, nafis suspenziyalarni (masalan, latekslar) quyuqlashtirish, turli eritmalarni tindirish (muallaq holatidagi zarrachalarni ajratish), oqova va tabiiy suvlami tozalash uchun ishlatilmoqda.
Dializ. Bu jarayon moddalaming yarim o'tkazuvchi membrana orqali har xil diffuziya tezligi bilan o'tishiga asoslangan. Ushbu jarayonda membrana quyuqlashgan va suyuqlashgan eritmalarni bir-biridan ajratib turadi. Shu sababli ushbu usuldan odatda, molekular massalari (yoki diffuziya koeffitsientlari) bir-biridan katta farq qiladigan komponentlarni ajratish uchun qo'llaniladi. Quyuqlashgan va suyuqlashgan eritmalarning konsentratsiyalari o'rtasidagi farq (konsentratsiya gradienti) ta'sirida erigan moddalar turlicha diffuziya tezligi bilan membrana orqali suyuqlashgan eritma tomonga o'tadi. Erituvchi (odatda suv) esa teskari yo'nalishda harakat qilib, erigan moddalaming o'tish tezligini kamaytiradi.
Membranali distillash. Ushbu jarayon polimer yoki qattiq strukturali materialdan tayyorlangan g'ovakli membrana qatlamida hosil qilingan temperature gradienti ta'sirida yuz beradi. 30-70°Cgacha isitilgan dastlabki eritma mikrog'ovakli gidrofob membrananing bir tomoniga beriladi. Membrananing ikkinchi tomonidan esa kam isitilgan (sovuq) erituvchi (odatda suv) harakat qiladi. Membrana gidrofobli va g'ovaklarning o'lchami ancha kichik (bir mikrometr va undan ham kam) bo'lganligi sababli, suyuq faza membrana g'ovaklariga kirmaydi. Issiq eritma yuzasi-dan bug' membrananing g'ovaklariga kiradi, u yerda havo qatlami orqali diffuziya yo'li bilan o'tadi va sovuq suyuqlik yuzasida kondensatsiyalanadai. Bunday sharoitda g'ovaklarda bo'shliq paydo bo'lib, bug'lanish jarayonini tezlatadi va natijada jarayonning samaradorligi oshadi.
Membranali distillash yo'li bilan quyidagi vazifalami hal qilish maqsadga muvofiq bo'ladi: elektrolitlarning suvli eritmalarini quyuqlashtirish va chuchuklashtirish; dengiz suvini chuchuklashtirish; tibbiyot maqsadlari uchun o'ta toza suv olish; bug' qozonlari uchun toza suv olish va hokazo. Membranali distillash jarayoni amaliy jihatdan atmosfera bosimi ostida boradi, shu sababdan ushbu jarayonni amalga oshirishga mo'ljallangan uskunalar arzon polimer materiallaridan tayyorlaniladi.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish